Мавзу: кадрлар тайёрлаш миллий модели. Педагогик технологияларнинг мақсад ва вазифалари



Yüklə 4,52 Mb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#153293
  1   2   3   4   5
1-mavzuPed nazariya

2021-yil Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili

1-MAVZU O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari

REJA:

  • 1.Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari.
  • 2.О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni.
  • 3.Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. Ta’lim tizimi va turlari.

Adabiyotlar ro’yxati

  • 1. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi” О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.
  • 2. О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni Toshkent sh.,2020-yil 23-sentabr, O‘RQ-637-son
  • 3.Xodjaev B.X. Umumiy pedagogika Darslik. –T.: “Sano-standart” nashriyoti, 2017-yil, 6- bet.
  • 4.B.S.Abdullayeva, A.Yu.Umarov, B.N.Saidova. Pedagogika nazariyasi va tarixi Darslik. –T. Nodirabegum nashriyoti, 2021 yil
  • Elektron ta`lim resurslari
  • http://www.edunet.uz; http://www.ziyonet.uz; http://www.istedod.uz
  •  
  • Tayanch so‘zlar: Harakatlar strategiyasi, “Ta’lim to’g’risidagi qonun”, ta’lim islohotlari, ta’lim tizimi, ta’lim turlari
  •  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi Farmonda ta’lim va fan sohasini rivojlantirish borasida quyidagilarga e’tibor qaratildi:

  • − uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;
  • − ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli choratadbirlarni ko‘rish;
  • − maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;
  • − umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish;
  • − bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga, ularni musiqa hamda san’at dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti ob’ektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish;
  • − kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;
  • − ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish;
  • − ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish.

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə