13-Mavzu. Boshlang’ich sinflarda “Tarbiya” darslarini tashkil etishda tarbiyaviy treninglar


Tarbiyalanuvchilarning axloqiy fazilatlarini shakllantirishda tarbiya treninglarining ahamiyati



Yüklə 77,05 Kb.
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü77,05 Kb.
#139544
1   2   3   4   5
14-Mavzu. Boshlang’ich sinflarda “Tarbiya” darslarini tashkil etishda tarbiyaviy treninglar

Tarbiyalanuvchilarning axloqiy fazilatlarini shakllantirishda tarbiya treninglarining ahamiyati.
Tarbiya ijtimoiy hayotning uzluksiz tushunchasi bo’lib, u tarixiy xarakterga egadir. Qadimgi Gretsiyada va Rimda tarbiyaning maqsadi o’sib kelayotgan yosh avlodni yaxshi fazilatlarga o’rgatish, unda fuqarolik, vatanparvarlik, ja’surlik, sadoqat, do’stlik kabi sifatlarni rivojlantirish bo’lgan.
Axloqiy tarbiya. Axloq - ijtmoiy ong shakllaridan biri bo’lib, insonlarning jamiyatga, mehnatga, boshqalarga va o’z-o’ziga nisbatan bo’lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi xulq-odob qonun-qoidalari, me’yorlari majmuasidir. Ana shu xulq-odob va qonun-qoidalarini o’quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish uchun ko’rsatilayotgan ta’sirga axloqiy tarbiya deyiladi[5].
Axloq, xulq va atvor so’zlari arabcha so’z bo’lib, ular o’zbek tilida ham o’z ma’nosida ishlatiladi. Xo’sh, axloq nima o’zi? Axloq – ijtimoiy ong shakli bo’lib, ijtimoiy hayotning hamma sohalarida insonning xulq-atvorini yo’lga solib turadigan tamoyillar, talablar, me’yorlar va qoidalar majmuidan iborat. Axloqda jamiyatda tarkib topgan “yaxshilik”, “sharaf’, “vijdon’, “adolat”, “to’g’rilik”, “halollik”, “poklik” singari tushunchalari mustahkamlangan odamlar xulq-atvori, me’yorlari aks etadi. Bu axloqiy tushunchalarning hammasi ham baholanuvchi xarakterga egadir.
Yosh avlodning axloqiy tarbiyasida axloqiy ong va axloqiy tuyg’ularni shakllantirishgina emas, balki eng muhimi – ularning ma’naviy-axloqiy munosabatlarida namoyon bo’ladigan faoliyatning har xil turlariga jalb etish mumkin. Maktab o’quvchilarining faoliyati jarayonidagi axloqiy munosabatlarida ularning odobli bo’lib tarbiyalanish darajasi aks etadi. A. S. Makarenko o’z vaqtida bunday deb ta’kidlagan edi: “Biz doimo munosabatlar bilan ish ko’ramiz, chunki xuddi munosabat pedogogik ishimizning xaqiqiy ob’ekti bo’lganligi sababli, bizning oldimizda doimo ikkita obyekt: shaxs va jamiyat turadi. Shaxsni jamiyatdan ajratib qo’yishning, uni munosabatlardan holi qilishning mutlaqo iloji yo’q”.
Axloqiy fazilatlarni teran tahlil qilgan Arastuning fikricha, axloqiy fazilat ruhning holati bo’la olmaydi, uni insonlarga tabiatning o’zi bermaydi, balki tabiat fazilatli bo’lishning imkoniyatlarini yaratib beradi. Barcha axloqiy fazilatlar - adolat, do’stlik, muhabbat, mardlik, mo’tadillik, sahiylik, sulhparvarlik, xushfe’llik va hokazolar faqat inson faoliyatida namoyon bo’ladi.
Axloqiy fazilat – faoliyat, xatti-harakatda namoyon bo’ladi.
Adolatli ishlarni amalga oshirish bilan inson adolatli bo’lib boradi, mardona harakatni amalga oshirgan shaxslar mard bo’lib boradi. Shaxs jamiyatda yashagani bois uning axloqiy fazilatlari hech qachon sof, xolis holda namoyon bo’lmay, balki faqat ijtimoiy faoliyatdagina namoyon bo’ladi. Shu sababli barcha axloqiy fazilatlar - ijtimoiydir.
Axloqiy munosabatlar – bu jamiyatga, mehnatga, odamlarga va qolaversa har bir kishining o’ziga bo’lgan munosabatidir. Jamiyat taraqqiyoti tarixi shuni ko’rsatadiki, faqat ma’naviy keng quloch yoygan, ilm taraqqiy etgan mamlakatdagina adolatli jamiyat qurish va unda bir-biriga mehr-oqibatli kamolotli insonlar shakllanishi mumkin. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi va bunyodkorlik, yaratuvchilik ishiga, ezgulikka intilishi kuchli bo’ladi.
Axloq insoniyat ma’naviy madaniyatining ko’rinishlaridan biri bo’lib, u kishilarning tarixiy tarkib topgan xulq-atvori va yurish turishini ifodalaydigan, ularning bir-biriga va jamiyatga munosabatini aks ettiradigan muayyon qoidalar yig’indisidir.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida axloqiy tushunchalarni shakllantirishda qo’yidagi munosabatlarni shakllantirish lozimdir:

  1. Insonning jamiyatga munosabatini belgilovchi axloqiy fazilatlar ichida vatanparvarlik va baynalminallik axloqiy tarbiyada alohida o’rin tutadi. Hadisu sharifda "Vatanni sevmoq iymondandur" deb bejiz aytmagan.

  2. Atrofdagi kishilarga axloqiy munosabat shaxsning jamoatchilik, ko’pchilik manfatini o’z shaxsiy manfaatdan ustun qo’yishdir.

  3. Mehnatga axloqiy munosabatni tarbiyalash shaxsning butun ma’naviy yo’nalishini belgilaydi.

  4. Shaxsning o’ziga, o’z xulqiga axloqiy munosabatni tarbiyalash - bu o’quvchining o’z-o’zini ongli intizom ruhida tarbiyalashga o’rgatishdan iboratdir.

Markaziy Osiyo xalqlari axloqshunoslik sohasida eng boy tajribaga egadirlar. Qur’oni karimda va Hadisu shariflardagi axloqqa oid ibratli ko’rsatmalar, maslahatlar, ota-bobolarimiz yaratgan ma’naviy meroslar, mutafakkirlarimizning axloq haqidagi yaratgan ma’naviy meroslari bugunga qadar ham uz qadr qimmatini yo’qotgani yo’q. Axloqiy tarbiya eng muhim insoniy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan jarayondir[1].
Mas’uliyat hissi” treningi. Treningni o’tkazishga doir tavsiyalar:
“Fikriy hujum” uchun test savollari:

  1. Mas’uliyat nima?

  1. Mas’uliyatni qanday tushunasiz?

  1. Qanday majburiyatlarga egasiz?

-uyda, oilada;
-o’qishda;
-do’stlaringiz bilan munosabatda;
-yana kimlar bilan?
4. Ularni qay tarzda va hamma vaqt ham bajarasizmi?
5. Siz intizomli (majburiyatini his qiladigan) kishimisiz? Birovlarning sirini saqlay olasizmi? Va’dalaringizni bajarasizmi? So’zingizning ustidan chiqasizmi?
6. O’quv topshiriqlarini vaqtida bajarasizmi?
7. Shoshilinch ishlarni “keyinga” qodirish odatingiz yo’qmi?
8. Sizga ishonib aytilgan birovning sirini boshqalarga aytib bergan vaqtingiz bo’lganmi?

Yüklə 77,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə