15-mavzu. Yong‘in xavfsizligi choralari. Reja


Xavfliligi bo‘yicha barcha modda va ashyolarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə4/18
tarix22.06.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#89955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
15- маъруза лотинча

Xavfliligi bo‘yicha barcha modda va ashyolarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: yonmaydigan, yonish yoki yonish va portlash xavfi mavjud hamda portlash xavfi mavjud moddalar.
YOnmaydigan modda va ashyolarning yonish yoki yong‘inni uzatish xususiyatlari yo‘q. Masalan, g‘isht, metall, beton va boshqalar. YOnish xavfi mavjud modda va ashyolar havoda yonish va yong‘inni uzata olish xususiyatiga egadir. Masalan, yog‘och, qog‘oz, paxta tolasi, mazut va portlash xossasiga ega bo‘lmagan changlar.
YOnish va portlash xavfi mavjud modda va ashyolar, qattiq va suyuq yonuvchi moddalar bilan birikkanda bir zumda alangalanib ketish xossasiga ega. Bunday moddalarga vodorod angidridi, azot kislotasi va boshqalar hamda yonuvchi moddalar bilan aralashganda o‘zidan kislorod ajratib chiqaruvchi kislota ta’sirida, qizdirilganda yoki mexanik ta’sir ostida portlovchi birikmalar kiradi. Masalan, paxta yoki tamaki changi bilan selitra aralashganda shu hol ro‘y berishi mumkin. SHu bilan birga havoda tarqalgan holda portlovchi aralashmalar hosil qiluvchi changlar ham bunga mansubdir. YOnish va portlash xavfi mavjud moddalarga o‘zi yonmaydigan, lekin suv bilan aralashganda parchalanib, gaz ajratib chiqaruvchi va bu gaz havo bilan birikkanda portlovchi birikma hosil qiluvchi moddalar ham kiradi (kalsiy karbid).
Portlovchi narsa va moddalar havo bilan aralashib, portlovchi birikmalar (yonuvchi gaz, vodorod, atsetilen) hosil qiladi. Portlash xavfi mavjud moddalarga yonuvchi gazlar bilan aralashganda portlash xavfini vujudga keltiradigan yonmaydigan gazlar ham kiradi (kislorod yonuvchi gaz bilan aralashganda portlashga olib keladi). Ayrim holda yonmaydigan va yonishni ta’minlay olmaydigan portlovchi gazlar ham bo‘lishi mumkin. Masalan, ballonlarda siqilgan holda saqlanuvchi karbonat angidrid gazi. Portlovchi moddalarga, shuningdek, havo bilan aralashgan holdagi noorganik moddalar ham (alyuminiy, magniy va boshqa moddalar kukunlari) kiradi.
Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inni oldini olish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

  • tashkiliy (ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchi drujinalari yoki yong‘indan muhofazalash drujinalari)ni tuzish, omma orasida tushuntirish ishlari olib borish;

  • texnikaviy tadbirlar ishlab chiqish (yong‘in yoki portlash jihatidan xavfli xonalarga alohida konstruksiyali elektr jixozlar o‘rnatish, nosoz pechlar, mashinalar, elsktr jixozlardan, shuningdek, oson alangalanadigan suyuqliklar saqlanadigan yoki ishlatiladigan joylarda olovdan foydalanishni taqiqpab qo‘yish, yashin kaytargichlar o‘rnatish);

  • chiqqan yong‘inning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ob’ektlarni o‘tga chidamli materiallardan qurish;

  • binolar orasidagi yong‘inga qarshi oraliqlarga rioya qilish;

  • yonayotgan binolardan odamlar, hayvonlar va qimmatbaho xo‘jalik buyumlarini muvaffaqiyatli ravishda ko‘chirishga imkon beradigan choralarni ko‘rish (kerakli miqdorda eshiklar, zarur kengliqda yo‘laklar qurish va ularni to‘sib qo‘yishni man etish;

  • yong‘inni o‘chirishni osonlashtiradigan tadbirlarni joriy qilish (yong‘inni o‘chirish, narvonlar, yong‘in kuzatish minoralari, suv havzalari va binolarga kelish yo‘llari qurish, yong‘inga qarshi avtomatlashtirilgan o‘chirish vositalarini hamda signalizatsiyasini o‘rnatish).


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə