2 Dastur 5A120304 Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (mamlakatlar bo’yicha) magistratura mutaxasisliklariga kiruvchilar uchun 5120300 – Tarix


O’rta Osiyo haqidagi antik davrda yaratilgan asarlarining tadqiq etilishi.  O’zbekistonda O’rta asrlar tarixining o’rganilishi



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix24.03.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#103078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
13 5A120304 Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari

 
O’rta Osiyo haqidagi antik davrda yaratilgan asarlarining tadqiq etilishi. 
O’zbekistonda O’rta asrlar tarixining o’rganilishi 
O’rta asrlar tarixnavisligining xalq ijodiyoti, an’analari bilan uzviy bog’liqligi. Arab, fors, 
yunon va turk tilidagi qo’lyozmalar va ularning tarix fanining rivojlanishidagi o’rni. 
O’rta asrlarda yaratilgan asarlarning tarixshunoslik jihatidan tahlili. O’rta asrlarda 
tarixnavislik maktablari. O’rta asrlarda yaratilgan tarixiy asarlarning o’rganilishi. 
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida sharqshunoslar tomonidan O’rta asrlar tarixining 
o’rganilishi.
Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi 
Tadqiqotlarda Amir Temur shaxsi va uning siyosiy faoliyati masalalarining yoritilishi. XIX 
asr oxiri - XX asr boshlari, Mustaqillik yillarida Amir Temur va temuriylar, temuriylar davri 
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti masalalarining yoritilishi. Temuriylar davrida 
yaratilgan tarixiy asarlarning o’rganilishi. Temurshunos olimlarning ilmiy faoliyati. Xorijiy 
davlatlarda temuriylar davriga oid tadqiqotlar.
XVI-XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo xonliklari tarixshunosligi 
O’rta Osiyoda mahalliy tarixnavislikning shakllanishi va asosiy yo’nalishlari. XVI-XIX 
asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo
 
tarixshunosligining o’ziga xos xususiyatlari. Tarixiy 
tadqiqotlardagi yondashuvlar. 
XVI-XIX asrning birinchi yarmida Yevropada O’rta Osiyo haqidagi tarixiy geografik 
tadqiqotlar. 
O’rta Osiyo xonliklarining tashkil topishi, ma’muriy hududiy tuzilishi, boshqaruv tizimi, 
hukmron sulolalar. Xonliklar tarixining asosiy bosqichlari.
Rossiya imperiyasining Qo’qon, Buxoro va Xiva xonliklariga harbiy tajovuzi. Qo’qon 
xonligining tugatilishi. Buxoro va Xiva xonliklari siyosiy qaramlik davri tarixshunosligi.
Vatan tarixshunosligida O’rta Osiyo xonliklarini o’rganishning asosiy bosqichlari. Tarixiy 
tadqiqotlarda xonliklar haqidagi bilimlarning aks etishi va ularga sovet mafkurasining ta’siri.
Mustaqillik davri tarixshunosligida xonliklar tarixiga yangicha yondashuvlar va ularning 
nazariy-konseptual, metodologik asoslari. Xorijiy tadqiqotchilar tomonidan O’rta Osiyo 
xonliklaridagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot masalalarining o’rganilishi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə