10. Mavzu: Jamoa tarbiya ob’ekti va sub’ekti sifatida. Tarbiyaning umumiy metodlari Reja


Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi



Yüklə 41,47 Kb.
səhifə6/15
tarix25.12.2023
ölçüsü41,47 Kb.
#161337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
10-mavzu ma\'ruza

Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi
Umumiy ta’lim maktabi yangi pedagogik tafakkur egasi, munosib shaxs o‘z ishining ustasi bo‘lgan o‘qituvchiga muhtoj.
O‘qituvchining bilim saviyasi, ma’naviyati jamiyatni harakatga keltiruvchi, taraqiyotga eltuvchi etakchi omillardan biridir. O‘qituvchi yurish-turishi, xatti-harakati, kiyinishi, muomalasi bilan o‘quvchi qalbiga kirishi, uni ezgulik sari yo‘naltirishi kerak.
Tarbiyani insonparvarlashtirish-bu maktabning, o‘qituvchi-tarbiyachilarning bola tomon yuz burishlari, uning shaxsini hurmat qilish uchun mumkin qadar etarli sharoitlar yaratib berish, turli yosh bosqichlari ruhiy-fiziologik mustaqillikni hisobga olish demakdir.
Maktabda ruhiy xizmatdan foydalanish bolalar kayfiyatini, qiziqishini, intilishini va qobiliyatlarini aniqlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga ijodiy yondoshishga imkon beradi.
YOshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muqaddas kitob «Qur’oni karim», «Hadis»i sharifdan foydalanish juda muhim. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk», YUsuf Xos Hojibning «Qobusnoma», Ahmad YAssaviyning «Hikmatlar»i, Sa’diy SHeroziyning «Guliston va Bo‘ston», Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», Alisher Navoiyning shoh asarlari, hikmatlari muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
SHunday ekan maktabda o‘quvchilarga gumanitar-ijtimoiy fanlardan ta’lim berishda tarbiyaga ko‘proq e’tibor berish lozim. Ayniqsa, hozirgi sharoitda O‘zbekiston tarixi, adabiyoti, madaniyati va boshqalarni o‘qitish jarayonida bevosita tarbiyaga oid bo‘lgan milliy ma’naviyatga, milliy ruh, urf-odat va shuningdek umumbashariy qadriyatlarga alohida urg‘u berish zarur.
O‘qituvchi o‘quvchi qalbiga yo‘l topish uchun bilimi va ishi bilangina emas, ayni paytda odob-axloq, madaniyati, rostgo‘ylik va shirinsuxanligi bilan namuna bo‘lishi lozim. SHundagina o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida haqiqiy do‘stona munosabat qaror topadi. YAxshi o‘qituvchi o‘quvchilarning so‘zini diqqat bilan tinglaydi, ularga dalda beradi, tinchlantiradi, to‘g‘ri baho qo‘yadi, hammani teng ko‘radi, bolalarni sevadi.
Tarbiyani demokratiyalash - bu ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan shaxsning ehtiyoj va qiziqishlarini yuqori qo‘yish, demakdir. Bu tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasida o‘zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o‘zgartirish demakdir. Bu tarbiya ishiga jamoatchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga jamoat omilini kiritish demakdir.
SHaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasidagi bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e’tibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo‘lish lozim. Maktab osoyishtalik, insonga mehr-muhabbat beshigi bo‘lishi lozim.
O‘qituvchi o‘quvchiga, avvalgidek, tarbiya ob’ekti emas, xuddi o‘zi kabi sub’ekt deb qarashi kerak. YA’ni o‘quvchiga faqat mening buyrug‘imni bajaruvchi emas, balki mening o‘zim bilan teng huquqli, birga ishlovchi, hamkorlik qiluvchi deb qarashi kerak.
Bola butun qalbini darsga bag‘ishlasa, uni og‘ir ahvolga solib qo‘ygan bo‘lamiz, u faqat o‘quvchigina emas, avvalo, rang-barang qiziqishlar, ehtiyojlar, intilishlarga ega bo‘lgan inson.
YAralangan qushcha qancha azob tortsa, g‘ildirakchasi singan o‘yinchok mashina ham xuddi shunday aziyat chekadi deb bilishi, bola ko‘ngli bo‘shligini emas, uning ko‘nglida shafqat, ezgulik, go‘zallik va insonparvarlik borligining nishonasidir.
Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash va insonparvarlashtirish uning mohiyati va mazmunini qayta tafakkur etishni ko‘zda tutadi, shaxsning rivojlanish va o‘zligini anglash huquqini ta’minlaydi.

Yüklə 41,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə