1-mustaqil ta’lim Insho yozish texnikasi haqidagi nazariy ma’lumotlarni o’rganish Insho arabcha so‘z bo‘lib, «yaratish»



Yüklə 33,41 Kb.
səhifə4/6
tarix13.12.2023
ölçüsü33,41 Kb.
#149349
1   2   3   4   5   6
Ёдгорова Нафиса

6-mustaqil ta’lim.
Teng va tobe bog’lanish haqida nazariy ma’lumot berish
Bir mustaqil so‘z boshqa mustaqil so‘zni izohlaydigan bog‘lanish tobe bog‘lanish deyiladi. Bir mustaqil so‘z boshqasiga ergashmay, izohlamay bog‘lansa, teng bog‘lanish deyiladi. So‘zlarning teng bog‘lanishi so‘z qo‘shilmalarini hosil qiladi: yoshlar va kelajak, otam bilan onam, oy hamda quyosh. Teng bog‘lanishda tobe va hokim so‘z bo‘lmaydi, ikkala so‘z ham teng huquqli bo‘ladi.
So‘z birikmasi hokim so‘zning qaysi turkumga oid so‘z bilan ifodalanishiga qarab, ikki guruhga bo‘linadi: otli so‘z birikmasi, fe’lli so‘z birikmasi. Otli so‘z birikmasida hokim so‘z ot, sifat, son, ravish va otlashgan so‘zlar bilan ifodalanadi: shaharning ko‘chalari, hammasidan katta, chumchuqning chug‘ur-chug‘uri, o‘quvchilarning beshtasi, do‘stlarning barchasi, o‘qdan tez kabi. Fe’lli so‘z birikmasida hokim so‘z fe’l bilan ifodalanadi: kitobni o‘qidi, daftarga yozmoq, tez yugurgan, ohista gapirish, ta’sirli so‘zlab, zavq bilan o‘qimoq
So‘z birikmasi so‘z qo‘shilmasi (teng bog‘lanish) va qo‘shma so‘zga o‘xshaydi. So‘z birikmasi va so‘z qo‘shilmasi nutqda hosil qilinadi. Qo‘shma so‘z nutq jarayonigacha mavjud bo‘ladi. Shu boisdan u lug‘atlarda aks etadi
7-mustaqil ta’lim
Mumtoz matn va lug’atlar ustida ishlash
TALAB VODIYSI
Chun talab vo/diysig‘a qo‘y/sang qadam,
Ollinga har/ dam kelur yuz / ming alam.
Har dam anda/ yuz malolat/ yuzlanur,
Har nafas ming/ sa’b holat/ yuzlanur.
Istamak ran/ji ko‘ngulni/ zor etar,
Topmomog‘liq/ ruhni af/gor etar.
Jonni kuydur/mak bo‘lub mah/rumliq,
Vaslining mi’/odi noma’/lumliq.
Ranj-u ko‘shish/ sanchibon jis/mingg‘a nesh,
Dardi noyob/ aylabon jo/ningni resh.
Istabon top/may duri no/yobni,
Mundadur tar/k aylamak as/bobni.
Mol-u mulk-u/ har nedur so/likka band,
To‘rt takbi/ri fano ur/moq baland
Har nekim g‘ayri talabdur tashlamoq,
O‘zni maqsad manzilig‘a boshlamoq.
Qolmasa olam mato‘idin jihot,
Ganjdin yetkay asar vayroninga,
Zoti nuridin yorug‘lug‘ joninga.
Ul yorug‘lug‘ shavq o‘tin tez aylagay,
Kim talab raxshin sabukxez aylagay.
Joning‘a yetkay talabning rohati,
Qolmagay ranj-u taabning shiddati.
Durg‘a topqon soyi ko‘nglung xosliq,
Bo‘lg‘oy osonroq sanga g‘avvosliq

Yüklə 33,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə