17-Ma’ruza. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari Reja


Korxonalarning yong’in va portlash xavfi bo`yicha darajalari



Yüklə 118,16 Kb.
səhifə3/8
tarix10.04.2023
ölçüsü118,16 Kb.
#104845
1   2   3   4   5   6   7   8
17 ma\'ruza Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari

3. Korxonalarning yong’in va portlash xavfi bo`yicha darajalari.
Hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan uskuna va jihozlar, yong’in va portlab ketish jihatidan xavfsizdir. Ammo bu uskuna va jihozlar ishlab chiqarishning yong’in va portlash xavfi bo`yicha turiga mos ravishda to`g’ri tanlangandagina xavfsizlikni ta`minlay oladi.
Korxonalarning ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlatiladigan xom ashyosi, tayyorlaydigan mahsuloti va joylashgan binosining loyihasini hisobga olib yong’in chiqishga, potrlashga, yong’in chiqqan taqdirda uning tarqalishiga, shuningdek, yong’in va portlashning etkazgan asorati va qurilish me`yoriy qoidalari (SNiP 2-90-81) asoslanib, xavflilik darajasi belgilanadi.
- A darajali yong’in va portlashga xavfli korxonalar. Bular suyuqlik ta`sirida havodagi kislorod bilan birikish natijasida yonishi va potrlashi mumkin bo`lgan moddalar, chaqnash harorati 280 S gacha bo`lgan suyuqlik va gazlarni portlash imkoniyatini tug’dirishi mumkin bo`lgan korxonalari bo`lib, bosim 5 KP. gacha bo`lishi kerak.
Bu darajaga oltingugurt, uglerod, efir, atseton ishlab chiqaradigan korxonalar kiradi.
- B darajali portlash va yong’inga xavfli korxonalar. Ularga chaqnash harorati 280S dan yuqori bo`lgan hamda ishlab chiqarish jarayonida chaqnash haroratigacha qizdirilgan suyuqliklar va changlar binoda bosim 5 KP. dan ko`proq miqdorda to`planib, portlovchi aralashma hosil qilishi mum-kin bo`lgan korxonalar kiradi.
- V darajali korxonalarga yong’inga xavfli bo`lgan, bug’, harorati bo`lgan suyuqliklar, shuningdek, bir-biri bilan, havodagi kislorod suv bilan birikkan holda yonuvchi moddalar va qattiq yonuvchi jismlar bilan ish olib boradigan korxonalar kiradi.
- G darajali korxonalar, yonmaydigan jism va materiallarga, qizdirib, cho`g’lantirib va eritib ishlov berish jarayonida issiqlik, uchqun va alangalar chiqishi mumkin bo`lgan, qattiq, suyuq, va gazsimon moddalar yoqilg’i sifatida ishlatiladigan korxonalar kiradi.
- D darajali korxonalarga, yonmaydigan jismlar va materiallarga sovuq ishlov beradigan korxonalar kiradi. Mashinasozlik sanoat korxonalari, qurilish sanoat korxonalari kiradi. Yong’in va portlash darajasi korxonani loyihalash va ishga tushirish vaqtida har bir vazirlik tasdiqlagan ro`yxat bo`yicha aniqlanadi.
Korxonalarni loyihalash va qurish jarayonida yong’inga qarshi chora – tadbirlar belgilanadi.
Bu chora-tadbirlar korxona bosh rejasiga kiritiladi.
Ularning eng muhimlaridan biri – korxona majmualarini va binolarini bajariladigan ishi va yong’inga xavfliligini hisobga olgan holda joylashtirishdir.
Bunga o`ta yong’inga xavfli majmualarni, albatta hududning shamol yo`nalishiga qarama – qarshi tomonida joylashtirish tavsiya etiladi.
Aks holda yong’in sodir bo`lganda engil alangalanuvchi suyuqlik past tomonga oqib, alanganing umuman hamma maydonlarga tarqalib ketishi xavfi tug’iladi.
Sanoat korxonalarini isitish vositalari, qozon qurilmalari, odatda, ochiq alanga bilan ishlatiladi va ulardan chiqishi mumkin bo`lgan uchqunlar yong’in xavfini tug’diruvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi.
Shuning uchun ham bunday vositalar shamol yo`nalishiga qarama – qarshi tomonda engil alangalanuvchi suyuqliklar, suyultirilgan va siqilgan gazlarning o`rnini hisobga olgan holda joylashtiriladi.
Yong’in xavfsizligini ta`minlashda zavod hududidagi avtomobil yo`llarini yaxshilash katta ahamiyatga ega.
Chunki yong’in vaqtida o`t o`chirish mashinasi hech qanday to`siqsiz istalgan joygacha bora olishi o`ta muhim hisoblanadi.
Shuningdek korxona hududidagi yong’inga qarshi o`t o`chiruvchilar deposini joylashtirish ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Yong’in xavfsizligini ta`minlashda korxona hududidagi avtomobil yo`llarini to`g’ri tanlash katta ahamiyatga ega. Chunki yong’in vaqtida o`t o`chirish mashinasi hech qanday to`siqsiz istalgan joyga bora olishi lozim.

Yüklə 118,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə