13-Mavzu. Boshlang’ich sinflarda “Tarbiya” darslarini tashkil etishda tarbiyaviy treninglar



Yüklə 77,05 Kb.
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü77,05 Kb.
#139544
  1   2   3   4   5
14-Mavzu. Boshlang’ich sinflarda “Tarbiya” darslarini tashkil etishda tarbiyaviy treninglar


13-Mavzu. Boshlang’ich sinflarda “Tarbiya” darslarini tashkil etishda tarbiyaviy treninglar
Asosiy savollar:

  1. Trening tushunchasi.

  2. Tarbiyalanuvchilarning axloqiy fazilatlarini shakllantirishda tarbiya treninglarining ahamiyati.

  3. Boshlang’ich sinflarda tarbiyaviy trening turlari, ularning mazmuni va mohiyati

Tayanch ibora va tushunchalar: tarbiya, mashg’ulot, trening, fazilat, axloq, axloqiy fazilatlar, axloqiy tarbiya, “Panorama” treningi, “Qadamma-qadam” treningi, “Mas’uliyat hissi” treningi, yaxshilik, sharaf, vijdon, adolat, to’g’rilik, halollik, poklik.


Trening tushunchasi
Davlat va jamiyat tomonidan keyingi yillarda ta’lim-tarbiya sohasiga katta e’tibor qaratilayotganligi barchamizga ma’lum. Maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar yoshlarning chuqur bilim olishi va malakali kadrlar bo’lib yetishishida o’z ta’sirini ko’rsatmoqda.
Pedagog xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish, o’z ustida ko’proq ishlashlarini ta’minlash, o’quvchilarga dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarni samarali tashkil etishlari uchun ularning yuritishlari lozim bo’lgan hujjatlari bir nechtaga qisqartirildi.
Mashg’ulot - bu bugungi kunda barchaga tushunarli va og’zaki lug’atida bo’lgan so’z. Zamon o’zgarishi bilan barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasida ham bir qancha yangi, zamonaviy tushunchalar lug’atimizga kirib kelmoqda. Trening ham shunday tushunchalardan biri hisoblanadi. Xo’sh, trening nima?
Yoshlarning, ta’lim muassasalari mutaxassislari hamda ota-onalarning oldiga qo’yilayotgan vazifalar bevosita pedagogika sohasida yaratilayotgan turli uslublar (trening, suhbatlar, intervyu, anketa usuli, test usuli) yordamida amalga oshiriladi.
Trening termini (ingliz tilidan kelib chiqqan bo’lib, train, training) ko’plab ma’nolarga ya’ni: “o’qitmoq, tarbiyalamoq, (trenirovka) mashq qilmoq” kabi ma’nolarga ega. Xuddi shunday ko’p ma’nolilik treningning ilmiy talqiniga ham mos keladi.
Trening insonlarda mavjud bo’lgan xulq-atvori va faoliyatini boshqamv modelini qayta dasturlash vositasi hisoblanadi. Psixologiya tarixida trening o’qitishning eng keng tarqalgan shakli - faol ijtimoiy-psixologik treninglardir. L.A.Petrovskaya ijtimoiy pedagogik treningga ta’rif berar ekan, uni quyidagicha izohlaydi: “Trening - shaxslararo munosabatlardagi bilimlar, ijtimoiy ustanovkalar, ko’nikma va tajribalami rivojlantirishga qaratilgandir, shuningdek Muloqotda kompetentlikni rivojlantirish vositasi hamdir”.
Treningning asosiy maqsadi - shaxsni (ruhiy) ziqlikdan ozod qilish, bunda tabiiy erkinlikni his etishni, o’z guruhida va undan tashqarida o’zaro munosabat va aloqa o ‘rnata olishni ta’minlashdan iboratdir[7].
Ushbu madsadda kelib chiqib, trening-shaxsda mavjud bo’lgan yoki vujudga keladigan muammolami hal qilish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma, malakalarni hosil qilish maqsadida bahs-munozara, o’yin va mashqlar orqali o’tkaziladigan mashg’ulotlar yig’indisi hisoblanadi, deyishimiz mumkin
Har qanday pedagogik treninglar quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
1. Guruhni tashkil etish yoki yig’ish bosqichi.
2. Boshlang’ich bosqich.
3. Ishni olib borish bosqichi.
4. Yakunlash bosqichi.

Yüklə 77,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə