1-mavzu: Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmeti va og`ishgan xulq klassifikatsiyasi Reja


Sobiq Sovet psixologiyasida tuzatish ishlarini olib borish uch asosiy prinsipda amalga oshiriladi



Yüklə 244,82 Kb.
səhifə59/75
tarix23.05.2023
ölçüsü244,82 Kb.
#112470
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75
1-mavzu Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmet

Sobiq Sovet psixologiyasida tuzatish ishlarini olib borish uch asosiy prinsipda amalga oshiriladi.
1. Taraqqiyotning (normativligi ) prinsipi
2. «Yuqoridan-pastga» tuzatish prinsipi.
3. Psixik taraqqiyotning sistemaliligi prinsipi.
Taraqqiyotning «normativligi» prinsipi psixik taraqqiyotning asosiy qonuniyatlarini hisobga olishni, bola shaxsi rivojlanishi uchun taraqqiyot bosqichlari ketma-ketligini ta’minlaydi. Masalan: bog‘cha yoshidagi bolalarga nisbatan bunday yuqori talabchanlikga misol sifatida ota-onalarning diqqatini bir joyga to‘play olmaslik, qaysarlik, aytgan ishini bajarmaslik kabi bolalar ustidan qilgan shikoyatlarini keltirish mumkin.
Taraqqiyotning normativligi prinsipi bilan «Yuqoridan-pastga» tuzatish prinsipi uzviy bog‘langan. Bu prinsipda bola psixik taraqqiyoti uchun ta’lim yetakchi rol hisoblanadi.
«Pastdan-yuqoriga» tuzatish tarafdorlari tuzatish ishlarining asosiy mazmuni sifatida boladan mavjud psixologik qobiliyatlarni mashq qildirishni ko‘rsatadi. Bu yerda ta’lim taraqqiyotdan keyin keladi.
Ishontirish- mijozning ongiga uning shaxsiy tanqidiy mulohazasiga
(o‘y- fikriga) murojaat qilgan holda ta’sir qilish usuli.
Ishontirish usuli asosini tanlab olish, ta’sir maqsadiga ko‘ra fakt (haqiqat) va xulosalarni mantiqiy tartibga solish tashkil qiladi. Ishontirish rasional psixoterapiyaning asosini tashkil qiladi. V.M.Bexterev (1911) ishontirish va ko‘ndirishni birlashtirishni, ayniqsa o‘z- o‘zini tanqid qilishi past rivojlangan mijozlarda, juda foydali deb hisoblangan. Ishontirishdan, mutaxassisni shaxsiy obro‘si bilan bog‘liq va umuman maslahatlashuv jarayoni natijasiga ta’sir qiluvchi, suggestiv elementni ajratib olish mumkin emas. Qayta (takror) ishontirish (persuaziya) avval shakllantirilgan jarayonni qayta tiklashdir. Psixologik yordam ko‘rsatish paytida takror ishontirish mijoz muommosini mohiyati va uni yechish usullari haqidagi tasavvurini o‘zgartiruvchi maqsadga yo‘naltirilgan, ishontirishni shakillanish ketma-ketligi ko‘zda tutiladi.
Ta’sir etish − mijozni ruhiy ta’sir doirasiga bevosita yoki bilvosita maqsadli ta’sir qilish jarayonidir. Ta’sir qiluvchi ob’ekt mantiqiy qayta ishlashi va uni tanqidiy baho bermay qabul qilish hamda ruhiy va somatik jarayonlar kechishiga ta’sir qilib maxsus ishlab chiqilgan ma’lumotlar yordamida amalga oshiriladi. Boshqa omillar esa (mimika, harakat, imo-ishora) odatda qo‘shimcha hisoblanadi.

Rus amaliy psixologlari ko‘proq «tarbiyasi qiyin» o‘smirlar bilan ishlashda A.E.Lichko ishlab chikkan «Patoxarakterologik diagnostika savolnomadan (PDS) foydalanib, xarakterga urg‘u berishning (patalogik xarakterning) quyidagi tiplarini ajratadilar.


Ular:
1. Gipertim tip;
2. Sikloid;
3. O‘zgaruvchan tip;
4. Asabiy zaif tip;
5. Senzitiv tip;
6. Ruhiy zaiflik;
7. Shizoid tip;
8. Tutqanoqli tip;
9. Jazavali tip;
10. Bo‘sh tip;
11. Moslashuvchan tip.

Yüklə 244,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə