13-Mavzu. Boshlang’ich sinflarda “Tarbiya” darslarini tashkil etishda tarbiyaviy treninglar


Boshlang’ich sinflarda tarbiyaviy trening turlari, ularning mazmuni va mohiyati



Yüklə 77,05 Kb.
səhifə3/5
tarix29.11.2023
ölçüsü77,05 Kb.
#139544
1   2   3   4   5
14-Mavzu. Boshlang’ich sinflarda “Tarbiya” darslarini tashkil etishda tarbiyaviy treninglar

Boshlang’ich sinflarda tarbiyaviy trening turlari, ularning mazmuni va mohiyati
Qadamma-qadam” treningi. Mashg’ulot “qadamma-qadam” usulida tashkil etiladi, ya’ni mashg’ulot davomida amalga oshirilishi kerak bo’lgan har bir ish bir qadam deb olinadi va har bir qadamda o’quvchilar biron-bir faoliyatda ishtirok etadilar yoki biron-bir ish bajaradilar(15-rasm).

15-rasm. Qadamma-qadam” treningi.
Panorama” treningi. Trening maqsadi: mashg’ulot o’quvchilarni aniq bir muammoni yakka (yoki kichik jamoa bo’lib) fikr yuritib hal etish, yechimini topish, ko’p fikrlardan zarurini tanlash, tanlab olingan fikrlarni umumlashtirish va ular asosida qo’yilgan muammo yuzasidan aniq bir tushuncha hosil qilishga, o’zgalarning fikrini hurmat qilish, shuningdek, o’z fikrlarini ma’qullay olishga o’rgatadi.
Treningdan kutiladigan natija: o’quvchilar erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga; jamoa bo’lib ishlashga, jamoada o’z o’rnini topishga, izlanishga; fikrlarni jamlab, ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga; jamoaga o’z fikrini o’tkazishga, uni ma’qullashga; qo’yilgan muammoni yechishda va mavzuga umumiy tushuncha berishda o’tilgan mavzular bo’yicha egallagan bilimlarini qo’llay olishga o’rganadilar.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi: O’qituvchi mashg’ulotni har bir inson kabi bolalarning, o’quvchilarning ham o’z huquqlari, burchlari va vazifalari borligi, o’z huquqlarini yaxshi bilgan holda, burchlari va vazifalarini sidqiqildan ado etuvchi bolalarni hamma hurmat qilishi, bunday o’quvchilar esa o’qituvchilarining sevimli o’quvchisi bo’lishi bilan birgalikd a’lo baholari va axshi xulqi bilan tengdoshlariga namuna bo’lishi haqidagi nutqi bilan boshlaydi. O’qituvchi mashg’ulotning asosiy mavzusi bo’yicha yo’naltiruvchi so’zida, hozirgi kunda ta’lim tizimida o’quvchilarda ularning burchlari va vazifalarini ado etishlariga katta e’tibor qaratilayotgani haqida fikr bildiradi va shu sababdan bugungi tarbiyaviy mashg’ulotning mazmunini "O’quvchilarning burchlari va vazifalari" mavzusi orqali yoritish zarurligini tushuntiradi.
O’qituvchi kirish so’zidan so’ng, o’quvchilarning umumiy soniga qarab kichik guruhlarga ajratadi (kichik guruhlar soni 4 yoki 5 ta bo’lgani maqsadga muvofiq). So’ngra o’quvchilarga mashg’ulotning maqsadi uni o’tkazilish tartibini tushuntiriladi. Har bir kichik guruhga oldindan tayyorlangan tarqatma materiallar tarqatiladi. O’qituvchi kichik guruh a’zolarini tarqatma materialda berilgan jadvalda yozilgan asosiy fikr “Mening vazifalarim" mavzusiga kiritilgan mavzular bilan tanishib chiqish va ulardan bittasini tanlashni talab etadi. O’quvchilardan tanlagan muammolari bo’yicha ajratilgan bo’limga o’z fikr-mulohazalarini birgalikda yozma bayon etishlarini so’raydi, uni bajarish uchun ajratiladigan vaqtni belgilaydi. Guruhlar vazifani bajarishga kirishadilar. Vazifa bajarilgach, o’qituvchi guruhlardagi tarqatma materiallarni guruhlararo almashtiradi. Masalan: guruhlar soni 4 ta bo’lsa, u holda 1-guruh materialini 2-guruhga, 2-guruh materialini 3-guruhga, 3-guruh materialini 4-guruhga, 4-guruh materialini esa 1-guruhga beradi va qaytadan vaqt belgilaydi. Guruh a’zolari stollariga kelib tushgan tarqatma materaldagi muammolardan yozilmay qolganidan birini tanlab, jamoa bilan kelishgan holda o’z fikrlarini yozadilar. Vazifa bajarilgach, o’qituvchi tarqatma materiallarni yana guruhlararo almashtiradi, shu tariqa tarqatma materiallari birinchi bo’lib yozishni boshlagan guruhga kelib tushmaguncha o’qituvchi ularni guruhlar o’rtasida almashtirib turadi, guruhlar esa har bir tarqatma materialdagi tanlanmay qolgan bo’limlami tugatib, o’z fikrlarini yozib boradilar.
Tarqatma materiallar o’z guruhlariga qaytgach, guruh a’zolari tarqatma materialda to’plangan barcha fikrlarni diqqat bilan o’qib, fikrlashib, ularni umumlashtirgan holda, umumiy bir fikrga keladi va guruh vakillaridan birini ushbu yakuniy fikrni taqdimot qilish uchun tayyorlaydilar. O’qituvchi guruhlardan e’tiborlarini ko’proq taqdimot vaqtida, ayniqsa, uning yechimi va unga qarshi qo’yishi mumkin bo’lgan fikrlar, tadbirlar, ishlarga qaratishlarini so’raydi. O’qituvchi taqdimot uchun vaqt belgilaydi. Taqdimot vaqtida boshqa guruh a’zolari bildirilgan fikrlarga qo’shimcha qilishlari, ya’ni to’ldirishlari mumkin bo’ladi. O’qituvchi taqdimotning samarali va tartibli bo’lishini ta’minlashi kerak bo’ladi.
Barcha guruhlarning taqdimotlari tugagach, o’qituvchi "Mening vazifalarim" mavzusi bo’yicha fikrlarni umumlashtiradi, ularning isboti sifatida videomaterial (imkoniyati bo’lsa) yoki fotosuratlar ko’rsatishi mumkin.
O’qituvchi mashg’ulomi o ‘quvchilarning, guruhlarning ishlariga baho berish, mashg’ulot haqida o’quvchilaming bildirgan fikrlarini aniqlash, bo’sh vaqtlarida mustaqil o’qishlari uchun badiiy-ommabop adabiyotlar, tomosha qilishlari uchun esa filmlarni ro’yxatini aytish yoki tarqatish bilan yakunlaydi.
“Mening vazifalarim” mavzusidagi “Panorama” treningi uchun mo’ljallangan tarqatma materialning taxminiy nusxasi quyida keltirilgan(3-jadval):
3-jadval.





Yüklə 77,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə