1-mavzu: Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmeti va og`ishgan xulq klassifikatsiyasi Reja



Yüklə 244,82 Kb.
səhifə50/75
tarix23.05.2023
ölçüsü244,82 Kb.
#112470
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75
1-mavzu Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmet

Nazorat savollari:
1. Ruhiy-jinsiy rivojlanish deviatsiyasini tushuntiring.
2. Jinsiy rolli axloq stereotipining buzilishi shakllari qaysilar?
3. Obyektning jinsi bo‘yicha ruhiy-jinsiy yo‘nalishning buzilishlarini sanang.
4. Psixoseksual rivojlanish nima?
5. Seksual deviatsiyalar va ularning klassifikastiyalab bering.
6. Psixoseksual rivojlanish deviastiyalari.
7. Psixoseksual orientatsiyaning alohida ko’rinishlariga ega bo’lgan shaxslarda ma’noviy sohaning o’ziga xosligi.
8. Psixoseksual rivojlanish buzilishlari profilaktikasi. “Seksual xulq” fenomenini tushuntiring.


10-mavzu: Shaxs og`ishgan axloqining prevensiyasi va intervensiyasi

  1. Og`ishgan xulqning prevensiyasi va intervensiyasi bo`yicha umumiy tushuncha.

  2. Shaxs og`ishgan xulqiga ijtimoiy psixologik ta`sir.

  3. Shaxs og`ishgan xulqining psixologik intervensiyasi.

  4. Og`ishgan xulqning turli shakllarida ijtimoiy-psixologik aralashuv strategiyalari.



Tayanch tushunchalar: Deviant xulqning psixosotsial profilaktikasi. Deviant xulq profilaktikasi va ijtimoiy nazorat tushunchalari. Oilaviy va maktabdagi ijtimoiy ish: tushuncha, xususiyatlari, metodlari. Deviant xulqli bolalar va o‘smirlarga ijtimoiy yordam.


Og‘ishgan hulqning preventsiyasi va interventsiyasi bo‘yicha umumiy tushuncha
Deviant xulqning oldini olish faoliyati umumiy va maxsus tadbirlardan biri, ular ijtimoiy faoliyati turli darajalarini qamrab oladi. Muvaffakiyatli psixoprofilaktik ishlarning asosiy shartlari: uning ixcham yig‘ilganligi, ketma-ketligi, uzviyligi, dolzarbligi, toifaga to‘g‘ri bo‘linganligi. Umumjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti quyidagi profilaktika ishlarini muhim deb belgilagan:
Birinchi darajadagi profilaktika ishlari – noma’qul xossalarning ta’sirini yo‘qotishga, shu xususiyatlarga nisbatan immunitet hosil qilishga qaratilgan chora-tadbirlardir.
Bu tadbirlar o‘smirlar orasida keng yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
Ruhiy asab tizimi buzilishini ilk davrda aniqlab, uni tuzatishga “xavfli guruh”dagi o‘smirlar bilan ishlashga, endi shakllanayotgan deviant fe’lga ega o‘smirlarni qayta tarbiyalash ishlarini olib borishga qaratilgan. Uchinchi darajadagi ishlar – bu ruhiy asab tizimi buzilishidan kelib chiquvchi xulq-atvor illatlarini davolash bo‘yicha olib boriladigan maxsus faoliyat deviant xulqli o‘smirlarning o‘ta og‘ir fe’l-atvorni namoyon qiluvchi qilmishlarini oldini olishi mumkin. Ruhiy profilaktika ishi 3 darajali oldini olish choralaridan iborat bo‘lishi mumkin. Qanday uslubda amalga oshirilayotganiga qarab, ruhiy profilaktika ishi quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:

    • ijtimoiy psixologik va axloqiy treninglar;

    • namunaviy dasturlar;

    • psixologik maslahatxonalar;

    • ishonch telefonlari;

    • komlekslik jamlangan, umumlashgan;

    • adreslik, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi;

    • ommaviy-guruhlashishni ilgari surish;

    • ma’lumotlarning xolisligi;

    • salbiy xotimani iloji boricha chetlab o‘tish;

    • qatnashuvchilarning shaxsiy manfaatlari va javobgarligi;

    • kelajakka intilish istiqboli, reja asosida harakatlanish.


Yüklə 244,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə