Mavzu: Oʻquvchi yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini shakllanishining samarali usullari



Yüklə 1,19 Mb.
tarix28.09.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#124405
soglom turmush tarzi

Mavzu: Oʻquvchi yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini shakllanishining samarali usullari

  • FANNING NOMI: IJTIMOIY PSIXOLOGIYA
  • TAYYORLADI:

Reja: 1. Oʻquvchi yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish bo`yicha chora tadbirlar 2. Sog`lom turmush tarzi uchun kerak bo’ladigan talablar.

  • «Pеdagog bilib olishi shart bo`lgan birinchi narsa, bu bola tanasining tuzilishi va hayoti, bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi va uning rivojlanishidir. Busiz yaxshi pеdagog bo`lish, bolani to`g`ri tarbiyalash mumkin emas». Bolaning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini, uni nimalarga qodir ekanligini bilmasdan hamda yoshga aloqador hususiyatlarini nazar — e'tiborga olmasdan turib ta'lim-tarbiya ishlarini to`g`ri yo`lga qo`yish mumkin emas. Bolalarni to`g`ri o`stirib tarbiyalash mamlakatni yuksaltirish va taraqqiy ettirish garovidir.
  • O'zbekiston Respublikasi hukumatining yosh avlodni tarbiyalash va sog'lomlashtirish xususidagi qarorlari va chora-tadbirlari.
  • Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan davrdan boshlab yosh avlodni tarbiyalashga qaratilgan qarorlarini qabul qildi, bir qator ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Bolaning o'sishi va rivojlanishida tashqi muhit sharoiti va turmush tarzi katta o'rin egallaydi. Ammo qulay sharoitning yaratilmasligi va gigiyena talablariga amal qilinmasligi bolaning o'sishi va rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, bolalarning talay qismida o'sish va rivojlanishning buzilishi, turli kasalliklarga chalinish kabi salbiy holatlar ortib bormoqda. Bu kabi salbiy holatlarning oldini olish va bartaraf etish uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1993 yil 3 dekabrda 589 qarori bilan «Yosh avlodni sog'lomlashtirish muammolarini majmuali hal etishning kengaytirilgan dasturi»ni tasdiqladi
  • Mazkur dasturda odam sog'ligini mustahkamlash va umrini uzaytirishda jamiyatimizning har bir a'zosi sog'lom turmush tarziga amal qilishi muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd qilingan. 2000 yil sog`lom avlod yili dеb elon qilinishi mamlakatimizda olib borilayotgan oliyjanob, savobli ishlarning davomi dеb hisoblanadi. Mustaqil O`zbеkiston oldida turgan asosiy masalalardan biri bu talim-tarbiya tizimini tubdan o`zgartirib, uni hozirgi zamon talabi darajasiga ko`tarishdir. Mamlakatimizning birinchi ordеni "sog`lom-avlod uchun" ordеni bo`lib, u 4 mart 1999 yilda qabul qilingan. 29 aprеl 1993 yilda "sog`lom-avlod uchun" jamg`armasi tuzildi.
  • Agar inson sog'ligini 100% deb qaralsa, uning 50% i turmush tarziga, 20%i tashqi muhit sharoitiga, 20%i naslga, 10%i tibbiy yordamga tegishlidir. Demak, sog'liqni asrashda eng asosiy omil insonning qanday hayot kechirishi hisoblanadi.
  • Sog'lom turmush tarzi tushunchasi kishi hulq-atvorining hamma tomonlarini qamrab oladi. Har kimning ma'suliyatli vazifasi hisoblangan o'z-o'zini bilish tushunchasi buning bir qismi hisoblanadi. Bu har bir odam o'z organizmining tuzilishi va funksional xususiyatlarini yaxshi biladi degani. Shu xususiyatlarni asrash va rivojlantirish chora-tadbirlarini ko'radi, amal qiladi, kun tartibiga, sanitariya gigiyena talablariga rioya qiladi, o'z his-hayajonini boshqara biladi, qattiq hayajon va ruhiy zarbalarga bardosh beradi, ovqatlanishni nazorat qiladi, harakatchanlikni odat qiladi. Spirtli ichimliklar, kashandalik, giyohvandlikdan voz kechadi va h.k.
  • Gigiyena grеkcha «gigiyenos» so`zidan olingan bo`lib, «sog`lom» ma'nosini bildiradi. Gigiyena tashqi muhit sharoitining odam sog`ligiga ta'sirini o`rganadi. Gigiyena fani maktab gigiyenasi, mеhnat gigiyenasi, ovqatlanish gigiyenasi, epidеmologiya hamda gigiyenaga oid boshqa fanlarni o`z ichiga oladi. Maktab gigiyenasi bolalar va o'smirlar organizmi bilan tashqi muhit o'rtasidagi qonuniyatlarni o'rganib, bolaning to'g'ri o'sishi va rivojlanishi uchun zarur gigiyena asoslarini ishlab chiqadi.
  • Bolalar va o'smirlar gigiyenasi o'qituvchini ilmiy asoslangan gigiyenik tavsiyalar (ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, kun rejimi va o'quvchilar dam olishi, ovqatlanish, o'quv jihozlari bilan ta'minlash,
  • bolalar muassasalarini loyihalash va qurishni tashkil etish sohalariga oid) bilan qurollantiradi.
  • Maktab gigiyenasining asosiy maqsadi bola mehnat qobiliyatining funksional imqoniyatlari ortib borishi, umumiy immunologik reaktivligi, turli sharoitga moslashishi va boshqa xususiyatlarga ta'sir etish hamda turli kasalliklarning oldini olish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek bolalar muassasalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash, maktablarni to'g'ri qurish, obodonlashtirish, ta'lim-tarbiya jarayonining gigiyenik asoslari va shunga o'xshash boshqa masalalar bilan shug'ullanadi.
  • Gigiyenaning asosiy vazifasi bolaning har tomonlama barkamol bo'lib o'sishi va rivojlanishi, jismonan va ruhan yetuk bo'lishi, farovon hayot kechirishi uchun qulay sharoit yaratib berishdan iborat. Gigiyena bir kishining shaxsiy ishi bo'libgina qolmay, davlat va jamoatchilik ishi ham ekanligini yoddan chiqarmaslik kerak. Davlat tomonidan yaratib berilgan qulayliklar, sharoit hali insonlar uchun, ularning sog'ligi uchun sharoit yaratib berdi degani ham emas. Agar davlat maktabga shinam, qulay maktab binosini qurib bersa, uni o'quvchilar uchun mos o'quv jihozlari bilan ta'minlasa hali bu yetarli bo'lmaydi. O'quvchi o'ziga qaramasa, xonani, o'tirgan joyini iflos qilib ketaversa bu uning sog'ligi uchun to'g'ri kelmay qolishi mumkin. Shu sababdan shaxsiy gigiyena ham alohida ahamiyatga ega. Yoshlikdan boshlab, to umrining oxirigacha odam to'g'ri gigiyenik tavsiyalarga rioya qilsa, hamisha sog'-salomat bo'lib yuradi va uzoq umr ko'radi. Sog'lom ota-onadan sog'lom bola tug'ilishi azaldan ma'lum.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə