1. setup bios dasturini sozlash Windows operatsion tizimini o‘rnatish



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə12/15
tarix03.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98140
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
KOMPYUTERNI ISHGA TUSHURUVCHI DASTURLAR...

Ilovalarni o‘chirish. Ilovalarni o‘chirish uchun operatsion tizim dasturlar katalogining maxsus faylida saqlanuvchi o‘rnatish protokolidan foydalanadi.
Ilovalarni o‘chirishni boshqaradigan dasturlarni ishga tushirish uchun «Свойства: Установка и удаление программ» (Xossa: Dasturlarni o‘rnatish va o‘chirish) muloqat oynasidan foydalaniladi
(5-rasm). Uning tarkibida, operatsion tizim ularning to‘g‘ri o‘rna-

5-rasm. Avval o‘rnatilgan ilovalarni o‘chirish.
tilganiga va avtomatik tarzda o‘chirilishi mumkinligiga ishonch hosil qilgan dasturlarning to‘liq ro‘yxati bo‘ladi.
Zamonaviy ilovalar uchun o‘chirish buyruqlari bevosita asosiy menyuning dasturlarni ishga tushirish buyruqlari joylashgan bandga qo‘shiladi. Menyuning dasturlarni o‘chirish bandidan foydalanish to‘g‘ri bo‘ladi.
Operatsion tizim qayd qilingan ilovalar uchun dasturlarni o‘chirish vositalarini qaerdan topish va undan qanday foydalanishni biladi.
Avtomatik tarzda o‘chirish muolajasi o‘rnatish jarayonida yaratilgan fayllarni yo‘q qilib yuboradi. Dastur bilan ishlash jarayonida yaratilgan fayllarni avtomatik tarzda o‘chirish mumkin emas. O‘chirish dasturi quyida keltirilgan fayl va kataloglarni, ularning tarkibini yo‘q qilib yubormaydi:

  • dastur bilan ishlash vaqtida yaratilgan hujjatlar fayli;

  • dasturlarning foydalanuvchi tomonidan o‘zgartirilgan soz lash ko‘rsatkichlari saqlangan fayllar;

  • maslahat tizimining qo‘shimcha indeksli fayllari;

  • dastur versiyasining o‘zgarishi natijasida qo‘shimcha qilingan yoki o‘zgartirilgan fayllar;

  • maxsus fayllar, masalan, kompyuter o‘yinlarini saqlash natijasida olingan yozuvlar;

  • dastur tomonidan ko‘zda tutilmagan joylarda mustaqil ravishda yaratilgan qo‘shimcha yorliqlar;

  • o‘zining joylashgan o‘rnini almashtirgan fayllar, masalan, Bosh menyu tuzilishining foydalanuvchi tomonidan o‘zgartirilishi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə