1-mustaqil ta’lim Insho yozish texnikasi haqidagi nazariy ma’lumotlarni o’rganish Insho arabcha so‘z bo‘lib, «yaratish»



Yüklə 33,41 Kb.
səhifə5/6
tarix13.12.2023
ölçüsü33,41 Kb.
#149349
1   2   3   4   5   6
Ёдгорова Нафиса

8-mustaqil ta’lim
Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari haqida ma’lumot berish
Gap kesimidan anglashilib turgan harakatning bajaruvchisini, belgining sohibini bildirgan bo‘lak egadir. Ega, asosan, kim, nima, qayer so‘roqlariga javob bo‘ladi. Ega doimo bosh kelishik shaklida bo‘ladi. Ega quyidagi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi: 1. Ot bilan: Milt-milt yonib turgan chiroq birozdan so‘ng o‘chdi. 2. Olmosh bilan: Sen o‘zingni maqtama, seni birov maqtasin. (Maqol) 3. Son bilan: Ikkalasi ham chiqib ketishdi. 4. Sifatdosh bilan: O‘qigan o‘qdan o‘zar, o‘qimagan turtkidan shoshar. (Maqol) 5. Sifat bilan: Yaxshilar ko‘paysin, yomon qolmasin. (Qo‘shiqdan) 6. Harakat nomi bilan: O‘qish jafoli, oqibati vafoli. (Maqol) 7. Taqlid so‘z bilan: Qars ikki qo‘ldan chiqadi
Hol ko‘proq kesimga bog‘lanib, undan anglashilgan ish-harakatning o‘rnini, paytini, holatini, bajarilish sababini, maqsadini, daraja-miqdorini bildiradigan ikkinchi darajali bo‘lak. Hollar qanday, qanday qilib, qay tarzda, qayerda, qayerga, qayerdan, qachon, nega, nima uchun, qancha kabi so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi. Shunga ko‘ra, o‘rin holi, payt holi, ravish holi, daraja-miqdor holi, sabab holi va maqsad holi farqlanadi. Hol ravish, kelishik shaklidagi va ko‘makchili otlar, olmoshlar, sifat, son, taqlid so‘z va fe’lning xoslangan shakllari bilan ifodalanishi mumkin. Bir mustaqil so‘z bilan ifodalangan hol sodda, kengaygan birikma bilan ifodalangan hol murakkab hol sanaladi
Gapning fe’l bilan ifodalangan biror bo‘lagiga boshqaruv yo‘li bilan bog‘langan, kimni, nimani, qayerni, kimga, nimaga, kimda, nimada, kimdan, nimadan, kim uchun, nima uchun, kim haqida, nima haqida, kim bilan, nima bilan kabi so‘roqlarga javob bo‘luvchi ikkinchi darajali bo‘lakka to‘ldiruvchi deyiladi. To‘ldiruvchi quyidagi so‘zlar bilan ifodalanadi: ot: Dilshod maktubni xolasiga berib, ko‘chaga chiqib ketdi; olmosh: Mayli-da, kimgadir yoqsa, yoqmasa, ularga qo‘shilib yig‘lasharmidik. (M.Yusuf); harakat nomi: Uning kulib boqishlarini bir zum ham unutmayman. Otlashganda: sifat: Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas; son: Beshni beshga qo‘shsak, o‘n bo‘ladi; sifatdosh: Bilmagandan bilgan yaxshi, to‘g‘ri ishni qilgan yaxshi; taqlid so‘z: Taqir-tuquringni yig‘ishtir; undov so‘z: Ohimni eshitmadi; modal so‘z: Yo‘qni yo‘q deydi, borni bor deydi. To‘ldiruvchi birikma holida bo‘lishi mumkin: Men uning go‘zal siymosida qalbim ko‘zgusini, visol orzusini, umidim gulshanini ko‘rardim. Erkin birikma bilan ifodalangan murakkab to‘ldiruvchi gap mazmunini to‘ldirish, oydinlashtirish vazifasini bajaradi.
Narsa-buyumning rang-tusi, mazasi, hajmi, kim yoki nimaga qarashliligini bildirib, gapning ot bilan ifodalangan bo‘lagini aniqlab kelgan ikkinchi darajali bo‘lak aniqlovchi deyiladi. U qanday, qaysi, nechanchi, qancha, nechta, kimning, nimaning, qayerning so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Aniqlovchi aniqlagan (bog‘langan) bo‘lak aniqlanmish hisoblanadi. Aniqlovchi gapning bàrcha bo‘laklarini aniqlashtirib kelishi mumkin. Aniqlovchi ega, ot kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi va holga bog‘lanadi: Bahaybat samolyot (ega) yerga ohista qo‘ndi. Salimjon – a’lochi o‘quvchi (ot kesim). Ilg‘or ishchilarga (to‘ldiruvchi) mukofotlar topshirildi. Mehnat faxriylari bilan yangi bog‘da (hol) uchrashdik. Tadbirkor insonning (aniqlovchi) ishlariga havasing keladi

Yüklə 33,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə