1-mavzu: Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmeti va og`ishgan xulq klassifikatsiyasi Reja



Yüklə 244,82 Kb.
səhifə61/75
tarix23.05.2023
ölçüsü244,82 Kb.
#112470
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75
1-mavzu Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmet

O‘zgaruvchi tip. Bolalikda tengdoshlaridan ajralmaydi o‘smirlik davrida asosiy xususiyat bu tez o‘zgaruvchan kayfiyat bo‘lib, hatto arzimas, atrofdagi bo‘lar-bo‘lmas sababga ko‘ra ham o‘zgarishi mumkin. Kimningdir bexosdan aytgan so‘zi, tasodifiy suhbatdoshning sovuq qarashi ham, jiddiy ko‘ngilsizlik va muvaffaqiyatsizlik bo‘lmasa ham, ruxan tushkunlikka tushishi mumkin. Aksincha, qiziqarli suhbat, bir daqiqalik maqtov, kimdandir eshitgan xavasni keltiradigan, kelajak ham xushchaqchaqlik va quvnoklikka olib kelishi mumkin. Ochiq va hayajonli suxbatlar davrida yo kulgini yoki ko‘zida yoshni ko‘rish mumkin. Bunday vaqtda hamma narsa kayfiyatga bog‘liq bo‘ladi: o‘zini his qilish ham, kayfiyat ham, uyqusi ham, ish qobiliyati ham.
Ulfatlarining o‘zgaruvchan vaziyatini yoqtiradi, ozodlikka intilishi o‘rtamiyonadir. Agar noqulay oilaviy sharoit bo‘lsa, bu intilishi kuchayadi. Tengdoshlari bilan guruhlarga ajralish kayfiyatga bog‘liq bo‘ladi. Kayfiyat yaxshi bo‘lganda ulfatlarni izlaydi, kayfiyat yomon bo‘lganda, ulardan qochadi. Tengdoshlari orasida yo‘lboshchi roliga da’vo qilmaydi Sevimli ishi bekordan-bekorga uzoq gap sotish, ba’zan badiiy xavaskorlik yoki ayrim uy hayvonlari bo‘lishi mumkin. Jinsiy faollik odatda tegishish va boshqa jinsga mulozamat qilishi bilan chegaralanadi.
Asabi zaiflik. Bolalikdan quyidagi belgilar ko‘zga tashlanadi: yomon uyqu, ishtaxasi yo‘qlik, injiklik, qo‘rqoqlik, ba’zan kechasi qo‘rqish, duduqlanish va boshqalar. O‘smirlik davrida tez charchash, tez jahli chiqish, vahima tushishi asosiy xususiyatlar hisoblanadi. Charchash ayniqsa, aqliy mashg‘ulotlar yoki jismoniy va hissiy zuriqishda, musobaqa sharoitida yaqqol ko‘rinadi. Ko‘pincha bo‘lar-bo‘lmas sabab jahli chiqish, birdan jazavasi tutishga olib keladi. Jaxli chiqish, ko‘pincha afsuslanish va ko‘z yosh bilan almashadi. Vaximaga tushish ayniqsa kuchli bo‘lishi mumkin.
Bunday o‘smirlar kichik tana sezgilariga ham e’tibor berishadi, bajonudil da’volanadilar, o‘rin-to‘shak qilib yotib oladilar. Ko‘pincha o‘g‘il bolalarda vahimaga tushish manbai yurak hisoblanadi.
Spirtli ichimliklarni iste’mol qilishi xos emas. Tengdoshlariga, ulfatlarga intiladi, lekin ulardan tez charchaydi va yolg‘izlikni afzal ko‘radi yoki do‘st bilan muomala qilishni yoqtiradi. O‘z-o‘zini baholash sog‘lik haqida g‘amxurlikni aks ettiradi.

Yüklə 244,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə