Mavzu: Adabiyotshununoslik tarixi



Yüklə 12,63 Kb.
səhifə3/4
tarix30.12.2023
ölçüsü12,63 Kb.
#164521
1   2   3   4
2-маъруза Ад

Arastu “Poeziya – o‘xshatish san’ati” deb ta’kidlaydi va uning paydo bo‘lishi xususida fkr bildirib, poetik san’at ikkita sababga ko‘ra: gavdalantirish hamda o‘xshatish xususiyati asosida yuzaga kelishini qayd etadi. Donishmandning: “O‘xshatish insonga bolalikdan xos xususiyat. Inson boshqa mavjudotlardan o‘xshatish qobiliyatiga ega ekanligi bilan farqlanadi, hatto, dastlabki bilimlarini u o‘xshatishdan oladi va bu jarayon samaralari barchaga huzur bag‘ishlaydi... Biz haqiqatda yoqimsiz ko‘ringan narsalarga, masalan, jirkanch jonivor va murdalar tasviriga zavq bilan boqamiz. Buning sababi shundaki, bilim olish faqat faylasuflargagina emas, balki boshqa kishilarga ham juda yoqadi. Farq shundaki, oddiy odamlar bilish uchun tomosha qilmaydilar. Ular tasvirga zavqlanib qaraydilar. Chunki unga boqib, “mana bu narsa bunday ekan” deb mulohaza yuritishni o‘rganadilar.

Agar o‘xshashi tasvirlangan narsani avval ko‘rmagan bo‘lsa, o‘xshatishdan emas, balki bichim, bo‘yoq yoki shunga o‘xshash boshqa narsadan zavq tuyadilar” degan mulohazalari mantiqan asosli ekanligi bois ming yillar o‘tsa-da, eskirmasdan keladi Yunon mutafakkirining fkrlari ana shunday keng qamrovli, salmoqdor va eskirmas bo‘lgani uchun Forobiy uni “hakim Arastu”, “Arastu hakim” deb e’zozlaydi. Arastuning she’r navlari, shoirlarning bir-biridan farqi, o‘xshatish, tragediya, komediya, dramaning paydo bo‘lishi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi mulohazalarini sharhlaydi. Jumladan, tragediyani: “U she’rning ma’lum bir navi bo‘lib, uning o‘qilayotganini eshitgan yoki o‘zi ovozini chiqarib o‘qigan kishi huzur qiladi. Tragediyalarda birovlarga misol (o‘rnak) bo‘la oladigan yaxshiliklar va maqtaniladigan fe’l-atvorlar zikr qilinadi; bu vaznda shaharni boshqaruvchi hukmdorlar madh etiladi” deb izohlaydi

Forobiyning “Poetika”ni sharhlab yozgan: “Ayrim shoirlar tug‘ma qobiliyatli va she’r bitishga tayyor tabiatli kishilar bo‘ladi va ular tashbeh va tamsilga layoqatli bo‘ladilar... Bir xil shoirlar she’r san’atidan yetarlicha xabardor bo‘lishavermaydi, balki ular tug‘ma qobiliyatlarining yaxshiligi bilangina qanoat hosil qiladilar. Ular o‘zlarining iste’dod darajalariga ko‘ra ish tutadilar. Bunday shoirlar chinakam musaljis – mulohazakor shoirlardan sanalmaydilar. Chunki ularda she’r san’atini o‘zlashtirib olish uchun kamolot yetishmaydi va bu san’atda turg‘unlik bo‘lmaydi. Kimki unday odamning she’rini ko‘rib, u qobiliyatli odam ekan, deb o‘ylagan bo‘lsa, bu shuning uchunki, uning fe’l-atvorida shoirlarga xos bo‘lgan turq – ko‘rinish mavjudligidangina shunday mulohazaga kelingan.


Yüklə 12,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə