1-mavzu: Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmeti va og`ishgan xulq klassifikatsiyasi Reja


O‘yin bilan davolashning 2 usuli farqlanadi



Yüklə 244,82 Kb.
səhifə58/75
tarix23.05.2023
ölçüsü244,82 Kb.
#112470
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75
1-mavzu Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmet

O‘yin bilan davolashning 2 usuli farqlanadi.
1) Individual,
2) Guruhiy.
Psixolog olim K.Rodjers qaysi usulda qanday vaqtda foydalanish mumkinligi haqida shunday deydi: «Bolaning ijtimoiy moslashishi haqida gap ketganda guruhiy davolash individual davolashga qaraganda foydaliroqdir» Hissiy qiyinchiligi haqidagi muammolarni yechishda esa, individual davolashdan foydalaniladi. O‘yin bilan davolash quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
Ijtimoiy yetilmay qolishlik (infantlilizm) kelisha olmaslik, odamovi, ya’ni odamga qo‘shilmaslik, tez moslashuvchanlik, har kimning aytganini qilish, xulq-atvorning buzilishi va zararli odatlari mavjud bo‘lganda. Agar individual o‘yin bilan davolashni aqliy nosog‘lomlikning og‘ir formalarida o‘tkazib bo‘lsa, guruhiy o‘yin bilan davolash uchun qarshi ko‘rsatkichlar doirasi kengayadi. Bunday qarshi ko‘rsatkichlar quyidagilar: yaqqol ifodalangan bolalar qizg‘anishi, tez jinsiy yetilishi, haddan tashqari tajovuzkorligi va boshqalar. Barcha yuqoridagi hollarda avval individual o‘yin bilan davolab, keyin guruhiy o‘yin bilan davolash o‘tkaziladi.
Xulqiy nuqtai nazar − xatti-harakatlarni davolashda kuzatishning maqsadi xatti-harakatning yangi usullarini o‘rganish yoki sub’ektning o‘rganib qolgan usullarini yo‘qotish sifatida ifoda etiladi. Xatti-harakatli trening 4 qismni o‘z ichiga oladi.
1. O‘rganiladigan namunalarni namoyish qilish;
2. O‘rganiladigan harakatli reaksiya qo‘llanmasi bilan mijozlarga og‘zaki va yozma belgilar yordamida tushuntirish;
3. Yangi reaksiyalarni mustahkamlash va egallash uchun zarur mashqlar;
4. Erishilgan natijalar haqida ma’lumot beruvchi teskari aloqa asosida nazorat qilish;
O‘tgan asr o‘rtalarida g‘arb psixologi D.Mexanball o‘zini boshqarishga yo‘naltirgan korreksion dasturini ishlab chiqargan. Bu dastur salgina o‘zgartirilib, ta’sirchan, juda harakatchan va tartibsiz o‘quvchilarning xulq - atvorini tuzatishga foydalaniladi. Chet el psixologiyasida psixik taraqqiyotni tuzatish muammosiga xulosa qilib, quyidagilarni aytish mumkin: Korreksion amaliyotning nazariy asosi - bu psixik taraqqiyotni tushuntirishda ta’rifni inkor etish hisoblanadi.

Yüklə 244,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə