1-mavzu: Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmeti va og`ishgan xulq klassifikatsiyasi Reja



Yüklə 244,82 Kb.
səhifə55/75
tarix23.05.2023
ölçüsü244,82 Kb.
#112470
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   75
1-mavzu Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmet

Nazorat savollari:

  1. Deviant xulq profilaktikasi va ijtimoiy nazorat tushunchalarini izohlang.

  2. Oilaviy va maktabdagi ijtimoiy ish: tushuncha, xususiyatlari, metodlarini sanang.

  3. Umumiy va maxsus profilaktika. Ijtimoiy patologiyaning alohida ogohlantirilishi va profilaktikasi (jinoyatchilik, ichkilikbozlik, narkotizm, suistidal xulq va boshqalar).

  4. Dezadaptastiyalashgan o‘smirlarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash. Xavfli guruhlar oilalarida voyaga yetmaganlar sostializastiyasining buzilishini oldini olish yo‘llarini tushuntiring. O‘smirlar norasmiy guruhlarida kriminalizastiya jarayonini ijtimoiy psixologik va pedagogik prevensiya qilish.



11-mavzu: Shaxs og`ishgan xulqining psixologik korreksiyasi

  1. Ijobiy sabablarni rag`batlantirish. Hissiy holatlarni korreksiyalash usullari.

  2. O`z-o`zini boshqarish usullari. Kognitiv usul.

  3. Istalmagan axloqni so`ndirish usuli. Ijobiy axloqni shakllantirish usullari.



Tayanch tushunchalar: “Nasliy buzuqlik”, “Psixotiklar”, “Organik”, “Axloqsiz bola”, shaxs og‘ishgan xulqining psixologik korrektsiyasi, ijobiy sabablarni rag‘batlantirish. Hissiy holatlarni korrektsiyalash usullari. O‘z-o‘zini boshqarish usullari. Kognitiv usul. Istalmagan axloqni so‘ndirish usuli. Ijobiy axloqni shakllantirish usullari.


Ijobiy sabablarni rag‘batlantirish
Shaxs shakllanishini tabiatdan anatomo-fiziologik shart-sharoitlariga ega bo‘lgan bola ijtimoiylashishi jarayonida insoniyatning yutuqlarini o‘zlashtirib olam bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. Ushbu jarayonda shakllangan qobiliyat va vazifalar shaxsda shakllangan odamning sifatlarini takror ishlab chiqaradi .
Individ - (individium ) − Inson birligining alohida namoyondasi; qurol, belgilardan foydalanuvchi va ular orqali shaxsiy fe’l-atvori va ruhiy jarayonlariga ega bo‘luvchi, tabiiy (biologik) chegaradan tashqariga chiquvchi ijtimoiy mavjudot, ushbu tushuncha bilan individuallik tushunchasi chambarchas bog‘liqdir, u hamda boshqa odamlardan ijtimoiy ahamiyati tomonidan farqlanadigan odamdir, individning shaxsi va o‘ziga xos ruhiyati uning takrorlanmasligidadir.
Yosh inqirozi − keskin psixologik o‘zgarishlar bilan xarakterlanadigan ontogenezni alohida nisbatan uzoq davom etmaydigan davrlaridir. Asabiy va jarohatli xarakterga ega tangliklardan farqli ravishda shaxs rivojlanishining me’yoriy ketma-ketligiga zarur bo‘lgan me’yorlarga taalluqlidir.

Yüklə 244,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə