Pista antioksidantlar, foydali yog‘lar manbaidir. Shuningdek, uning tarkibida inson organizmi uchun foydali ozuqalar, oqsil, kalsiy va fosfor, asablarni tinchlantiruvchi V hamda Ye vitaminlari mavjuddir



Yüklə 6,84 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü6,84 Kb.
#163768
Xulosa


Xulosa

Pista antioksidantlar, foydali yog‘lar manbaidir. Shuningdek, uning tarkibida inson organizmi uchun foydali ozuqalar, oqsil, kalsiy va fosfor, asablarni tinchlantiruvchi V hamda Ye vitaminlari mavjuddir. Ayniqsa, pistaning quyidagi foydali xususiyatlarini alohida e’tirof etish lozim.


Yurak sog‘lomligini ta’minlaydi. Pista zararli xolesterin miqdorini kamaytiradi. Shuningdek, uning antioksidantlarga boyligi, tarkibida A va Ye vitaminlarga ega ekanligi yallig‘lanishning oldini olib, qon tomirlarini himoya qiladi, shu tariqa yurak-qon tomirlari xastaliklariga chalinish xavfini kamaytiradi.
Asablarni tinchlantiradi. Pista tarkibidagi V 6 vitamini asab tizimining to‘g‘ri ishlashida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu vitamini asab tolalari o‘rtasidagi impulslarning to‘g‘ri yetkazilishini ta’minlaydi, turli asab buzilishlari, uyqusizlik, xotira bilan bog‘liq muammolar, hattoki, ruhiy holat buzilishining oldini oladi.
Ko‘z uchun foydali. Pista lyutein va zeaksantinga ega. Ular ko‘z gavhari va to‘r pardasining markaziy qismida to‘planib, ularning himoya qobig‘ini mustahkamlaydi va ko‘z kasalliklaridan himoya qiladi.
Immun tizimini mustahkamlaydi. Pistani muntazam iste’mol qilish organizmning tashqi ta’sirlarga qarshiligini oshiradi. Unda immun tizimi faoliyati uchun muhim sanalgan foliy kislotasi, biotin, riboflavin, niatsin vitaminlari hamda fosfor, kaliy va magniy kabi minerallar mavjud.
Burchoqdoshlardan oqsilga boy boʻlgan mosh, loviya ,no‘xat, soya, yer yongʻoq oziqovqatuchun,toʻyimlioʻtloqoʻsimliklaridan bedavasebarga, esparset ye mxashak uchun koʻplab ekiladi.Burchoqdoshlarorasida texnikada ishlatiladigan qimmatbaho mahsulotlar olinadigan, balzamli va qimmatbaho yogʻoch olinadigan daraxtlar bor.
Yeryongʻoq, qashqarbeda, shirinmiya, oqquray, afsonak kabilardan olinadigan alkoloidlar, glyukozidlar, smolalar, vitaminlar va organikkislotalar tibbiy otda turli kasalliklarni davolashda ishlatila-di. Choʻllarda uchraydigan qizboltir, oqmiya,achchiqmiya kabilar zaharli hisoblanadi. Burchoqdoshlarning baʼzi zaharli turlari (derris, lonxokarpus) insektitsid sifatida ishlatiladi.Akatsiya, gledichiya, tuxumak va boshqalar manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Burchoqdoshlarga mansub koʻp oʻsimliklarning ildizida atmosfera azotini oʻzlashtiradigan azotobakter yashaydi. 
Shuning uchun B. azot birikmalari kam boʻlgan tuproqda ham yaxshi oʻsadi. Loviya Tropik va subtropiklarda, asosan, Amerikada 200 dan ortiq turi (vatani
— Markaziy va Janubiy Amerika) eng koʻp tapqalgan. Shuningdek, koʻpgulli loviya lima loviyasi, ingichka bargli loviya, Osiyo loviyasi, adzuki loviya, guruchsimon loviya , qizil loviya va boshqa turlari ham ekiladi. Yer yuzida loviya ekiladigan maydonlar 22 mln.ga (1999). Hindiston, Braziliya , Xitoyda katta maydonlardayetishtiriladi. L. issiqsevar oʻsimlik, urugi kamida 8—10° da unib chiqadi. Maysasi — 0,5, — 1,0° da nobud boʻladi. Maysalanishi uchun 15—18°, gullashi uchun eng qulay harorat 18—25°, meva hosil qilishi uchun 20—23°. Loviya namsevar, Oʻzbekistonda suvli yerlarga ekiladi. Unumdor tuproq sharoitlariga talabchan. 
Oʻsuv davri 75—120 kun. Yormasi oqsilga boy, yuqori kaloriyaga ega. Tula 
pishmagan dukkaklari va donlaridan konserva ishlab chiqariladi. Doni tarkibida 20—31% oqsil, 0,7-3,6% moy, 50-ye kraxmal, 2,3—7,1% kletchatka, alkil kislotalar mavjud. Poyasi chorva mollari uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi. Ayrim turlari manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi
Yüklə 6,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə