1-mavzu: Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmeti va og`ishgan xulq klassifikatsiyasi Reja



Yüklə 244,82 Kb.
səhifə52/75
tarix23.05.2023
ölçüsü244,82 Kb.
#112470
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75
1-mavzu Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmet

Uchinchi shakli - ijtimoiy zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni faol o‘rgatishni singdirish. Bu shakl bo‘yicha ishlashda guruhlarda trening o‘tkazish vositasidan foyda-laniladi. Hozirgi davrda treninglarning quyidagi formalari mavjud. Salbiy ijtimoiy ta’siriga qarshi bo‘lgan rezistentlik treningi. Treningning maqsadi: deviant xulqning yo‘nalishini yaxshi xususiyatlari tomon burish. Buning uchun o‘smirda quyidagi ko‘nikmalar shakllantiriladi: ba’zilarning salbiy ta’siriga qarshi o‘z fikriga ega bo‘lish, ba’zi ichuvchi kattalar ta’siriga tushmaslik, kimdir ta’sir, bosim o‘tkazayotganida yo‘q deyishni ham bilish. Assertivlik va affektiv-qimmatli bilim berish - bu deviant xulqqa emotsional holati ta’sirini olib beruvchi faoliyat. Ruhiy zo‘riqishlar oqibatida kelib chiquvchi muammolarning oldini olish uchun o‘smirlarning ruhiyatini o‘rganishga, stress holatlarda o‘zini munosib tuta olishga o‘rgatishadi. Guruhda ishlash davomida qaror qabul qilish o‘zini-o‘zi to‘g‘ri baholash, o‘zini o‘rganish va hayotiy qadriyatlarini qadriga yetish kabi ko‘nikmalar shakllantiriladi. Hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirilishi treningi. Hayotiy ko‘nikmalar deganda – shaxs uchun kerakli bo‘lgan ijtimoiy bilish jarayoni tushuniladi.
Avvalambor, bular – muloqot qilish, do‘stona aloqada bo‘lish va muammolarni do‘stona hal qilishlardir. Shuningdek, buning zamirida javobgarlikni his qilish, maqsad qo‘yishi, o‘zining qiziqishlari, pozisiyasini himoya qila olishlari bor. Nafsilam-birini aytganda, asosiy kerakli ko‘nikma, bu o‘zini boshqara olish, o‘ziga qat’iy ishonch, o‘zini o‘zgartira olish, atrofga ta’sir o‘tkaza olishdir. Aynan shu shakl o‘smirlar bilan ishlashda eng sermahsulidir.
To‘rtinchi shakli – deviant xulqqa muqobil xulq-atvorni shakllantirish. Bu shaklda deviant o‘smirlar bilan ishlash deviant xulqning o‘rnini bosuvchi xulqni topishi bilan bog‘liq. Masalan, giyohvand moddalarga bog‘liqlik o‘rnini o‘z-o‘ziga ishonch ruhiga o‘zgartirish juda katta yutuq hiso-blanadi. Chunki, ko‘pgina giyohvandlar aynan psixotrop moddalarning kayfiyatni ko‘tarish xususiyatiga qiziqadilar, kayfiyatni maqbul yo‘llar bilan o‘zgartirilishi profilaktika ishining asosidir. Muqobil shaklda kayfiyatni ko‘tarish usullari:
 sayohatlar, tog‘larga chiqish;
 alpinizm;
ekstremal sport turlari;
 sevgi;
 kerakli muloqot;
 ijod;
 faoliyat;
diniy marosimlar;
 xayriya ishlari.
Bu mashg‘ulotlardan istagan vaqtida foydalanish mumkin. Oila quchog‘ida olib borilayotgan profilaktika ishlardan quyidagilar asosiylaridir: muntazam qiziqishlarning erta boshlanishi, tarbiyalash, yaxshi ko‘rish va yoqimtoy bo‘lish qobiliyatini shakllantirish, mehnat qilish va bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazishni bilish. Ota-onalar shuni bilishlari zarurki, shaxsni tar-biyalash bolaning yoshlik chog‘idan sport, san’atga bo‘lgan qiziqi-shlarini tarbiyalashdan boshlanadi. Agar o‘smir yoshgacha bolada ijodiy qobiliyatlar tarbiyalanmasa, bunday shaxs yillar o‘tgani sari yomonliklarga o‘ch bo‘ladi.

Yüklə 244,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə