Mavzu: Adabiyotshununoslik tarixi



Yüklə 12,63 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü12,63 Kb.
#164521
  1   2   3   4
2-маъруза Ад

MAVZU: Adabiyotshununoslik tarixi

Reja: 1. Adabiyotshunoslik va uning tarkibiy qismlari. 2. Arastuning “Poetika” asari haqida. 3. Sharq adabiyotshunosligining o‘ziga xosligi.

Adabiyotshunoslik va uning tarkibiy qismlari: adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid, matnshunoslik, manbashunoslik. Matnshunoslik yo‘nalishidagi ilmiy ­tadqiqotlar “flologik tadqiqot” deb yuritiladi. “Filologiya” esa yunoncha so‘z bo‘lib, philo – sevaman, logos – so‘z, bilim demakdir. Shuning uchun flologiya deganda ham tilshunoslikka, ham adabiyotshunoslikka doir tadqiqotlar nazarda tutiladi.

Qadimda yevropada insonning barcha aqliy faoliyati mahsullari “flologiya” termini atrofiga jamlangan. Umuman, o‘tmishda flologiya, falsafa hozirgiga nisbatan keng qamrovli fan sohasi bo‘lgan. Filologiya, jumladan, adabiyotshunoslik fani ham dastlab falsafa fani doirasida vujudga kelgan, degan qarash keng yoyilgan. Masalan, qadimgi yunon donishmandi Platon (er.avv. 427–374-yillar) adabiyotning vazifasi Xudoni maqtash, kishilarni ezgulikka ishontirish ekanini ta’kidlab, asarning qanday turga mansub bo‘lishi unda muallif qanday o‘rin tutishiga bog‘liq: agar muallif o‘z nomidan so‘zlasa –“lirika”, agar u voqealarda ishtirok etmay, boshqa qahramonlarni gapirtirsa – “drama”, agar “lirika” va “drama”ga xos xususiyatlar birga qo‘llansa – “epos” bo‘ladi, degan.

Qadim zamonning yana bir donishmandi Aristotel (er.avv. 384–322-yillar) adabiyot haqida “Poetika” (“Poeziya san’ati haqida”) nomli maxsus asar yozib, unda asosan drama turiga mansub asarlarga xos xususiyatlarni keng sharhlagan. Umuman, G‘arb­u Sharqning barcha faylasuflari o‘z asarlarida adabiyot, uning ahamiyati haqida, albatta, fkr bildirganlar. Bu adabiyotshunoslik, tilshunoslik azaldan falsafy fan sifatida rivojlanib kelganidan dalolat beradi.

Adabiyot haqida keng ko‘lamda ilmiy fkr bildirish Arastuning “Poetika” asaridan boshlangan, degan qarash mavjud. Haqiqatan ham ushbu asar adabiyot fani haqidagi eng qadimgi ilmiy tadqiqotdir. Eramizdan avvalgi 336–322-yillarda yaratilgan ushbu asarda adabiy asar qismlari bir-biriga mutanosib bo‘lishi zarurligi, san’atkor taqlidga berilmay, o‘ziga xos yangi asar yaratishi shartligi, adabiyot xuddi rassomlik, musiqa singari nafosat yaratuvchi san’at turi ekanligi asoslab berilgan.


Yüklə 12,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə