1-mavzu: Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmeti va og`ishgan xulq klassifikatsiyasi Reja



Yüklə 244,82 Kb.
səhifə40/75
tarix23.05.2023
ölçüsü244,82 Kb.
#112470
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75
1-mavzu Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmet

Demonstrativ suiqasd (ko‘rsatuvchan) - teatrlashtirilgan sahna ko‘rsatib, o‘zini o‘ldirishni namoyish etganday bo‘lib, lekin haqiqatda xech qanday qasd qilmaslik. Barcha xatti-harakatlar o‘ziga boshqalarning diqqatini jalb qilishdan iborat bo‘lib, o‘ziga boshqalar tomonidan rahm-shafqat keltirib, uni xafa qilganlarni shu tariqa jazolashdan iborat.
Affekt suiqasd - kuchli affekt (kuchli ruhiy hayajonlanish) holatiga tushgan odamning harakati soatlab yoki sutkalab davom etishi mumkin. Bunday toifadagilarda haqiqatdan ham o‘z joniga qasd qilish ehtimoli juda ham yuqori bo‘ladi.
O‘z joniga qasd qilishda birinchi navbatda tushkunlik turtki bo‘ladi va suitsid muammosi bolaning ongida “hal qilinishi lozim bo‘lgan” masalalar ichida eng birinchi navbatda turadi.
Tushkunlik, yomon kayfiyat, umidsizlik, yordamga muhtojlikda ko‘rinadi.
Tushkunlikka tushish 3 ta ko‘rinishda bo‘ladi:
-biror-bir faoliyatga bo‘lgan qiziqishning yo‘qolib borishi;
-“ishtahaning tushib ketishi” (asosan o‘tish davridagi jinsiy rivojlanishdagi nuqson yoki kamchiliklar, shu boradagi kamsitilish, turli ko‘rinishdagi ijtimoiy yoki boshqa muammolar);
-hayotga bo‘lgan qiziqishning pasayishi.
Ekspertlar o‘z tahlillarida, o‘z joniga qasd qiluvchilar orasida nafaqat ruhiy kasalikka chalinganlar, balki sog‘lom o‘smirlar ham uchrab turishini ta’kidlashadi.
Ularning fikricha, moliyaviy inqiroz yillarida kuzatilgan depressiya va ishsizlik davrida o‘z joniga qasd etish holatlari ko‘payadi.
Misol tariqasida, XX asrda AQSHda o‘z joniga qasd etish holatlari barqaror ekanligi kuzatilgan bo‘lsa, (100.000 aholidan 10-12 ta) XXI-asrning boshidagi inqiroz yillarida bu ko‘rsatkichlar 15,5 barobarga oshgan.
Mashhur olim O.Dark tomonidan o‘z joniga qasd qilishning falsafiy-psixologik qarashlari keltirilgan.
Uning fikricha, o‘z joniga qasd qilish-ijodiy muhitning o‘zgarishi bo‘lib, inson rassom sifatida o‘z qobiliyati va mohirligini butkul ishlatib bo‘lganligi uchun joniga qasd qiladi va o‘z joniga qasd qilish rassomning eng oxirgi san’at asari bo‘lib, rassom asarlari qaxramonlarining hayoti va o‘lishini o‘ziniki deb biladi.
“Oddiy qurbon” atigi bir marta o‘ziga xos uslubda mahoratini ko‘rsatishi mumkin.
Muallif o‘z hayotidagi kamchiliklari, o‘zi xohlagandek hayot kechirishi oxirgi ifodasini ana shu ko‘rinishda aks ettiradi.
Ushbu ekspert tomonidan o‘z joniga qasd qilishning eng asosiy sabablari sifatida tashqi dunyo bilan kelishmovchilik, qo‘rquv, uyat, o‘z aybining tan olinishi va impotensiya holatlari deb e’tirof etiladi.
Bu ijtimoiy holat turlari safdan chiqib qolish, o‘z zamondoshlari, qarindoshlari va oilaviy rishtalariga umuman begona bo‘lishda o‘z aksini topadi.
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) tomonidan ishlab chiqilgan o‘z joniga qasd qilishning 800 ta sababi mavjud bo‘lib, ulardan 41 % aniq emas, 19 % jazo oldidagi qo‘rquv, 18 % ruhiy kasallik, 18 % uydagi kelishmovchiliklar, 2 % ishqiy kechinmalar, 2 % moliyaviy yo‘qotishlar, 4 % hayotdan to‘yish, 1.2 % jismoniy kasallik tufayli ro‘y beradi.
Shuningdek, JSST tomonidan o‘z joniga qasd qilishning 80 ta usuli ko‘rsatib berilgan.
Qayd etish kerakki, usullar qasd qiluvchilarning qaysi hududdan ekanligiga qarab o‘zgaradi.
- O‘zini osish usulini ko‘plab (84-90%) qurbonlar tanlashadi.
- O‘zini otuvchilar. (AQShda bu usuldan 60% qurbonlar foydalanadi)
- O‘zini zaharlash. Dori-darmon vositalarining me’yoridan ortiq iste’mol qilish natijasida 15-18 % qurbonlar olamdan o‘tadi.



Yüklə 244,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə