1-mustaqil ta’lim Insho yozish texnikasi haqidagi nazariy ma’lumotlarni o’rganish Insho arabcha so‘z bo‘lib, «yaratish»



Yüklə 33,41 Kb.
səhifə2/6
tarix13.12.2023
ölçüsü33,41 Kb.
#149349
1   2   3   4   5   6
Ёдгорова Нафиса

2-mustaqil ta’lim
Sodda va murakkab reja haqidagi nazariy ma’lumotlarni ma’lumotlarni o’rganish
Butun bo‘lak (qism)lardan tashkil topadi. Shuningdek, ushbu bo‘laklar yana qismlarga bo‘linishi mumkin. Biz inshoda ham yoritilayotgan mavzuni oddiy «bo‘laklashimiz» – bir necha qismlarga ajratishimiz, ba’zan esa ularni batafsilroq yoritish uchun bu bo‘laklarning ham ichki qismlarini aniqlab olishimiz zarur bo‘ladi. Natijada, murakkab reja tuzishga to‘g‘ri keladi. Albatta, oddiy rejada yozilgan inshoda ham kirish, asosiy qism, xulosa bilinib turadi. Lekin murakkab rejada u yaqqol ko‘rinadi. Murakkab rejani tuzish oddiy rejaga nisbatan qiyinroq, lekin bu qiyinlik insho yozishni yengillashtiradi.
Bilib oling Oddiy reja insho mavzusini bir bosqichda qismlarga ajratish bo‘lsa, murakkab reja ajratilgan qismlarni yana ichki qismlarga bo‘lish demakdir. Masalan:
Globallashuv va tillar taraqqiyoti
(Tilshunoslik bo‘yicha ilmiy insho namunasi)
Reja:
1. Dunyoning lisoniy manzarasi.
2. Yo‘qolib borayotgan tillar.
3. Tillarni saqlab qolish choralari.
4. «Internet tili» tushunchasi – Oddiy rejaga misol bo’ladi.
O‘ZBEKISTON – VATANIM MANIM
Reja:
K i r i s h. O‘zbekistonning tarixi va istiqboli haqida.
II. Asosiy qism:
1. «Men nechun sevaman O‘zbekistonni?»
2. Vatanimning tabiiy boyliklari.
3. Vatanim – rivojlangan sanoat maskani.
4. O‘zbekiston shoirlar va adiblar madhida.
III. Xulosa. O‘zbekiston jahonga yuz tutmoqda- murakkab rejaga misol bo’ladi
3-mustaqil ta’lim
Adabiy mavzudagi insholar haqida ma’lumotga ega bo’lish
Siz 1-sinfdan yoza boshlagan oddiy yozma tasvir, rasm asosidagi hikoya, turli xil maktublar ham inshoga o‘xshaydi. Lekin ularni insho deb bo‘lmaydi. Chunki bunday yozma ishlar aniq reja asosida yozilmagan, ularda o‘quvchining maxsus tayyorgarligi, ijodiy izlanishi va mustaqil fikrlashi talab etilmagan.
Muayyan badiiy asar, undagi qahramonlar haqidagi insho adabiy inshodir. Bunday mavzudagi inshoda biror badiiy asar yoki undagi qahramonlar taqdiri adibning badiiy mahorati bilan bog‘lab, manbalarga tayanib tahlil qilinadi.
Masalan:
1.«Alpomish» dostonida qahramonlik tasviri. 2. Abdulla Qodiriyning badiiy mahorati. 3. Men sevgan adib. 4. Muhammad Yusuf she’riyatida Vatan tasviri. 5. «Sen yetim emassan» she’ridan olgan taassurotlarim. 6. Abdulla Qahhor – kichik hikoyalar ustasi. 7. «Mehrobdan chayon» romanida xonlik tuzumi illatlarining fosh etilishi. 8. Zulfiya she’riyatida tinchlik mavzusi

Yüklə 33,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə