1-mavzu: Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmeti va og`ishgan xulq klassifikatsiyasi Reja


Shaxs og‘ishgan xulqiga ijtimoiy-psixologik ta`sir



Yüklə 244,82 Kb.
səhifə51/75
tarix23.05.2023
ölçüsü244,82 Kb.
#112470
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75
1-mavzu Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmet

Shaxs og‘ishgan xulqiga ijtimoiy-psixologik ta`sir
Deviant xulqli o‘smirga ko‘rsatiladigan yordam ikki yo‘nalishda bo‘ladi. Psixologik jihatdan oldini olish, psixokorreksiya va oqlamoq. Psixodiagnostika - kerakli bo‘lgan, ammo hayotiy zarurat hisoblanmagan faoliyatdir. O‘smir yoshlar bilan ruhiy profilaktika ishini olib borishning turli shakllari bor. Ilmiy-ommabop adabiyotlarga asoslanib, ularni yettita shakllarga umumlashtirilgan holda amalda tatbiq etish mumkinki, aynan shu shakllar, nafaqat chet davlatlarda, balki qisman Vatanimiz O‘zbekistonda ham qo‘llanilib kelinmoqda.
Birinchi shakl – ijtimoiy muhitni tashkil qilish. Uning asosida atrof-muhitni deviant xulqli o‘smirlarga bo‘lgan ta’siri haqidagi tasavvurlari yotadi. Atrofdagi muhitga ta’sir qilib, shaxsni salbiy xulqini o‘zgartirish mumkin. Bunda o‘smirning deviant xulqini muhokama qiluvchi jamoatchilikning ta’siri ham ish berishi mumkin.
Faoliyat davomida oilaga, alohida shaxsga suyanish mumkin. Yuqoridagi shakl negizida sog‘lom turmush tarzini, jismoniy tarbiyani, sport bilan shug‘ullanishni targ‘ib qilish bilan deviant xulqqa bog‘lanib qolishning oldini olish ham mumkin. Ayniqsa, bola o‘z bo‘sh vaqtini o‘tkazadigan joylarda profilaktika ishlarini olib borish kerak. Ko‘chalarda lider-o‘smirlar tayyorlash orqali yoshlar bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish mumkin. Shu ishlar zamirida o‘smirlarni nomaqbul xatti-harakatlaridan himoya qilish, ularni qo‘llab turuvchi qayta tarbiyalovchi hududlarni yaratish yotadi. Lekin, bu ishlarning asosiy kamchiligi – bu ijtimoiy holat bilan deviant xulqning bog‘liqligini yetarlicha o‘rganilmaganligi hisoblanadi.
Umuman olganda birinchi shakl asosida faoliyat olib borish yaxshi natija beradi.
Ikkinchi shakl bo‘yicha psixologik profilaktikani olib borish usuli – axborot yetkazish. Bu ancha ommalashgan yo‘nalish usuli bo‘lib, unda ma’ruzalar, suhbat, maxsus adabiyotlar va telefilmlardan foydalaniladi. Bunday yondashuvning asosiy maqsadi - shaxsning bilish qobiliyatiga va qiziqishlariga ta’sir qilib, unda kerakli, to‘g‘ri xulosa chiqara olish qobiliyatini tarbiyalash. Buning uchun, masalan, giyohvand moddalarning sog‘li qqa va shaxsga qanchalik halokatli ta’sir qilishi haqidaga aniq faktlarga asoslangan statistik ma’lumotlarga o‘xshash misollardan keng foydalanish zarur. Ko‘pincha bunday ma’lumotlar qo‘rqitish tusida bo‘ladi. Shuningdek, ta’sir qilish davomida giyohvand moddalarning yomon oqibatlari sanab o‘tiladi va deviant xulqli o‘smirlarning fojiyaviy taqdiri, shaxs sifatida tanazzulga yuz tutishi hollari tasvirlab beriladi. Bu shaklda profilaktika ishini olib borish axborot bilish jarayoniga ta’sir qilishi mumkin, ammo shaxs o‘z xulqini tubdan o‘zgartirmasligi ham kuzatiladi. O‘z ta’siri bo‘yicha bilish jarayoni deviant xulqning darajasini pasaytirmaydi. Aksincha, salbiy deviant holatlar bilan tanishuv, ba’zi o‘smirlarni unga qiziqtirib qo‘yadi. Chunonchi, ko‘pincha ma’lumotlar o‘z vaqtida emas, juda erta, yoki juda kech qolib beriladi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, giyohvandlikning zararlari, halok etuvchi oqibati haqidagi suhbatlarni 14 yoshdan oldinroq olib borish kerak. Bu suhbatlarni tuzishda shunga e’tibor berish kerakki, suhbat davomida giyohvand modda to‘liq tasvirlanib, uning beradigan kayfu-safosi haqida so‘z yuritilmasin. Suhbat mazmuni deviant xulqning ayanchli oqibatlari va unga qarshi kurashish hayotiy pozisiyaga ega bo‘lish kabilarga olib kelish kerak. Bunday profilaktika shaklini rivojlantirish, ta’sirini oshirish uchun qo‘rqitish ruhidagi ma’lumotlarni kamaytirib, qolgan ma’lumotlarni yoshga, jinsga, ijtimoiy iqtisodiy kelib chikishiga qarab ishlatishni taqazo qiladi.

Yüklə 244,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə