1-mavzu: Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmeti va og`ishgan xulq klassifikatsiyasi Reja



Yüklə 244,82 Kb.
səhifə60/75
tarix23.05.2023
ölçüsü244,82 Kb.
#112470
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75
1-mavzu Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmet

Gipertim o‘smirlar. Bu tipga mansub o‘smirlar to‘polonchi, tez zerikadigan, haddan tashqari mustaqil, hatto botirlik, sho‘xlik bilan ajralib turadilar. Ular notanish kishi oldida uyalmaydilar, tortinmaydilar. O‘yinlarda tengdoshlariga buyruq berishni yoqtirishadi. Hamma ularning sho‘xligidan arz qilishadi. Maktabda yaxshi qobiliyatlarga qaramasdan, tartibsizliklari, tez chalg‘ishlari hisobiga yaxshi o‘qimaydilar.
O‘smirlik davrida asosiy xususiyat − har doim yaxshi ko‘tarilgan kayfiyatda bo‘ladilar. Bunday o‘smirlar erta mustaqillik va erkinlik ko‘rsatishadi, qat’iy tartib va rejimni yoqtirishmaydi. Qonun va qoidalarga yengiltaklik bilan qarashadi. Ular har doim ulfatlarga intilishadi, yolg‘iz qolishni yoqtirishmaydi, tengdoshlari orasida rahbarlikka intilishadi. Tanishlarni tanlashda yaxshi-yomonni farq qilmaydi va osonlik bilan shubhali ulfatlar orasiga tushib qolishi mumkin. Sarguzashtlarni, xavf-xatarni, qaltis yurish-turishini yoqtiradi. Yaxshi yangi narsani his qilish xarakterlidir, yangi odamlar, joylar, predmetlar uni o‘ziga tortadi. Bunday o‘smirlar osonlik bilan ilhomlanib, boshlagan ishini oxiriga yetkazmaydi, to‘xtovsiz ravishda «sevimli ishi»ni o‘zgartirib turadi. Uzoq o‘tirib ishlashni talab qiladigan, diqqat bilan ishlashni, mayda ishni eplay olmaydi. Va’dasini bajarishda pul masalalarida ham betartiblik bilan ajralib turmaydi, osonlik bilan qarzga botib qoladi. Oliftagarchilikni yaxshi ko‘radi. Kelajakni shirin xayolda tasavvur qiladi. Muvaffaqiyatsizlik kuchli reaksiya ko‘rsatishi mumkin. Lekin uzoq vaqtgacha yo‘ldan chiqarishga qodir emas, jahldan tez tushadi. Jinsiy hissiyot erta uyg‘onadi va kuchli bo‘ladi. Shuning uchun erta jinsiy hayotga kirishishi mumkin.
Sikloid tip. Odatda ularga tegishli bo‘lmagan kattalar ustidan xatarli hazillar va hamma yerda kinoya qilishi xos bo‘ladi. Hayotiy stereotipni tubdan o‘zgartirishda, kamroq qarshilik ko‘rsatadi (masalan, maktabdan oliy o‘quv yurtiga o‘tishda). Bunday o‘zgartirish subdepressiv fazani to‘sishi mumkin. Bu bosqichdan nasixat, gina-qudrat, ayblashlarga tanlab javob qaytaradi. Bolalik davrida tengdoshlaridan farqlanmaydi. O‘smirlik yoshi boshlanishi bilan birinchi subdepressiv bosqich boshlanishi mumkin. Keyinchalik bu bosqichlar ko‘tarilishi va bir xil kayfiyat bosqichlari bilan almashinishi mumkin. Bosqichlarning davomiyligi dastlab kunlar, 1-2 hafta, yosh o‘tishi bilan ular ko‘payishi yoki aksincha bartaraf bo‘lishi mumkin. Subdepressiv bosqichdan lanjlik, kuchsizlanish, hamma narsa qo‘ldan tushib ketishi kuzatiladi. Ilgari oddiy va osonlik bilan erishilgan narsa katta zo‘riqishni talab qiladi. O‘qish qiyin bo‘lib qoladi. Atrofdagi kishilarni yoqtirmaydi, ulfatlardan qochadi, sarguzashtlar va xavf-xatarga qiziqmay qo‘yadi. O‘smirlar bu kunlari uydan chiqmaydigan bo‘lib qoladi. Kichik muvaffaqiyatsizliklar va ko‘ngilsizliklar ham ish qobiliyati pasayganligi tufayli bu davrda og‘ir qayg‘uriladi. Tanbeh va malomatlarga qo‘pollik va ta’sirlanish bilan javob qaytaradi, ruhan umidsizlikka tushadi, ko‘proq zerikishdan arz qiladi. Agar bu kunlari ko‘proq muvffaqiyatsizlikka duch kelsa, shaxsiy irodasizligi, yetukmasligi, hech nimaga arzimasligi haqidagi fikrlarga osonlik bilan berilishi mumkin. Qattiq vahimaga tushishi, o‘z-o‘zini o‘ldirishigacha olib kelishi mumkin. Tengdoshlari bilan guruhlar tashkil etish kuzatilib, subdepressiv fazaning ko‘tarilish davrida so‘na boshlaydi. «Sevimli ishi» o‘zgaruvchan bo‘ladi. Subdepressiv fazada ularni tashlab qo‘yadi, ko‘tarilish davrida unga qaytadi yoki yangisini topadi. Uydan qochish, taksikoman xulq-atvor xos emas. Ulfatlar orasida faqat ko‘tarishlar davrida aroq ichadi.

Yüklə 244,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə