Bugungi kun ayolining jamiyatdagi õrni



Yüklə 15,94 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix04.06.2023
ölçüsü15,94 Kb.
#115383
maqola diyora



Bugungi kun ayolining jamiyatdagi õrni
Ayolni e'zozlash ,unga ehtirom kõrsatish õzbek xalqiga xos oliyjanob xususiyatlardan biridir . Shu ma'noda
Õzbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi õrni va mavqeini mustahkamlash borasida juda kõp ishlar
amalga oshirilmoqda . Mamlakatimiz Prezidenti ayollarning jamiyatdagi õrni va rõliga yuqori baho berib,
ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish , xotin-qizlarimizning bilimdon, zamonaviy mutaxasis,
malakali kasb egalari bo'lishlari hamda sog'lom va mustahkam oila qurishlari uchun zarur shart -
sharoitlar yaratish , birinchi navbatda sog'lom bola tug'ilishi va uni tarbiyalash , onalar va bolalar
sog'ligini muhofaza qilish davlatimiz va jamiyatimizning doimiy e'tiboridagi eng ustuvor vazifa ekanligiga
alohida e'tibor qaratmoqda. Oilada hamda bugungi taraqqiy etayotgan jamiyatimizda ayolning o'rni
benihoya kattadir. Farzandlar tarbiyasi, ularni kamol toptirish va har bir o'g'il qizning kelajakda o'z yõlini
topishi uchun hamda Vatanimiz ravnaqi uchun hissa qo'shadigan yoshlarni tarbiyalash ham asli biz
ayollarning qo'lida emasmi? Darhaqiqat hozirgi kunda jamiyatimizda ayollarning salohiyatini yuzaga
chiqarish , ularning barkamol avlodni tarbiyalashdagi ro'lini kuchaytirish va amalga oshirilayotgan keng
qamrovli islohatlarimizda yanada faol ishtirokini ta'minlash davlatimiz siyosatining ustuvor
yo'nalishlaridan biriga aylandi. Hayotimiz asosi , kõrki va millatimiz kelajagi ayol bo'lib qoladi. Bugungi
kunda o'z aqli, bilimi va iste'dodi , mehnatsevarligi va shijoati bilan hayotning hal qiluvchi sohalarini
tebratib -bu oila bekaligi bõladimi, davlat va jamiyat boshqaruvi , tibbiyot, ta'lim-tarbiya , madaniyat ilm
-fan taroqqiyoti bo'ladimi , fermerlik harakati va kichik biznes tadbirkorlik bo'ladimi , mana shunday
murakkab vazifalarni ayollar samarali ado etib kelmoqdalar. Bugungi kun ayolining ilmi, iqtidori ,
zakovati, ijodkorligi, yaratuvchanligi dunyoni yana bir karra lol qoldirib kelmoqda. 
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 13-umumiy o'rta ta'lim maktabining Ijodiy Madaniy Masalalar bõyicha
targ'ibotchisi Abdujabborova Diyora Obloqulovna. 

Yüklə 15,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə