belgilanadi. Boshqacha aytganda, qonunga bo`ysunish normasi
yana bir bor oqilona
asoslanadi: shaxs uning talabini mutlaq imperativning ta’siri ostida emas (qonuniy
narsalarning hammasi yaxshi), balki qonunga amal qilishdan kutilayotgan foydalar
tufayli bajaradi. Qonunga ixtiyoriy bo`ysunishga
undovchi omillar shaxsda faqat,
davlat iqtisodiyotining oshkora sektorida transaksiya xarajatlarini pasaytirish yo`li
bilan uning manfaatlarini amalga oshirishga qodir bo`lgan taqdirda, paydo bo`ladi.
Iqtisodiy sohada xufyona bitimlar amalga oshiriladigan o`yin qoidalarida, birinchi
galda bozor konstitutsiyasidan bitimlarning barcha ishtirokchilarini «o`ziniki» va
«begonalarga» ajratish bilan katta farq qiladi. O`zinikilarga nisbatan opportunizmni
oldini olishning ijtimoiy mexanizmlari amal qiladi, ishonch va o`zaro
yordam
me’yorlari hukmronlik qiladi. Aksincha, «begonalarga» nisbatan opportunizm me’yor
bo`lib qoladi. T.Veblen yozganidek, xufyona iqtisodiyot «hasadguylik
raqobatchiligiga» asoslangan «yovvoyi» bozor modeliga juda yaqin.
Va nihoyat,
xufyona iqtisodiyot maksimal darajada fragmentlangan va mozaikli, u to`liq
tizim
shaklini qabul qilmaydi hamda bozorning barcha ishtirokchilari uchun yagona va
majburiy bo`lgan konstitutsiyani qabul qilmaydi. Bundan ko`rinib turibdiki, qonunga
bo`ysunishning yuqori narxiga muqobil variant ham g`oyat qimmat ekan.