1. Sog’liqni saqlashni moliyalashtirishning nazariy asoslari



Yüklə 177,07 Kb.
səhifə13/20
tarix19.12.2023
ölçüsü177,07 Kb.
#153243
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
.Sog’liqni saqlashni moliyalashtirishning nazariy asoslari

моделга ажратиш мумкин:



  • Давлатдан молиялаштириш модели, бунда давлат бюджети маблағларидан молиялаштириш асосий ўрин эгаллайди (Буюк британия, Италия, Куба, Россия, Ўзбекистон Республикаси);



  • Тиббий суғурталаш модели, бунда тадбиркорлар, меҳнат қилувчи фуқароларнинг мақсадли бадаллари орқали молиялаштириш асосий ўрин эгаллайди (Франция, Германия, Канада, Япония);



  • Хусусий молиялаштириш модели, бунда ихтиёрий тиббий суғурта бадаллари ҳисобига ҳамда пулли тиббий хизматларни амалга ошириш орқали келадиган тушумлар орқали молиялаштириш асосий ўрин эгаллайди (АҚШ, Жанубий Корея)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9-noyabr kuni sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, hududlar aholisini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi islohotlar natijalarini tahlil qilish va istiqboldagi ustuvor vazifalarni belgilashga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. 1
Davlatimiz rahbari barcha islohotlardan asosiy maqsad odamlar hayotini yaxshilash ekani, sifatli tibbiy xizmat bu borada muhim oʻrin tutishini taʼkidladi. 
Keyingi ikki yilda Prezidentning sohaga oid 50 ta farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining 70 dan ziyod qaror va farmoyishlari qabul qilindi. 6 ta yangi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilib, ular soni 16 taga yetdi. Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida hududlarda ularning 10 ta filiali ish boshladi. Tuman va shahar shifoxonalarida 306 ta yangi ixtisoslashgan boʻlim, 1 ming 200 ta tez tibbiy yordam shoxobchasi ochildi. 
Umuman olganda, joriy yilda tibbiyot sohasiga davlat byudjetidan 2017-yilga nisbatan 40 foiz koʻp mablagʻ ajratildi. Yigʻilishda kelasi yil sohaga qariyb 30 foiz koʻp mablagʻ yoʻnaltirish rejalashtirilgani qayd etildi. 
Prezidentning yaqinda qabul qilingan "Davlat tibbiyot muassasalari va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori sohadagi yana bir ijobiy yangilik boʻldi. Unga muvofiq, tibbiyot xodimlarining oylik maoshi 1 dekabrdan 20 foizga, 2019-yil 1-apreldan yana 15 foizga oshiriladi. 
Farmon va qarorlar chiqarilib, sohaga shuncha imkoniyatlar yaratildi, dolzarb masalalar hal qilib berildi. Lekin sogʻliqni saqlash tizimida kutilgan natijalar koʻrinmayapti. Ayniqsa, tumanlar, chekka qishloqlardagi aholi tibbiy xizmatdagi jiddiy va tub oʻzgarishlarni oʻz hayotida sezayotgani yoʻq, dedi Shavkat Mirziyoyev. 
Joriy yilning oʻtgan davrida Prezidentning Virtual qabulxonasiga tibbiyot sohasiga doir 45 mingdan ziyod murojaat kelib tushgani bu sohada hali muammolar borligidan dalolat berayotgani qayd etildi. 
Masalan, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimi, tuman markaziy shifoxonalarining moddiy-texnik bazasi va malakali kadrlar bilan taʼminlanish darajasi talabga javob bermaydi. Buning oqibatida hududlardagi bemorlar katta mablagʻ sarflab, Toshkent shahriga kelishga yoki chet davlatlarga borishga majbur boʻlmoqda. 
Shu bois yigʻilishda tibbiyot tizimidagi muammolarni vaqtida aniqlash va hal etish, buning uchun hududlardagi holatni toʻliq qayta oʻrganib chiqish, bunda qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalardan markaziy tibbiyot muassasalarigacha qamrab olish kerakligi taʼkidlandi. 
Tibbiy xizmat koʻrsatishda respublika, viloyat, tuman va qishloq boʻgʻinlari oʻrtasida bogʻliqlikni kuchaytirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Bunda, avvalo, mahallalarda profilaktika ishlari va tibbiy koʻriklar sifatli tashkil etilib, kasalliklarning oldi olinadi, zarur hollarda bemorlar tuman va viloyat markazlariga yuboriladi. Tuman tibbiyot birlashmalari kasallarni imkon qadar oʻzida davolab, ogʻir bemorlarni viloyat va respublika muassasalariga yoʻnaltiradi. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari esa oʻz ixtisosligi boʻyicha yagona metodik, texnologik, davolash va profilaktika siyosatini amalga oshirib, aholi salomatligini mustahkamlashga koʻmaklashadi. 
Yigʻilishda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Onalar va bolalar oʻlimiga sabab boʻlayotgan omillarni chuqur tahlil qilib, ularni bartaraf etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi. 
Yuqumli boʻlmagan kasalliklarni profilaktika qilish ishlari talab darajasida yoʻlga qoʻyilmagani qayd etildi. Qator ixtisoslashtirilgan markazlarning bu boradagi faoliyati tanqid qilindi. 
Ayrim hududlarda yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolash ishlari ham qoniqarli emas. Jumladan, joriy yilning oʻtgan davrida gepatit, oʻpka sili bilan kasallanish soni respublika boʻyicha 20 foizgacha kamaygan boʻlsa-da, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida salbiy koʻrsatkichlar saqlanib qolmoqda. 
Shu munosabat bilan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlaridagi moddiy-texnik baza va davolash holatini oʻrganib, mavjud kamchiliklarni hal etish, OITSning oldini olish, xorijiy davlatlarda mehnat qilib qaytgan shaxslarni majburiy test tekshiruvidan oʻtkazishning huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish chora-tadbirlari muhokama qilindi. 
Xususiy tibbiyot muassasalari tarmogʻini yanada kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratildi. Mamlakatimizda xususiy tibbiyotning barcha tarmoqlarini rivojlantirish nafaqat yurtdoshlarimiz, balki qoʻshni davlatlar fuqarolariga ham tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha katta imkoniyatlar mavjud. 
Shuning uchun mutasaddilarga xususiy tibbiyot muassasalari tarmogʻini kengaytirish, Toshkent, Samarqand, Andijon kabi yirik shaharlarda "tibbiyot xab"larini barpo etish boʻyicha vazifalar topshirildi. 
Kasalliklarni oldini olishning eng kamxarj va samarali yoʻli sogʻlom turmush tarzi va sogʻlom ovqatlanish madaniyatiga amal qilishdir. Afsuski, kamharakatlilik va notoʻgʻri ovqatlanish oqibatida Oʻzbekiston aholisining yarmi ortiqcha vaznga ega, odamlarimizning 46 foizi qon tarkibida meʼyoridan ortiq xolesterin mavjud, 31 foizida qon bosimi yuqori. 
Shu bois aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini va sogʻlom ovqatlanish madaniyatini targʻib qilish orqali kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi. 
Videoselektor yigʻilishida tibbiyot sohasini oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish yoʻnalishlari muhokama qilindi. Prezidentimiz Oʻzbekistonda 2025-yilgacha sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish boʻyicha konsepsiya loyihasini ishlab chiqish yuzasidan koʻrsatmalar berdi. 
Masalan, sohani moliyalashtirishning amaldagi smeta usuli eskirgani, tibbiyot muassasalari qancha bemor davolanganiga qarab emas, koyka-oʻrinlar soniga qarab moliyalashtirib kelinayotgani qayd etildi. Bugungi zamon talablari va xorij tajribasidan kelib chiqib, sinov tariqasida mamlakatimizning 14 ta hududida bittadan tibbiyot anjomlari berildi.

Yüklə 177,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə