Amir temur va temuriylar davri tarixshunosligi. Reja: Tarixshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Tarixshunoslik tadqiqotlarining tahlil usullari



Yüklə 255,5 Kb.
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü255,5 Kb.
#134757
  1   2   3   4   5   6
ma\'ruza matni №1.


1-MAVZU: KIRISH. TARIXSHUNOSLIK FANI VA UNING VAZIFASI. O’ZBEKISTONDA QADIMGI DAVR TARIXINING O’RGANILISHI. O’ZBEKISTONDA O’RTA ASRLAR TARIXINING O’RGANILISHI. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI TARIXSHUNOSLIGI.
Reja:
1. Tarixshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Tarixshunoslik tadqiqotlarining tahlil usullari
2. O’zbekistonda tarixshunoslik fanining taraqqiyoti
3. “Avesto” va zardushtiylik dini tarixining tarixshunosligi. Eron Ahamoniylari, yunon-makedon bosqini va ularga qarshi kurashning tarixiy adabiyotlarda yoritilishi.
4. Tarixiy adabiyotlarda Eftalitlar davri va Turk xoqonligi tarixining yoritilishi. Arablar bosqini va Markaziy Osiyo xalqlarining istilochilarga qarshi kurashi tarixshunosligi.
5. Musulmon uyg’onish davrida O’rta Osiyo xalqlari tarixi tarixshunosligi. Mo’g’ullar hukmronligi davrida Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi.
6. Amir Temur davlati tarixining tarixiy adabiyotlarda yoritilishi.
7. Temuriylar davri tarixshunosligi.
1. Tarixshunoslik tarix fanlari tizimida o’ziga xos mustaqil o’ringa ega bo’lib, uning o’zining manbalari va tadqiqot usullari mavjud. Tarixshunoslikning ob’ekti tarixiy jarayonning o’zigina bo’lib qolmay, balki tarixiy tafakkur, uni o’rganish va tarix haqidagi fan hisoblanadi. Masalan, Markaziy Osiyo hududidagi ilk o’rta asrlar davri tarixi mintaqada mavjud davlatlar, arablar istilosi, islom dinining yoyilishi, markazlashgan davlatlarning paydo bo’lishi va hokazolarni o’rganadi. Ilk o’rta asrlar Markaziy Osiyo tarixshunosligi esa bu davr tarixi o’rta asrlarda, yangi davrda va bizning kunlarda qanday tadqiq etilganligini o’rganadi.
Tarixshunoslik ijtimoiy-tarixiy tafakkur haqidagi fan bo’lib, u yoki bu davrning g’oyalarini o’zida aks ettiradi. Ushbu fan manbashunoslik bilan juda yaqin aloqada bo’lib, har bir davr manbalarining tuzilishi, ularga tanqidiy yondashuv va foydalanish usullari, tarixiy tafakkur va bilimlarning darajasi hamda saviyasini belgilaydi.
Tarixshunoslikning rivojlanishida manbalar doirasining kengligi va o’sha davrdagi tarixiy tadqiqot usuli asosiy omil hisoblanadi. Tarixiy tadqiqot usullarining takomillashuvi (masalan, tanqidiy yondashuv, tarixiy taqqoslash va boshqalar), yangi (epigrafik, arxeologik, numizmatik) manbalarning paydo bo’lishi tarix fanining saviyasiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Mazkur fan tarmog’i manbashunoslik, arxeologiya, etnografiya, numizmatika va lingvistika bilan chambarchas bog’liq.
Jahon tarixi tarixshunosligi insoniyat sivilizatsiyasi va tarixiy tafakkur darajasi xarakteriga qarab bir necha bo’limlarga bo’linadi. Bular: qadimgi, o’rta asrlar (medievistika), yangi va eng yangi davr tarixi tarixshunosligidir.
Xususan, O’zbekiston tarixi tarixshunosligini ham shartli ravishda davrlar, tarixiy tafakkur hamda tadqiqot usullaridan kelib chiqib davrlarga bo’lish mumkin. Bular: O’zbekistonning qadimgi, o’rta asrlar, Rossiya mustamlakachiligi, sovet davri va mustaqillik davri tarixshunosligidir.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligi deganda, ushbu mintaqada yashagan qadimgi xalqlarining eng qadimgi zamonlardan hozirgacha bo’lgan tarixiga asosiy manba bo’lib xizmat qiluvchi tarixshunoslikka oid asarlar tushuniladi.
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutining yarim asrlik faoliyati davomida tarixshunoslik sohasi muhim rivojlanish bosqichiga ko’tarildi. Bu esa O’zbekistonda tarix fani rivojida tarixshunoslikning muhim o’ringa ekanligining yaqqol tasdig’idir. Aynan tarixshunoslik tarixni (tor ma’noda emas, balki tarix fanining tarixini yoritish sifatida) chuqur va har tomonlama o’rganish, ob’ektiv, tarixiy fikrning rivojlanish bosqichini uning muayyan bosqichlarida bilish, turli oqimlarda tahliliy ravishda ko’rib chiqish, amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, vazifalarni belgilash va keyingi tadqiqot yo’nalishlarini asosli shaklda tarixchilarga tavsiya qilishga xizmat qiladi.
Shuningdek, tarixchilar tomonidan eng diqqatga sazovor tarixiy asarlar mualliflarining hayoti, faoliyati va erishgan yutuqlarini aks ettiruvchi, jamoat muhitini turli bosqichlarda qayta tiklash bo’yicha keyingi tadqiqotlar yo’nalishlarini aniqlash, yosh olimlar ishini yengilashtirishda, ya’ni muayyan ilmiy muammo ustida adabiyotlar bilan tanishishga imkon beradi.
Ma’lumki, tarixshunoslik tadqiqotlari tahliliy fikr erkinligi, taqiqlangan mavzular va nomlarning yo’qligi, chuqur bilimlar hamda adabiyot masalalarini tanqidiy idrok etishda o’zining afzalliklari va kamchiliklari bilan tarixiy olimlarning turli qarashlari, tushunchalarini hisobga olish, taqqoslash hamda aniqlab olish qobiliyatlarini talab qiladi. Ular eng muhim va haqqoniy, asosga ega bo’lib, o’rganilayotgan muammoning to’g’ri yoritilishiga xizmat qiladi.
2. Oliy o’quv yurtlarida o’qitilayotgan “Tarixshunoslik” fani O’zbekiston tarixiga doir hozirgi davr tarixshunosligi yutuqlarini ko’zda tutib, uning vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy vositalari, davrlarni aniqlash hamda ushbu fan taraqqiyotining kelajagi haqida bahs yuritadi.
Tarixiy asarlar mafkuradan xoli, ob’ektiv va haqqoniy yozilishi kerak. Ammo, har doim ham bunday bo’lmagan. Ushbu turdagi asarlarni tarixshunoslik nuqtai nazardan tadqiq etish tarixni o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yurtimiz tarixiga oid juda ko’p tadqiqot va asarlar mavjud bo’lib, ularni o’rganish, yozilish uslubi, ilgari surilgan muammolari va xarakterli xususiyatlaridan xabardor bo’lish foydadan holi emas. Tarixshunoslikni o’rganish orqali yoshlarda Vatanga muhabbat, o’zlikni anglash, moddiy va ma’naviy madaniyatni ko’z qorachig’iday asrash hissi uyg’onadi. Tarixshunoslik Vatan tarixini o’rganishda tarixiy muammolar ustida bahs yuritish va ijodkorlikka ilhomlantiradi. Tarix – ajdodlar o’giti, tajribasi, bir bor qilingan xatoni takrorlamaslik haqidagi saboq va kelajak so’qmoqlarini yorituvchi chiroq vazifasini o’taydi.
Tarixshunoslik o’tmishda kechgan va bugungi kunda sodir bo’layotgan voqea-hodisalarning odamlar ongida qanday aks etishi, tarixiy adabiyotlar orqali ijtimoiy-tarixiy rivojlanish jarayoni, shuningdek, jamiyat tarixiy rivojining turli bosqichlarida tarixiy bilimlarning o’sib borish jarayonini kuzatish imkonini beradi. Boshqacha aytganda, ma’lum bosqich yoki davrda tarix fanining rivojini jamiyat taraqqiyotining asosiy yo’nalishi bilan bog’liqlikda ifodalaydi, ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy muhitning tarix faniga ta’siri, u yoki bu yo’nalishdagi rivojlanish va tanazzulga yuz tutish sabablarini aniqlaydi. Tarixshunoslik shuningdek, fan taraqqiyotida o’z o’rniga ega bo’lgan ilmiy tadqiqot markazlari tarixi, unda faoliyat ko’rsatgan ilmiy kadrlarning salohiyati, ularning fan rivojiga qo’shgan hissalarini o’rganish kabi vazifalarni ham bajaradi.
Tarixshunoslik tadqiqotlarining bir qancha tahlil usullari mavjud:
1. Qiyosiy tarixiy usul – turli tarixiy davrlarda tarixiy ma’lumotlar qanday paydo bo’lganligi, harakatlanish darajasi, o’zgarish va rivojlanish sabablari, jamiyat taraqqiyotida tarixiy fikrlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi jarayonlarini aniqlashda qo’llaniladi.
2. Aniq tahliliy usul – olib borilgan tarixshunoslik tadqiqoti voqea-hodisalar tafsilotining kelib chiqish sabablari, rivojlanish jarayonini nazariy va faktik materiallarning o’zaro aloqadorligini tahlil qilish va ularning fanda qanday yoritilganligini o’rganadi.
3. Mantiqiy tahliliy usul tarixshunoslikda katta imkoniyatlarga ega bo’lib, tarixiy muammoning o’ziga xos xususiyatlari, tuzilishi, boshqa tarixiy hodisalar bilan bog’liqligini o’rganishda qo’llaniladi. Boshqacha aytganda, ma’lum bosqich yoki davrda tarix fanining rivojini jamiyat taraqqiyotining asosiy yo’nalishi bilan bog’liqlikda ifodalaydi.
4. Xronologik usul voqea-hodisalar haqida turli bosqich yoki davrda to’plangan tarixiy faktlarni o’zaro bog’liklikda o’rganishda qo’llaniladi. Bu esa turli zamonda ilmiy fikrlarning harakati, muammoga yondashuvda konsepsiyalar, qarashlar va g’oyalarning o’zgarib borishining takroriy yoki xilma-xil jihatlarini xronologik tartibda ochib beradi.
Tarixshunoslik tadqiqotlarida tadqiqotchining vazifasi o’zidan avvalgi bosqichlarda yaratilgan ilmiy asarlarni zamonaviy bilimlar nuqtai nazaridan o’rganish, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini tahlil qilishdan iborat.
3. Ma’lumki, tarixshunoslik tarix faniga nisbatan yangi fan hisoblanadi. O’rta asrlarda yaratilgan ba’zi tarixiy asarlar, jumladan, Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” va “Hindiston”, Abu Bakr Narshaxiyning “Buxoro tarixi”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Muhammad Yusufbek Bayoniyning “Xorazm tarixi”, “Shajarayi Xorazmshohiy”, Ahmad Donishning “Buxoro amirlarining tarjimai hollari” va boshqalarda muayyan ma’lumotlarni umumlashtirish, fakt va tarixiy jarayonlar bayonida tahliliy yondashuvga bo’lgan harakatlar kuzatiladi.
Aynan ushbu atmosferada, o’tgan asrning 40-yillari gumanitar fanlar uchun noqulay bo’lgan (O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti tashkil etilgan vaqt), olimlar tarixshunoslikning tarix fanini rivojlantirish va takomillashtirishdagi tutgan o’rni hamda ahamiyatini anglagan holda harakat qilishlari kerak edi. Shuni hisobga olgan holda mamlakatda tarixshunoslikni barcha ilmiy-tadqiqot ishlarning organik tarkibiy qismga aylanishi uchun barcha ishlar qilindi.
Institut o’z faoliyatini boshlaganidan ko’p o’tmay, unda tarixshunoslik sohasiga qiziqishlari bor bir guruh tarixchilar aniqlandi. Jumladan, ushbu davrda V. Ya. Nepomninning “Основные проблемы исторической науки в Узбекистане” (1947), “О некоторых вопросах истории Узбекистана в дореволюционный период” (1953) kabi asarlari, R. N. Nabiyevning “О некоторых итогах развития исторической науки в Узбекистане ” (1949), I. K. Dodonovning “Об изучении истории народов Средней Азии и Казахстана в советский период. Заметки историка” (1951) maqolalari nashr etildi.
L. M. Landa ham tarixshunoslik sohasida samarali ishlarni amalga oshirgan. Uning ilmiy qiziqishlari doirasi umumiy mavzular (Oktyabr inqilobi tarixshunosligi, fuqarolar urushi, bosmachilar harakati va boshqalar) bilan bir qatorda, O’zbekistonda tarixiy institutlarning shakllanishi va rivojlanishini o’z ichiga olgan. Ushbu muallifning qalamiga mansub bir qator asarlar, jumladan, “Некоторые вопросы историографической работы в Узбекистане” (1964), “Некоторые вопросы историографии профсоюзного движения в Узбекистане. Начало 1920 – середина 1940 гг.” (1964), “Советская историография национально-государственного размежевания Средней Азии” (1964), “Советская историография Хорезмской революции 1920 года” (1972) va boshqalar chop etildi.
Ayni paytda institut xodimi B. V. Luninning tarixshunoslikka bag’ishlagan kitoblari: “ Из истории русского востоковедения и археологии (Туркестанский кружок любителей археологии). 1895 – 1917 гг.” (1958), “Научные общества Туркестана и их прогрессивная деятельность. Конец ХIХ – начало ХХ вв.” (1962), “Средняя Азия в дореволюционном и советском востоковедении” (1965) va boshqa asarlari nashrdan chiqdi. Shuningdek, Ya. G’. G’ulomov, R. N. Nabiyev va V. Ya. Nepomninlarning “Очерки истории исторической науки в СССР” (M., 1955, 1958) asarining I va II jildlaridagi O’zbekiston tarixiga bag’ishlangan qismlari mualliflari edi.
X. Sh. Inoyatov ham ushbu davrda bir qator tarixiy asarlarni nashr etdi. Jumladan, “Изучение истории Октябрьской революции в Республиках Средней Азии” (1962), “Советская историография Октябрьской революции в Средней Азии” (1966), “Изучение истории гражданской войны в Средней Азии” (1972), “Историография в Узбекистане” (1973), “Краткая историография гражданской войны в Средней Азии” (1974) va boshqa asarlar mazkur olimning qalamiga mansubdir.
O’z davrida ilmiy va keng jamoatchilik tomonidan institut xodimlari yaratgan tarixshunoslik yo’nalishidagi asarlar ma’qullandi va ularga keng e’tibor qaratildi. 1968- yilda Respublika Fanlar Akademiyasi Prezidiumining Qarori va akademik I. M. Mo’minovning tavsiyasi bilan Tarix institutining tarixshunoslik sektori (keyinchalik bo’limi)ga asos solindi. Mazkur bo’limni tashkil etilgan paytidan 1988- yilgacha tarix fanlari doktori B. V. Lunin, 1988–1992 yillarda tarix fanlari nomzodi V. A. Germanov boshqardi. 1992- yildan hozirgi paytgacha ushbu bo’limga tarix fanlari doktori, professor D. A. Alimova rahbarlik qilib kelmoqda.
Tarixshunoslik bo’limining doimiy xodimlar bilan tashkil etilishi tarixshunoslikning institutning asosiy ilmiy yo’nalishlaridan biri sifatida doimiy ravishda rivojlanishiga turtki bo’ldi. Bo’lim xodimlari tomonidan tarixshunoslik ishlari orasida umumiy xarakterga ega bo’lgan qator muhim asarlar yaratildi. Jumladan, M. A. Oxunova va B. V. Lunin hammuallifligidagi “История исторической науки в Узбекистане. Краткий очерк” (1970), P. X. Aminova, M. A. Oxunova va B. V. Luninning birgalikdagi “Историческая наука в Узбекистане от XXIV к XXVII съезду КПСС. Историографический очерк” (1987) monografiyalari nashr etildi.
Shuningdek, 1974- yilda nashr etilgan “Наука в Узбекистане” asarining ikkinchi jildidan R. H. Aminova, M. A. Oxunova va B. V. Lunin, A. A. Asqarov hamda S. Mirhosilovlarning tarix, arxeologiya, etnografiya fanlariga bag’ishlangan qismlari o’rin olgan. Mazkur davrda B. V. Lunin taniqli sharqshunoslar – N. I. Veselovskiy (1979) va V. V. Bartold (1981)larning hayoti hamda ijodiga bag’ishlangan monografiyalar, shuningdek, “Историография общественных наук в Узбекистане” (1974), ikki jildli “Биобиблиографические очерки о деятелях общественных наук в Узбекистане” (1976–1977) va “История Узбекистана в источниках” (1984, 1988, 1990 y.) asarlarini e’lon qildi.
D. A. Alimova 1917- yildan to hozirgi kungacha O’zbekistonda ayollar muammosi va gender masalasi tarixshunosligini o’rganish hamda rivojlantirishga katta hissa qo’shdi. Olimaning ushbu mavzudagi bir qator maqola va ocherklari qatoriga “К историографии решения женского вопроса в Узбекистане” (1977), “Литература об участии женщин Узбекистана в общественном производстве” (1984), “Ўзбекистон хотин-қизлар ҳаёти адабиётларда” (1984), “Литература и печать в решении женского вопроса в Узбекистане” (1987), “Худжум в литературе 20–30-х годов и задачи обществоведов в освещении женского вопроса в Узбекистане” (1988), “Коллективизация и женский вопрос в Республиках Средней Азии (по материалам публикаций 30-х годов)” (1989), “Женский вопрос в советской историографии Средней Азии 20-х годов” (1989), “Изучение женского вопроса в Узбекистане: итоги и дальнейшие задачи” (1989), “Современное состояние женского вопроса в Узбекистане и задачи обществоведов” (1990) singari ko’plab ilmiy ishlari kiradi. Uning uzoq muddatli ilmiy izlanishlari natijasida “Решение женского вопроса в Узбекистане (1917–1941 гг.): краткий историографический очерк” (1987) va “Женский вопрос в Средней Азии: история изучения и современные проблемы” (1991) kabi tadqiqotlari yaratildi.
Bo’limda faoliyat olib borgan yana bir olim – V. A. Germanov esa O’zbekistondagi yoshlar harakati tarixshunosligi, tarix fanining ilmiy va tashkiliy jihatdan shakllanish hamda rivojlanish jarayonlarini o’rganish bilan shug’ullandi. Uning “Значение исторического опыта работы комиссии Истмола на современном этапе” (1987), “О некоторых спорных моментах в историографии комсомола Узбекистана” (1989), “Послание Горького молодежи Средней Азии и изучение истории комсомола” (1986), “Забыт ли профессор Галузо?” (1990), “Дело профессора Яроцкого” (1991), “К вопросу о постановке военно-исторической работы в Туркестанской АССР” (1991), “Трагедия узбекского историка Пулата Салиева” (1993) kabi asarlari shular jumlasidandir.
XX asrning 20–30- yillarida O’zbekistondagi agrar o’zgarishlar tarixshunosligi institut ilmiy xodimi L. S. Ivanovaning “К вопросу об историографии аграрной политики Советской власти в Туркестане. 1917– 1920 гг.” (1965), “Из ранней историографии земельно-водной реформы 1925 – 1927 годов в Узбекистане” (1970), “Историко-аграрная литература Средней Азии 20-х годов в оценке современной историографии” (1984), “Начальный этап решения аграрного вопроса в Туркестанской АССР и его оценка в периодике 1918–1920 годов” (1985) kabi asarlarida aks etgan.
1989- yilda Tarix institutining “Tarixshunoslik” bo’limida O’rta Osiyo va Qozog’iston Respublikalari tarixshunoslari ishtirokida birinchi mintaqalararo “Tarixshunoslik o’qishlari” (“Историографические чтения”) bo’lib o’tdi va unda tarixshunoslikning holati va vazifalari to’g’risida ma’ruzalar tinglandi. Anjuman ishtirokchilarining bir qator chiqishlari tarixshunoslik tadqiqotlarning individual muammolari va savollariga bag’ishlandi. Forum ishtirokchilari orasida ilmiy muassasalar xodimlaridan tashqari oliy o’quv yurtlari, arxiv va muzeylar vakillari ham bor edi.
Anjuman ishtirokchilari Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o’rganishda ijobiy tendensiyalar bilan bir qatorda, tarixiy tadqiqot mavzusida ko’plab bo’shliqlarning mavjudligi, shuningdek, ularning ba’zilari yuzaki ko’rib chiqilganligi va muvofiqlashtirilmaganligini ochiq-oydin qayd etdilar. Ushbu anjumanda ilk bor olib borilayotgan ilmiy izlanishlarga dadil tanqidiy baho berildi, shuningdek, tarix fani muammolarini yoritishda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish va amalga oshirish zarurati paydo bo’lganligi ta’kidlandi.
Shundan so’ng institutda tarixshunoslik, manbashunoslik va arxeografiya bo’limi, tarixiy bibliografiya sohasida salmoqli ishlar qilindi. B. V. Lunin muharrirligida Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi va O’zRFA Asosiy kutubxonasi tomonidan “История Узбекистана: указатели советской литературы. 1917–1984 гг.” hamda Toshkent tarixiga oid adabiyotlar ko’rgazmasi ro’yxati tuzildi. Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi, Samarqand davlat universiteti tarixiga oid va boshqa mavzulardagi asarlar ham nashr etildi. O’rta Osiyo va Qozog’iston xalqlarining etnogenezi hamda etnik tarixi bo’yicha Rossiya imperiyasi va sovet davri adabiyotlari asosiy ko’rsatkichi tayyorlandi.
1993- yilda bo’lim xodimlari “Очерки истории исторической науки в Узбекистане. Первая треть ХХ века” asari bo’yicha ishlarni yakunladilar. “Ocherklar” keng qamrovli muammolar va masalalarni qamrab oladi. Xususan, “XX asrning uchdan birinchi qismida O’zbekistondagi tarixshunoslik jarayonlari”, “O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy tarixi bo’yicha tadqiqotlarning asosiy yo’nalishlari”, “O’zbekiston ijtimoiy-siyosiy tarixi muammolarining rivojlanishi”, “O’zbekiston madaniyati muammolarini o’rganish tarixi”, “O’zbekistonda tarixiy sharqshunoslik tadqiqotlarning holati va rivojlanishi”, “O’zbekiston olimlari asarlarida etnografiya”, “XX asrning uchdan birinchi qismida O’zbekistonning arxeologik aloqalarini o’rganish” va boshqa qimslarda muhim jarayonlar o’z aksini topdi. Mazkur monografiya 1994 yilda ikki jildda nashr etilgan. Ushbu davrda shunigdek, B. V. Lunin “Тимур и Улугбек: личность, история, эпоха” kitobi uchun muammoning tarixshunoslik qismini nashrga tayyorladi.
Ta’kidlash joizki, Respublikada tarixiy mavzularda himoya qilingan dissertatsiyalar sonining ko’payishi tarixshunoslik ishini jonlantirish hamda rivojlantirishning yorqin va ishonchli namunalaridan biridir (1993- yilga oid ma’lumotlariga ko’ra, bu borada oltita doktorlik va 20 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan).
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 50 yilligi (1993- yil) munosabati bilan “O’zbekiston mustaqillikka erishgan davr tarixshunosligi” mavzusida ikkinchi mintaqaviy “Tarixshunoslik o’qishlari” («Историографические чтения») bo’lib o’tdi. Anjumanning asosiy maqsadi, tarixshunoslik sohasini tadqiq qilishning eng muhim muammolari va vazifalarini jamoa bo’lib muhokama qilishdan iborat edi. Ushbu tadbirning yana bir dolzarbligi shunda ediki, O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilinganligi nafaqat O’zbekiston xalqlari, balki O’rta Osiyoning boshqa Respublikalari, shuningdek, yaqin va uzoq davlatlar keng jamoatchiligi orasida uning tarixiy o’tmishiga bo’lgan qiziqishini kuchaytirgan edi.
XX asrning so’nggi o’n yilligida O’zbekistonda tarix fani va uning ba’zi sohalari rivoji dinamikasini yorituvchi asarlar M. A. Oxunova va B. V. Lunin, D. A. Alimova va L. S. Ivanova, T. S. Saidqulov, A. X. Doniyorovlar tomonidan yaratildi.
Respublika fan arboblarining faoliyati B. V. Luninning “Биобиблиографические очерки о деятелях общественных наук Узбекистана” asarida, mustamlaka totalitar tuzum sharoitida O’zbekiston tarix fani sohasida xizmat qilgan tarixchilarning hayoti va faoliyati D. A. Alimova va D. Rashidovalarning “Mahmudxo’ja Behbudiy va uning tarixiy tafakkuri”, siyosiy qatag’on qurbonlari bo’lgan olimlar taqdiri V. A. Germanovning “Историки Туркестана в условиях политического террора 20–30-х годов”, “Профессор Пулат Салиев и его время” asarlarida aks etgan.
Shuningdek, xotin-qizlar muammosi tarixshunosligi D. A. Alimovaning “Женский вопрос в Средней Азии: история изучения и современние проблемы (20–80 гг)” nomli asarida aks etgan bo’lsa, milliy ozodlik harakatlari, ularning xorijda o’rganilishi D. H. Ziyoyevaning “Turkistonda milliy ozodlik harakati” nomli izlanishlarida o’z ifodasini topdi.
Ko’rib o’tilayotgan yillarda tarix fanining ko’plab muammolari nashr etilgan ilmiy maqolalarda o’zining tarixshunoslik tahlilini topdi. Tarixshunoslik bo’limi xodimlari tomonidan o’tkazish an’anaga aylangan “Tarixshunoslik o’qishlari” anjumani O’zbekistonda tarix fani sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni sarhisob qilib boradi. Shuni alohida qayd etish kerakki, ushbu davrda O’zbekistonda tarixshunoslik fani ilmiy maktablariga B. V. Lunin, G. I. Jeltova, F. H. Qosimov, R. Rajapova va D. A. Alimova kabi olimlar tomonidan asos solindi.
Tarixshunoslik tadqiqotlari mustaqillik yillarida ancha kengayib, dastlabki davrlarda 5 ta darslik yaratildi, 20 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari, dunyoning turli mamlakatlari (AQSh, Koreya, Turkiya, Rossiya, Buyuk Britaniya va Germaniya)dagi xorijiy tadqiqotchilar O’zbekiston tarixshunoslari bilan yaqin ilmiy-amaliy aloqalar o’rnatib, O’zbekiston tarixshunosligining muhim muammolarini o’rganishda davom etmoqda.
Shunday qilib, tarixshunoslik va manbashunoslik tarix fanining muhim yo’nalishlaridan biri, uning nazariy asosi hisoblanadi. Biz VIII asrdan XX asr boshlarigacha bo’lgan Markaziy Osiyo tarixshunosligiga doir nodir qo’lyozma asarlarga egamiz.
Bugungi kunda o’tmishni o’rganishda tarixshunoslik fani o’zining uslubiy va texnik doirasidan chiqqan. Muammo tarixshunosligini bilish tarixchi-tadqiqotchining metodologiyasini aniqlab bersa, muammoga oid manbalardan xabardorlik uning adabiyotlarni qiyosiy solishtirgan holda xolis (ob’ektiv) xulosalar chiqarishiga imkon beradi.
O’tgan yillar mobaynida tadqiqotlarning metodologik bazasi ham yangilandi, tarix fani bilan arxeologiya, etnologiya, san’atshunoslik, sotsiologiya kabi yondash fanlar o’rtasida o’zaro metodologik tajriba almashinuvi yuz berdi.
Tarix fan sifatida qachon va qanday paydo bo’lgan? Ushbu savolga javob olish uchun antik, ya’ni qadimgi manbalarga murojaat qilinadi. Yozuv vujudga kelgunga qadar epik asarlar (“epos” – grekcha so’z bo’lib, “doston”, “rivoyat” va “afsona” ma’nolarini anglatadi) tarixni o’rganish uchun yagona manba hisoblangan (masalan, Gomerning “Iliada” va “Odisseya”, Markaziy Osiyo xalqlarining “Alpomish”, “Manas” va “Go’ro’g’li” dostonlari bilan birga rus bahodirlari haqidagi Vladimir, Muromli Ilya, Dobrinya Nikitich, Alyosha Popovich kabi xalq eposlari yoki “Igor polki jangnomasi”).
Yozuv ixtiro qilinganidan so’ng tosh yoki binolardagi bitiklar va yilnomalar eng qadimgi yozma tarix manbalari hisoblanadi. O’sha davrlardagi voqealarning guvohlari yoki zamondoshlari yozib qoldirgan manbalar, keyinchalik xattot va shoirlar tomonidan qayta-qayta ko’chirilgan yoki og’izdan-og’izga ko’chib, bizgacha yetib kelgan asarlar qadimiy manba hisoblanadi. Chamasi, o’z yozuviga ega bo’lgan barcha xalqlarda bitiklar va yilnomalar uchraydi.
1. Zardushtiylik − insoniyat madaniyatiga katta ta’sir ko’rsatgan dunyodagi eng qadimgi dinlardan biridir. Ayni vaqtda, zardushtiylik eng murakkab, o’z navbatida tushunish qiyin bo’lgan dinlardan hisoblanadi. Bundan 2700- yil muqaddam Osiyo dashtlarida vujudga kelgan ushbu din Erondagi uch qudratli (Kayoniylar, Ahamoniylar va Sosoniylar) davlatlarda uzoq asrlar hukm surgan din bo’lishi bilan birga, u juda ko’p Sharq mamlakatlari, xususan, Markaziy Osiyoda ham tarqalgan edi.
Yevropada Zardushtiylik ta’limoti antik davr – qadimgi zamonlardayoq katta qiziqish uyg’otgan, Zardusht va uning ta’limoti haqida ko’pchilik yunon va rimlik yozuvchilar, faylasuflar va tarixchilar ilmiy asarlar yozganlar. Sosoniylar davrida, ya’ni III–VII asrlarda zardushtiylikning muqaddas kitobi – “Avesto” matnlari o’rta forsiy tilga ko’chirila boshlagan vaqtlardayoq mazkur din tarixshunosligi tug’ila boshlagan edi.
Shuni ta’kidlash mumkinki, miloddan avvalgi I asrda yaratilgan “Shahrihoyi Eron”, “Denkard”, “Bundahishn” va “Ardavirafnoma” kabi pahlaviy tilida bitilgan kitoblar hamda sharhlar avestoshunoslikning muqaddimasidir.
Avestoshunoslikning keyingi tadrijiy taraqqiyoti islom davriga to’g’ri keladi. Xususan, ulug’ vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida “Avesto” haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Beruniy davri (973–1048)da “Avesto”ni bilganlar, shubhasiz, hozirgiga nisbatan ancha ko’p bo’lgan va ulug’ alloma Hindistonga qilgan safari hamda Xorazm Ma’mun akademiyasidagi faoliyati davomida “Avesto” tilini o’rgangan.
Bundan tashqari, Beruniy davrida xorazmiy tili tamoman o’lik tilga aylanmagan edi. Ba’zi tadqiqotchilar, xususan, professor Jalil Do’stxoh Beruniyning ba’zi fikrlariga asoslanib, “Avesto”ning bizga noma’lum qismlari yoki o’sha qismlar mazmuni bilan tanish bo’lgan bo’lsa kerak”, degan fikrni bildiradi.
“Avesto” haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan asarlardan yana biri Ma’sudiy (vafoti 995) qalamiga mansub “Muruj az-zihab” (“Oltin vodiy”)dir. Mas’udiyning yozishicha, Iskandar Zulqarnayn Istaxr shahrini o’z tasarrufiga kiritgach, “Avesto”dagi tibbiyot, falsafa, riyoziyot va nujum ilmiga doir matnlarni yunon tiliga tarjima qilib, o’zini yoqib yuborishni buyurgan.
Eron, Afg’oniston va O’rta Osiyo xalqlari tarixini o’rganishda “Avesto” muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Chunki, “Avesto” faqatgina zardushtiylik dinining urf-odat va e’tiqodlari jamlangan muqaddas kitob bo’libgina qolmay, unda O’rta Osiyo va Eronning qadimgi tarixi, madaniyati va siyosiy tuzumi ham aks etgan. yer yuzidagi eng qadimgi dinlar, jumladan, zardushtiylik haqida ham ilmiy-tadqiqotlar vujudga kelgan.
1590- yilda Parijda Barnab Brisonning “Avesto” haqidagi kitobi bosilib chiqqan edi. Shuningdek, Oksford universiteti professori Tomas Xayd qadimgi Eron adabiyoti tarixini tadqiq etish jarayonida “Avesto”ni o’rgangan. Tomas Xayd zardushtiylik to’g’risidagi eroniy, yunoniy, rumiy va arab manbalarini o’rganib, 1700- yilda lotin tilida “Qadimiy forslar, portlar (parfiyaliklar) va modliklar dini tarixi” nomli asarini chop etadi. Tomas Xaydning ushbu kitobida zardushtiylik (mazdaparastlik)ni monoteistik, ya’ni yakkaxudolilik dini sifatida talqin qilish yunonlar o’zlarining politeistik nuqtai nazaridan qaraganlari bois yuzaga kelganligini isbotlaydi. O’z o’rnida shuni qayd etish kerakki, XVIII asr yevropa avestoshunosligining shakllanishi va taraqqiyoti bosqichi hisoblanadi.
Anketil Dyuperron faoliyati yevropa avestoshunosligini yangi bosqichga ko’tardi. U Bodlean kutubxonasidagi “Avesto” qo’lyozmalarini o’qish maqsadida hech kimdan yo’llanma va mablag’ olmasdan Hindiston safariga otlanadi. Ko’p azoblarni boshdan kechirib, Pondisheri shahriga yetib boradi. Dyuperron Hindistonda olti yil yashab, Dorobi Porsiy ismli muallimdan “Avesto” tilini o’rganadi. Shu davr mobaynida 180 ta noyob nusxalarni qo’lga kiritadi, so’ngra Parijga kelib, butun vaqtini “Avesto”ni o’rganish, izoh va sharhlar yozishga sarflaydi. Uch jilddan iborat Parijda e’lon qilingan (1771) “Zend-Avesto” uning ko’p yillik (1754–1771) mehnatlari samarasi edi. Natijada, G’arbiy yevropada “Avesto”ga qiziqish yanada kuchayadi, “Avestoshunoslik” yo’nalishi paydo bo’ladi. Garchi Dyuperron tadqiqoti va tarjimasi atrofida ko’p munozaralar-u bahslar bo’lsa-da, oxir-oqibatda uni avestoshunoslikning “kashshofi” sifatida tan oladilar.
Ana shu tarjimadan keyin G’arb sharqshunoslari “Avesto”ni o’rganishga jiddiy kiradilar. Birin-ketin nemis, ingliz hamda fransuz tillarida ushbu yodgorlik xususida diniy, falsafiy, tarixiy mohiyatidagi kitoblar chop etila boshlandi. Ular orasida I. Meymersning “Zardushtning hayot yo’li, nizomi, da’vatlari hamda asarlari” (1778–1784) kitobi alohida mohiyatga ega. Zero, kitobda muallif zardushtiylikning tub mohiyati, uning brahmanlik bilan umumiy jihatlarini to’g’ri aniqlagan va ishonarli dalillar asosida tushuntirib bergan. Hatto muallif islom dini bilan zardushtiylik orasida umumiy jihatlar ham mavjudligiga olimlar diqqatini jalb etgan. Endilikda deyarli barcha avestoshunoslar Dyuperron mehnatini e’tirof etib, uning matniga suyanadilar. Jumladan, Silvestr De Sasi, Tixsen, Uilyam Jone va boshqalar Zardushtni insoniyat beshigidagi birinchi shoir, voiz va filosof sifatida baholaydilar va uni ilm olamiga tanishtirishda Dyuperronning xizmati katta ekanligini alohida qayd etadilar. Masalan, Silvestr De Sasi Sosoniylar davri qoya katibalari tilini o’rganib, “Avesto”ning pahlaviy tilidagi sharhlari bilan tanishgach, Dyuperron mehnatiga yuqori baho beradi.
Nemis olimi I. Klauker Dyuperronning “Zend Avesto” kitobini nemis tiliga tarjima qilib, 1775–1777 yillarda Rigada nashr ettiradi. Ko’p o’tmay, yevropa ilmiy jamoatchiligida “Avesto”ga qiziqishi keskin ortadi, har tomonlama ilmiy tadqiqotlar izchil davom ettiriladi.
XIX asrning boshlariga kelib ana shu tarjima asosida qadimgi Baqtriya, Midiya va forslar dini tarixi, “Avesto” tiliga doir bir necha ilmiy tadqiqotlar vujudga keladi. 1820- yilda nashr etilgan I. Rodening “Baqtriyaliklar, midiyaliklar va forslar yoki zend xalqlari” nomli kitobida “Avesto”ning bir qismi hisoblangan Vedavdot haqida qisqa ma’lumotlar uchraydi. A. Lelekovning fikricha, ushbu asar unchalik ilmiy qiymatga ega bo’lmasa-da, ammo o’z davri uchun muhim asar edi.
Ammo, ushbu kitobda bir tomondan, zardushtiylik dinining katta mintaqani qamrab olgani, haqiqatdan ham yakkaxudolikka asoslangan e’tiqod ekanligi keng tahlil etilsa, ikkinchi tomondan, yodgorlik tilining grammatik xususiyatlari ilk bor ilmiy jihatdan xiyla puxta tekshiriladi. Keyinchalik tilshunoslardan Bopp, Jolli, Garda va Jakinalarning turli hajmdagi kitoblari nashr etildiki, ularda “Avesto” tilining fonetik, leksik va morfologik jihatlari u yoki bu darajada o’rganilgan.
XIX asrda “Avesto” G’arb filosoflarining diqqatini o’ziga jalb etadi. Jumladan, G. Ritterning 12 jildlik “Filosofiya tarixi”, Kechelning bir qator maqola va nutqlarida “Avesto”dagi diniy va falsafiy aqidalarini keng sharhlagan, ular mazmun hamda mundarija jihatidan qadimgi yunon mifologiyasidagi qarashlardan birmuncha boyligini alohida ta’kidlashgan. “Bu, – deydi Gegel, – chinakam ziyo va yaxshilik dinidir. Unda ziyo zulmatga, yaxshilik zulmga qarama-qarshi qo’yiladi”. Gegel zardushtiylik dinining faol, yaratuvchi, kurashchan, elni farovon, yurtni obod qiluvchi dindorning tomondori ekanligini alohida uqtiradi va Zardushtni bu sohada “reformator” deb ataydi.
Avestoshunoslik tarixida fransuz tilshunos olimi A. Byurnufning “Yasnaga sharh”lar kitobi yangi bir bosqich bo’ladi. U Dyuperron ishini davom ettirib, “Avesto” tilining leksik va grammatik xususiyatlarini hiyla puxta o’rganadi hamda Behistun va Persepol bitiklarida yozilgan til bilan qadimgi hind Vedalarini qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qiladi. Natijada, ushbu olim yodgorlik leksik qatlamini aniqlashda yangi bir bosqichni boshlab beradi. Shuningdek, S. Vendeshman o’zining mashhur “Zardushtiylik tajribalari” nomli tadqiqotida Mitra va Ardvissura Anahita haqidagi miflarni hind eposi bilan solishtirar ekan, Byurnufning qiyosiy-tipologik usuli naqadar ilmiy asoslanganligini yana bir bor ta’kidlagan.
Shunday qilib, G’arbiy yevropa sharqshunosligida “Avesto”ning mohiyati xususidagi fikrlarda ikki yo’nalish paydo bo’ladi: ayrim olimlar “Avesto” bilan “Veda”larning ildizi bir, ulardagi miflarning o’xshashligi shunday xulosa chiqarish huquqini beradi, deyishsa, ikkinchi guruh olimlari bunga qarshi fikr bildirib, har ikki yodgorlik boshqa-boshqa zaminda vujudga kelgan, ularning mohiyatida jiddiy tafovut bor, deb hisoblaydilar. Shuning uchun ular “Veda”ni ham, “Avesto”ni ham o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib o’rganish va baholash kerak, degan fikrni ilgari suradilar.
“Avesto”ning keyingi to’laroq tarjimalari va ular asosidagi tadqiqotlar ikkinchi yo’nalish tomondorlari fikrlarini tasdiqlaydi. Shu yillari nemis bastakori Rixard Shtraus uch qismdan iborat “Zaratushtra so’zlaydi” degan simfoniya yaratgan edi. Asar bir qator gotlar asosida yozilgan. XIX asr o’rtalarida Ye. Byurnuf va M. Xauga gotlar hamda “Avesto”ning matnini tadqiq etib, tizimlashtirishga harakat qilgan. Ayniqsa, M. Xauning “Avesto”ni tanqidiy matnlari ustida olib borgan tadqiqotlari diqqatga sazovordir.
1870- yilda J. de-Rial ham ushbu masalani hind-eronshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq qilgan bo’lsa, uning vatandoshi L. Fe esa zardushtiylik tarixini puxta o’rganishga kirishib, uning bibliografiyasi haqida qiziqarli ma’lumotlar to’plagan.
G’arbiy yevropada “Avesto”ni o’rganish va uning tarqalishiga eng katta hissa qo’shgan olimlardan yana biri Maks Myullerdir. Oksford universitetining professori M. Myuller (1823–1900) tarix, qiyosiy mifologiya va qiyosiy tilshunoslik, dinshunoslik hamda hind adabiyoti bo’yicha ko’plab tadqiqotlarning muallifi. Xususan, ushbu tadqiqotchi “oriylar”ning kelib chiqishi, dunyo bo’yicha ko’chishi va tarqalishi tarixi bo’yicha yagona mutaxassisdir. 1874–1904 yillarda Myullerning tashabbusi hamda shaxsiy ishtiroki bilan ingliz tilida 49 tomlik “Sharqning muqaddas kitoblari” nashr qilindi. Shu silsilaning 1, 5, 23, 31-jildlari “Avesto” matnlari hisoblanadi. Ulardan “Vendidod”, “Zend Avesto”ning bir qismini (1-tom, 1880; 33-tom, 1883) Jem Darmsteter tarjima qilgan.
“Avesto”ni o’rganishning keyingi bosqichi Djem Darmstiter nomi bilan bog’liq. U “Avesto”ni ingliz tiliga tarjima qilgan bo’lsa, “Zend Avesto”ning 3-qismi hamda Yasht, Got, Visparadni L. G. Mils tarjima qilgan (31 tom, 1884) edi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Darmstater “Avesto”ning mavjud kitoblari tanqidiy matnini tuzish, ingliz va fransuz tillariga tarjima qilishdan tashqari, yodgorlikning adabiy qiymati xususidagi bir qancha tadqiqotlar muallifi hamdir.
London universiteti professori Meri Boys Eron tarixi va madaniyatiga oid asarlar bilan zardushtiylikning o’rta asrlar hamda yangi davrdagi tarixini o’rganishga katta hissa qo’shdi. Meri Boys 1963–1964 yillarda Yazd vodiysining shimolida olib borgan dala-qazilma ishlari vaqtida zardushtiylarning e’tiqodlari va rasm-rusumlarini o’rgandi. Yuqoridagi ishlari natijasida olim 4 jilddan iborat “Zardushtiylik tarixi” nomli yirik ilmiy asarini tayyorladi va qisman nashr etdi. Shuningdek, Meri Boysning zardushtiylikning vujudga kelish davri haqida fikrlari ham munozaralidir.
Miloddan avvalgi V asr oxirida yashagan lidiyalik Ksanor Zardusht nomini tilga olgan bo’lsa, Ktesiy esa o’z asarida Zardushtni ossuriyaliklardan yengilgan Baqtriya podshosi sifatida qayd etadi. Shuni ta’kidlash kerakki, Ktesiyning asari ancha oldin qayta ishlangan bo’lib, keyinchalik olimlar ana shu qayta ishlangan nusxadan foydalanganlar. Ammo, Ksenofontning “Kiropediya” va “Anabasis” asarlarida Zardusht haqida ma’lumot uchramaydi. Holbuki, Ksenofont Ahamoniylar davlatining ichki va tashqi ahvoli, xalq urf-odatlari hamda marosimlari bilan yaxshi tanish edi. Gerodot, Ktesiy va Ksenofont asarlarida keltirilgan ma’lumotlarni umumlashtirib shuni qayd etish mumkinki, Ahamoniylar davrida hali Zardushtni hukmron din asoschisi, deb hisoblamaganlar. Zardushtiylik dini tadqiqotchilari Ye. Benvenist, A. K. Kristensen, X. Nyuberg, V. Struve va boshqalar ham shu fikrdalar.
Rossiyada ham avestoshunoslik o’zining boy an’analariga ega. Rossiyada “Avesto”ni o’rganish XIX asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi va ularning eng birinchisi Kossovichning ilmiy izlanishlaridir. XX asr boshlarida V. V. Bartold, K. G. Zameman, A. L. Pogodin, K. A. Inostransevlar “Avesto”ni o’rganishga katta e’tibor bergan. Bu borada B. N. To’raev, A. A. Freyman, ye. E. Bertels, I. M. Dyakonov, B. G’. G’ofurov, I. G. Aliev va V. V. Struve kabi olimlarning tadqiqotlari, shuningdek, mashhur olim I. M. Steblin-Kamenskiy tarjimasidagi “Avesto” ana shu ilmiy an’ana va tajribalar natijasidir.
Tarixdan ma’lumki, Aleksandr Makedonskiyning O’rta Osiyoga yurishlari davrida bu yerda yuksak sivilizatsiya mavjud edi va ushbu taraqqiyot turli bosqichlar oqibatida ming yillarga to’xtatib qo’yilgan edi. Haqiqatda, “Avesto”ga qarshi hujum Aleksandr Makedonskiy davridayoq boshlangan edi. Abu Rayhon Beruniy bu haqda shunday yozadi: “Podshoh Doro ibn Doro xazinasida “Abisto (Avesto)”ning o’n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat yetuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o’sha vaqtdan beri Abistoning beshdan uchi yo’qolib ketdi. Abisto o’ttiz “nask” edi, majusiylar qo’lida o’n ikki nask chamasi qoldi. Biz Qur’on bo’laklarini haftiyak deganimizdek, nask “Abisto” bo’laklaridan har bitta bo’lakning nomidir”.
Eramizning VII–VIII asrlarida ro’y bergan arablar bosqini O’rta Osiyo xalqlari boshiga misli ko’rilmagan talofatlar olib kelgani ham ma’lum. Abu Rayhon Beruniy bu haqda: “Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini o’rgangan va bilimini boshqalarga o’rgatadigan kishilarni halok etib, butkul yo’q qilib yuborgan edi. Shuning uchun u (xabar va rivoyatlar) islom davridan keyin, haqiqatni bilib bo’lmaydigan darajada yashirin qoldi… Keyin Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy xorazmliklarning kitoblarini halok etib, bilimdonlarini o’ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz qolib, o’z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan bo’ldilar. Uzoq zamon shunday bo’lgach, ular ixtilofli narsalarini unutib kelishib qolganlarini yodda saqlab qoldilar”, – deb qayd etgan edi.
Qadimgi Xorazm tarixining chuqur bilimdoni S. P. Tolstovning arxeologik dalillarga suyanib ma’lumot berishicha, islomgacha bo’lgan sivilizatsiyaning nodir yodgorliklari, adabiyot va ma’naviyat durdonalari yondirilib, kulga aylantirilgan edi. Binobarin, zardushtiylik ta’limoti va uning muqaddas “Avesto” kitobi ham yondirilib, yo’q qilib yuborilgan. Uzoq tariximiz va ma’naviy merosimizning ushbu noyob yodgorligi keyingi asrlarda pahlaviy va fors tillaridagi talqini asosidagina bizgacha yetib kelgan, xolos.
Zardushtiylik dini paydo bo’lgan zamin haqidagi bahs uzoq asrlardan buyon davom etib kelmoqda. G’arb olimlaridan A. Meye va P. Tedeskolar zardushtiylikning vatani Parfiya (hozirgi Turkmaniston), Daristetir va Jeksonlar zardushtiylik Antropatenda, Xarsfeld esa Midiyada paydo bo’lgan, deb qayd etadi. Shuningdek, I. Markvart, B. A. To’raev, X. Nyuberg, E. Benvenist, Ye. E. Bertels, Gayger, Bartold va Shpigellar fikricha, zardushtiylik Baqtriyada paydo bo’lgan.
Qolaversa, Ye. Gersveld o’zining dastlabki arxeologik qazilmalariga asoslanib, V. V. Struve, K. V. Trever, Yu. A. Rapoport, S. F. Oldenburg, V. M. Lukonin va B. I. Avdiev singari olimlarning fikricha, zardushtiylik Turonzamin (Xorazm, Baqtriya, So’g’d va Farg’ona)da paydo bo’lib, so’ngra Eron hamda boshqa mamlakatlarga tarqalgan.
Zardushtiylik dini haqida fundamental tadqiqotlar muallifi Meri Boys uning bundan 3500 yillar oldin Osiyo cho’llari zaminida paydo bo’lgani va boshqa dinlarning shakllanishi hamda rivojlanishiga ko’rsatgan ta’siridan tashqari, oliyjanob din ekanligi, asrlar mobaynida quvg’inlikka uchrasa-da, unga e’tiqod qo’yganlar sa’y-harakati tufayli bizgacha yetib kelganligi va uning muqaddas kitobi “Avesto” qadimgi Xorazm vohasida paydo bo’lganini qayd etadi.
Zardushtiylik dinining nainki qaerda paydo bo’lganligi, balki qachon paydo bo’lganligi xususida ham arxeologik qazishmalar davomida ajoyib natijalarga erishgan S. P. Tolstovning fikriga qaraganda, ushbu dalillar zardushtiylik dini va uning payg’ambari Zaratushturaning Xorazmda tug’ilganligini isbotlaydi. “Avesto” ham boshqa ko’plab muqaddas kitoblar singari murakkab va ko’p qatlamlidir. Biroq, unda shubhasiz, O’rta Osiyo tarixining arxaik davriga borib taqaluvchi ma’lumotlar ustunlik qiladi, hozir bizning qo’limizda bor materiallarga asoslanib, bu davrni yangi eradan avvalgi 1 ming yillikning birinchi yarmiga mansub, deb hisoblash mumkin.
Shu tariqa, butun dunyoda zardushtiylik dini tarixiga oid ko’plab maqola va asarlar yaratilgan bo’lsa-da, ammo mamlakatimiz xalqlari tarixida zardushtiylikning o’rni hamda ahamiyati haqida jiddiy, umumlashma asarlar yaratilmagan edi.
“Eng mo’tabar, qadimgi qo’lyozmamiz “Avesto” yaratilganiga 3000 yil bo’lyapti, – degan edi O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tarixchi olimlar bilan uchrashuvda, –¬ bu nodir kitob bundan o’ttiz asr muqaddam ikki daryo oralig’ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy va tarixiy merosidir. “Avesto” ayni zamonda bu qadim o’lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo’lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi”.
Umuman olganda, mustaqillik yillarida o’zbek olimlari “Avesto” o’rganishga jiddiy e’tibor bera boshladi. Akademik Aziz Qayumov, Tilab Mahmudov, Mirsodiq Is’hoqov, akademik Ahmadali Asqarov, Hamidjon Homidov, Abdusodiq Irisov va Muhsin Qodirov kabi olimlarning ilmiy hamda ilmiy-ommabop maqolalari katta qiziqish bilan mutolaa qilinadi. Xulosa qilib aytganda, Muhsin Umarzoda yozganidek: “Avesto” haqida dunyoda nashr etilgan ilmiy asarlar ro’yxati bir katta kitob bo’ladi. Butun dunyo “Avesto” haqida so’z yuritadi... “Avesto” butun jahon ahlining mushtarak madaniy merosidir”.
2. Ahamoniylar shohi Kir II mil. avv. 530- yilda Araks daryosidan o’tib, massagetlar hududiga bostirib kirganligi haqida V asr yunon tarixchisi Gerodot ma’lumot beradi. Shuningdek, Ahamoniylar shohi Doro I ning saklar ustiga yurishi haqida Behistun qoyatosh yozuvlarida yozib qoldirilgan. Doro I ning saklarga yurishi va unga qarshi kurashgan xalq qahramoni Shiroq haqidagi ma’lumotlar yunon tarixchisi Polienning “Harbiy hiylalar” asarida keltirilgan.
Miloddan avvalgi 329- yilda makedoniyalik Iskandar qo’shinlari Oks (Amudaryo)dan o’tib, yurtimiz hududiga bostirib kiradilar. Iskandarning ushbu harbiy yurishlari uning istagiga muvofiq shohni kuzatib kelayotgan ba’zi adib va muarrixlar tomonidan yozib borilishi ko’zda tutilgan edi. Makedoniyalik lashkarboshilardan Aristobul, Ptolomey Lag va dengizchi Darg’a Nearx ana shunday dastlabki tarix yozuvchilar edi. Ushbu adiblarning xotiralari keyinroq o’tgan Arrian, Strabon va boshqa muarrixlarning asarlarida keltirilgan. Ammo, yozma xotiralarning ko’pchiligi bizgacha yetib kelmagan. Iskandarning Sharqqa harbiy yurishlari vaqtida qanday voqealar yuz berganligi undan 300–400 yil keyin yashagan 5 ta tarixchining asarlarida tasvirlangan. Ular o’z asarlarida Iskandar zamondoshlarining asarlari va esdaliklardan foydalangan.
Iskandarning O’rta Osiyoga yurishlari tavsifi yunon tarixchisi Arrian (mil.avv. II asr) va Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf (milodning I asri) asarlarida saqlanib qolgan. Ularda Iskandarning yurishlari mufassal yoritilgan. Plutarx (I–II asrlar) bilan Yustin (II asr) esa uning O’rta Osiyoga qilgan yurishlari haqida deyarli og’iz ochmaydilar. Sitsiliyalik Diodorning “Tarixiy kutubxona” asari (mil.avv. I asr)da ko’p o’rinlar yo’qolgan. Mazkur asar 17 ta kitobdan iborat bo’lib, Iskandarning Amudaryo ortiga yurishi tasvirlangan boblarning faqat sarlavhalarigina saqlanib qolgan, xolos.
Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf asarlariga nisbatan Arrianning asari O’rta Osiyo voqealari bayonida ancha ishonchli manba hisoblanadi. Arrianning o’zi Osiyodagi janglarda qatnashgan. Uning asari aslida harbiy san’atga bag’ishlansa-da, u Iskandar zamondoshlari Aristobul va Ptolemey Lag esdaliklaridan foydalangan, ba’zi o’rinlarda esa ulardan ko’chirmalar keltirgan. Aristobul bilan Ptolemey Lag asarlarida faqat o’zlari qatnashgan voqealarni bayon etganliklari uchun Arrian ularda bo’lmagan voqealarning yetishmagan o’rinlarini Kursiy Ruf kitobidagi hikoyalar bilan to’ldiradi.
Makedoniyalik Iskandar va uning davriga bag’ishlangan juda ko’p adabiyotlar bo’lishga qaramay, ushbu fotihning O’rta Osiyoga harbiy yurishlari haqida juda kam mualliflar yozganlar. Tarixiy manbalardan So’g’diyona poytaxti Maroqanda qanday qilib makedoniyaliklar qo’liga o’tib qolganligini tasavvur etish qiyin.
Kvint Kursiy Rufning yozishicha, Iskandar shaharda qo’shin qoldirib, atrofdagi qishloqlarga o’t qo’ygan. Kursiy Rufning guvohligiga ko’ra, Marokanda qal’asi devorining uzunligi 70 stadiy bo’lib, shahar ichkarisida yana bir devor bo’lgan. Tarixchi I. Sh. Shifman Maroqand shahri jangsiz taslim bo’lgan, degan taxminni bildiradi. Iskandar qo’shinlari Maroqandani egallagach, Yaksart tomonga yuradilar. Ushbu yurish vaqtida Iskandar qo’shinlariga qo’zg’olonchi so’g’dliklar hujum qiladilar. 30 ming qo’zg’olonchi Mug’ tog’idagi mustahkam istehkomlarga o’rnashgan edilar. Makedoniyaliklar juda katta talofatlar evaziga qal’ani egallaydi. Mudofaachilar qirilib ketadi, 8 ming yarador, ayollar va bolalar asirlikka olinadi. Oradan ko’p o’tmay, So’g’diyonada yana 7 ta shahar aholisi istilochilarga qarshi qo’zg’olon ko’taradi. Diodorning ma’lumotlariga qaraganda, Iskandar qo’zg’olonchilardan 120 mingini o’limga hukm etadi. Ushbu raqam mubolag’ali bo’lib ko’rinsa-da, qo’zg’olon qanchalik keng tus olganligini ko’rsatadi. Strabonning yozishicha, Iskandar O’rta Osiyoda yangi shaharlar barpo eta boshlaydi. Chekka Aleksandriya shahri Xo’jand yaqinida qurilgan makedoniyaliklar uchun tayanch istehkomlaridan biri hisoblanar edi.
Miloddan avvalgi 329–327 yillarda Iskandar o’ziga qarshi bosh ko’targan So’g’diyonani uch marta qaytadan zabt etishga majbur bo’ldi. Ayniqsa, O’rta Osiyo qabilalarining milliy qahramoni Spitamen boshchiligidagi vatanparvar kuchlarning istilochilarga qarshi ozodlik kurashi makedoniyaliklar uchun katta xavf tug’dirgan edi. O’ziga qarshi xalq harakatlarini bostirish uchun Iskandar juda ko’p harbiy va moddiy kuchlarni sarflashdan tashqari, mahalliy zodagonlar bilan “do’stona” aloqalar o’rnatishga harakat qildi. Iskandar mahalliy zodagonlarning siyosiy ta’siri va yer-mulklarini kengaytirdi. U mahalliy zodagonlarga saxovat bilan mol-dunyo, qul va cho’rilar sovg’a qilishdan tashqari, So’g’diyonaning boy va ta’sirli mansabdori Oksiartning qizi Ravshanak (yunon manbalarida – Roksana¬)ga uylandi.
Iskandar ushbu siyosat bilan O’rta Osiyoni batamom o’ziga bo’ysundirishga erishdi. Mahalliy zodagonlarning makedoniyaliklar tomoniga o’tishi Iskandarning O’rta Osiyodagi dehqonlar va chorvador jamoalari qarshiligini yengishi hamda O’rta Osiyoni o’zining juda katta monarxiyasi qatoriga qo’shib olishiga yordam berdi. Makedoniyalik istilochilarga ittifoqchi bo’lib olgan mahalliy zodagonlar O’rta Osiyo xalqlari ijtimoiy hayotining barcha sohalarida hukmron siyosiy va iqtisodiy kuchga aylandi. Keyinchalik Iskandar va uning vorislari (Salavkiylar va boshqa) O’rta Osiyo xalqlari hayotida tarixan tarkib topgan bu vaziyat bilan hisoblashishga majbur bo’lgan edi. Xullas, Iskandar istilosidan so’ng O’rta Osiyo xalqlarining xalqaro iqtisodiy, savdo aloqalar kuchayib bordi. Ayniqsa O’rta Osiyoliklarning Iskandar qo’shinlari fath etgan Hindiston bilan yaqin aloqalar o’rnatishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. So’g’diyona va Baqtriyada ham yangi-yangi shaharlar qad ko’tardi. Tarixiy manbalarda Iskandar va uning lashkarboshilari tomonidan O’rta Osiyoda 12 ta shahar bunyod etganligi aytiladi. Shu bilan birga, I. Sh. Shifman Iskandar qo’shinlarining So’g’diyonadagi vayronagarchiliklarini Chingizxon istilosiga o’xshatadi. Ushbu vayronagarchiliklar oqibatida mamlakat aholisining soni keskin kamayib ketdi. So’g’d aholisi vatanlarini tark etib, boshqa yurtlarga ko’chib ketishga majbur bo’ldi.
Yunon-makedonlar Baqtriya, So’g’diyona va Markaziy Osiyoning qolgan hududlarini ham mustamlakalariga aylantirdi. Iskandarning istilochilik siyosatini uning vorislari (Salavkiylar) davom ettirdi. Iskandar vafotidan 75 yil o’tgach, Baqtriya satrapi Diodot o’zini mustaqil hukmdor deb e’lon qildi. Pompey Trogning mubolag’a qilib yozishicha, minglab shaharlar Diodot qo’l ostiga o’tdi. “Qadimgi avtorlar O’rta Osiyo haqida” to’plami (ushbu kitob 1941- yil Bajenov tahriri ostida Toshkentda nashr etilgan edi) mualliflarining yozishicha, O’rta Osiyoda mustaqil davlatlar tashkil topadi. O’zbekistonda nashrga tayyorlangan ushbu xrestomatiyada O’rta Osiyo xalqlarining miloddan avvalgi VI asrdan milodning III asriga qadar bo’lgan tarixi, jo’g’rofiyasi va tabiiy boyliklari haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud.
Markaziy Osiyo xalqlari ba’zi davrlarda Hindiston va Xitoy bilan bir davlat bo’lib yashagan. Miloddan avvalgi II asrda yashagan Xan saroyi elchisi Chjan-Syan asarlari, epigrafik yodgorliklar va arxeologik qazishmalar bunga guvohlik beradi. Ayniqsa, arxeologlarning olib borgan qazuv va kuzatuv ishlari tufayli qadimiy tariximizning juda ko’p noma’lum sahifalari ochildi. Ushbu ishlar o’sha zamonlardagi madaniy hayot muammolari, ishlab chiqarish kuchlari, tarixiy toponimikasi, tarixiy jo’g’rofiya, iqtisodiy aloqalar va xalqimiz etnogenezi to’g’risida muhim ma’lumotlar beradi.
3. Behistun bitiklari. Bunday yozuvlar Ahamoniylarning qadimgi poytaxti Persepol, shuningdek, Suza va Ekbatana (hozirgi Hamadon) shaharlari hamda uning atrofida topilgan. Masalan, pishiq sopol taxtachaga o’yib yozilgan bir katibada Doro I (mil. avv. 522-486 yillar) hukmronligining dastlabki davri (mil. avv. 494-490 yillar)da Suzada bunyod etilgan saroyning qurilish tafsiloti, aniqrog’i, qurilishga ketgan materiallarning qaysi mamlakatdan keltirilganligi aks etgan. Ushbu taxtachada yozilgan ma’lumotlarga ko’ra, oltin Lidiya bilan Baqtriyadan, qimmatbaho toshlar, lazurit va serdolik (qizil va qizg’ish rangli tosh) So’g’diyonadan, feruza Xorazmdan olib kelingan. Persepol (Sherozning shimoliy tomonida, undan taxminan 50 km masofada joylashgan 520-450 yillarda qurilgan shahar)dan topilgan yozuvlar va tasviriy suratlar – releflar katta ilmiy qiymatga ega. Ularning ayrim namunalari XVII–XVIII asrlarda (1621- y.) italiyalik sayyoh Pedro Della Valle va daniyalik olim K. Niburning nomi bilan bog’liq. XX asrning 30- va undan keyingi yillarda nemis olimi E. Xersfild, amerikalik E. Shmidt, fransuz olimi A. Godar hamda eronlik tadqiqotchilar M. Mustafoviy va A. Somiylar tomonidan o’tkazilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida Persepolda juda ko’p noyob yodgorliklar ochildi.
Ular orasida Apadana zinalari ustiga ishlangan tasviriy suratlar alohida ahamiyat kasb etadi. Suratlarda Ahamoniylarga tobe bo’lgan 23 ta satraplik (qaram o’lka)dan o’lpon olib kelgan kishilar qiyofasi tasvirlangan. Bular orasida baqtriyaliklar turli idishlar, teri, mo’yna va tuya, so’g’dliklar mato, teri va qo’ylar, saklar ot va chakmonlar, parfiyaliklar idishlar va tuya bilan hamda xorazmliklar ot va qurol-aslaha bilan tasvirlangan. Persepoldan qariyb 5 km masofada, uning shimol tomonida Husaynkuh qoyalarida Doro I va Ksereks I (mil.avv 486–465 yillar), Artakserks I (mil.avv. 465–424 yillar) hamda Doro II (mil.avv 424–404 yillar)ning maqbaralari hamda ularga kiraverishda o’yib yozilgan katibalar bor. Mazkur yodgorlik sosoniy sarkardalardan Rustam (636 yilda arablar bilan bo’lgan jangda halok bo’lgan) nomi bilan ham bog’liq bo’lib, tarixda ko’pincha “Naqshi Rustam” deb ataladi.
Ayniqsa, Doro I surati ostiga yozilgan katibada uning davlati ko’klarga ko’tarib maqtaladi, u tomonidan bosib olingan xalqlar esa itoatkorlikka va halol mehnat qilishga chaqiriladi, bo’ysunmaganlar hamdap shu sababdan jazoga mahkum etilganlarning nomlari qayd etilgan. Muhimi shundaki, katibada Ahamoniylarga tobe bo’lgan 23 ta satraplik va xalqlarning to’la ro’yxati yozilgan. Bular orasida parfiyaliklar, baqtriyaliklar, so’g’diyonaliklar hamda xorazmliklar ham mavjud.
Ushbu davrga oid tarixiy yodgorliklar orasida muhimlaridan yana biri – mashhur Behistun yozuvlaridir. Ushbu yozuvlarning uzunligi 22 m, umumiy balandligi 7,8 m bo’lib, ular Shimoliy Eronda, Kirmonshohdan 30 km masofada, daryo bo’ylab o’tgan qadimgi karvon yo’li yoqasida, uning chap tomonida, Zagros nomli tik qoyaga, taxminan 105 metr balandlikda Doro I ning amri bilan yozilgan g’alaba yodgorligidir. Mazkur yozuv elam, bobil va qadimgi Eron tillarida bitilgan hamda mil.avv. 523–522 yillarda Ahamoniylar saltanatini larzaga keltirgan Gaumata (522 yil 29 sentabrda halok bo’lgan), Frada – marg’iyonalik (522 yil 10 dekabrda asirga olingan), Skunxa – hozirgi Qozog’iston va O’zbekiston hududida istiqomat qilgan sak qabilalarining yetakchisi rahbarligidagi xalq harakatlari haqida hikoya qiladi.
“Maxabxarata”. Saklar, massagetlar, toxarlar va qadimgi Qanxa xalqi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqidagi qimmatli ma’lumotlarni hindlarning epik dostoni “Maxabxarata”da ham uchratish mumkin. “Maxabxarata” (“Bxarata avlodlari jangnomasi”) sanskrit tilida yozilgan bo’lib, 100 ming baytni o’z ichiga olgan 18 kitobdan iborat. Asar mil.avv. X–VIII asrlarda yaratilgan bo’lib, unda afsonaviy shoh Bxarataning ikki toifa avlodlari – kavravlar va nandavlarning o’zaro adovatlari hamda urushlari bayon etiladi. Asarda, jumladan, uzoq Hindistonga, fikrimizcha, savdo-sotiq ishlari bilan borgan saklar, toxarlar va qanxaliklar haqida ushbu muhim ma’lumot keltirilgan: “Uning (podshoh Yudxishtra) eshigi oldida boshqa xalqlar bilan birga saklar, toxarlar va qanxaliklar ham navbat kutib turardilar. Paxmoq soqol, peshonalari shoxlar bilan bezatilgan, qo’llarida turli-tuman sovg’alar – jun, rangu, ipak va patta (oq qayinning bir turi) daraxti tolasidan, shuningdek, kamyob matolar, paxtadan to’kilgan gazlamalar, mayin, nafis terilar, uzun va o’tkir qilichlar, shamshirlar, temir nayzalar, har xil boltalar, ichimliklar, xushbo’y narsalar, turli-tuman qimmatbaho toshlar”.
Qadimgi yunon tarixchilarining asarlarida O’rta Osiyoning chorvador xalqlari haqida batafsil ma’lumotlar uchraydi. Ushbu xalqlar tarixini yozish Gomer va Esxil kabi adiblar tomonidan boshlangan. Lekin, skif (sak va massaget)lar haqida keng va aniq ma’lumotlarni birinchi bo’lib miloddan avvalgi V asrda yashagan yunon tarixchisi Gerodot beradi. Kvint Kursiy Ruf (milodiy I asr), Plutarx (milodiy I asr), Arrian (milodiy II asr), Pompey Trog (miloddan avvalgi I asr), Yustin (miloddan avvalgi II–I asrlar) kabi muarrixlar ham O’rta Osiyo ko’chmanchi qabilalarining turmush tarzi, urf-odatlari va mashg’ulotlari to’g’risida ma’lumotlar beradi.
Antik tarixchilardan Strabon (mil.avv. I asr) birinchi bo’lib O’rta Osiyo ko’chmanchi xalqlarini umumiy bitta (skif) nomi bilan emas alohida hududiy joylashishiga qarab, mayda guruhlarini ham sanab ko’rsatadi. Uning yozishicha: “Skiflarning katta qismi Kaspiydan boshlab sharqqa tomon daxlar deyiladi. Ulardan sharqdagilar sak va massaget deyiladi”. Miloddan avvalgi VI–IV asrlarga oid manbalarda hudud aholisi asosan chorvador ko’chmanchilar ekanligi ta’kidlansa, keyingi manbalarda (miloddan avvalgi IV-II asrlar) saklarning statsionar manzilgohlari, oddiy uylari borligi haqida ham ma’lumotlar berilgan.
Gerodotning “Tarix” asari. Gerodot – miloddan avvalgi V asrda yashagan yunon tarixchisi bo’lib, garchi o’zi bayon qilayotgan voqealar ustida chuqur mulohaza yuritmasa ham, ularni to’g’ri ifodalashi, o’zga xalqlar va mamlakatlar tarixiga hurmat nuqtai nazaridan qarashi bilan ba’zi tarixchilardan ajralib turadi. Gerodotning asarida Markaziy Osiyoning qadimiy xalqlari bo’lmish agrippiylar, issedonlar, massagetlar, skiflar, daylar va saklar haqida, ularning turmushi, urf-odatlari hamda qo’shni mamlakatlar bilan aloqalari haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud.
Yunon muarrixlari bergan ma’lumotlarga qaraganda, skiflar dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan. Gerodot: “Ular bug’doy, piyoz, sarimsoq va mosh iste’mol qilganlar. Ular bug’doyni faqat o’zlari uchungina ekib qolmasdan, balki savdo-sotiq uchun ham ekardilar”, – deb yozgan edi.
Gerodot skiflarning chorvachilik ishlariga ham qiziqib qaraydi. Uning qayd etishicha, ko’chmanchi skiflar ko’chganda qulay bo’lishi uchun namatdan g’ildirakli arava – uy yasab olar edilar. Yuk tashishda ular otlardan tashqari mollardan ham foydalanganlar. Gerodotning fikricha, skiflar kuchli davlatga ega edi.
“Tarix” asarining Shteyn tomonidan tayyorlangan tanqidiy matni 1869–1871 yillarda chop etilgan. Asar ingliz (Roulinson, London, 1856–1860 yillar) hamda rus (F. G. Mishchenko, Moskva, 1858–1860 yillar) tillariga tarjima qilingan. 1982 yilda asarning mamlakatimiz tarixiga oid qismlari zarur izohlar bilan A. I. Dovatur, D. P. Kallistov va I. A. Shishova tomonidan yangidan nashr etilgan.
Diodorning “Tarixiy kutubxona” asari. Diodor (mil.avv. 90–21 yillar) yirik tarixchi olim bo’lib, Sitsiliyaga qarashli Argiriya shahrida tug’ilgan. U “Tarixiy kutubxona” nomli 40 ta kitobdan iborat asar yozib qoldirgan. Umumiy tarix yo’nalishida yozilgan ushbu asar asosan, Yunoniston va Rimning qadim zamonlardan to milodning I asr o’rtalarigacha bo’lgan tarixini o’z ichiga oladi. Unda Sharq xalqlari, shuningdek, skiflar, saklar, massagetlar, baqtriyaliklar, yurtimizning Eron bilan bo’lgan munosabatlari haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud.
Diodorning mazkur asari ko’p jihatlari bilan ko’chirma-kompilyasiya hisoblanadi. Muallif yefor va Polibiy asarlaridan keng foydalangan. Bundan tashqari, ko’p hollarda bayon etilayotgan voqealar uzviy bog’lanmay qolgan. Shunga qaramay, ushbu asar dalillarga boy va katta ilmiy ahamiyatga ega. Diodorning ushbu asari to’la holda hozirgi kungacha yetib kelmagan. Uning faqat 15 ta – qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari haqida hikoya qiluvchi 1–5 kitoblari, Yunoniston hamda Rimning Yunon-Eron urushlari (mil.avv 500–449 yillar)dan to mil.avv. 301 yilgacha bo’lgan tarixini o’z ichiga olgan 11–20- kitoblarigina saqlanib qolgan, xolos. Ushbu asar 1774–1775- yillarda rus tarixchisi I. Alekseev tomonidan olti qismli va 1874–1875- yillarda F. G. Mishchenko tomonidan ikki qismli qilib nashr etilgan.
Strabonning “Geografiya” asari. Strabon (mil. avv. 63– milodning 23 y.) qadimgi Yunonistonning atoqli geograf olimlaridan biri bo’lib, asli amosiyalik (Pont podshohlarining qarorgohi), nufuzli va badavlat oiladan chiqqan, mashhur yunon faylasufi Aristotel (mil.avv. 384–322 yy.)ning shogirdi, qariyb 80 yil umr ko’rgan. Strabonni dunyoga tanitgan, 17 ta kitobdan iborat “Geografiya” asaridir.
Ushbu asarda Girkaniya, Parfiya, Baqtriya va Marg’iyonaning tabiiy holati, shaharlari, qisman ularga borish yo’llari, Oxa (Xarrirud), Oks va Yaksart daryolari, saklar, massagetlar, daylar, atasiyalar, toxarlar hamda xorazmliklar va ularning kelib chiqishi, ushbu xalqlarning turmush tarzi, urf-odat va e’tiqodlari, shuningdek, Parfiya va Baqtriyaning mil.avv III asrning birinchi choragidagi ichki ahvoli va o’zaro munosabatlari haqida muhim hamda qimmatli ma’lumotlar mavjud. Masalan, sak qabilalari makedoniyalik Aleksandr istilosigacha Sirdaryoning quyi oqimida yashagan bo’lsa, keyinchalik Karki, Kalif va Shimoliy Afg’oniston yerlariga ko’chib o’tgan, Strabon ularni “dax” va “day” nomlari bilan ataydi. Strabonning bergan ma’lumotlariga qaraganda, Baqtriya, So’g’diyona, Midiya va Eron aholisi so’zlashadigan til bir-biriga yaqin bo’lgan.
Topilgan ashyolar qadimgi ajdodlarimiz kulolchilikda antik olamda tengi yo’q ustalar bo’lganligidan dalolat beradi. Baqtriya, Marg’iyona va So’g’diyonaning kulol ustalari yasagan sopol idishlar o’ziga xos san’at asarlari darajasiga ko’tarilgan. Bundan tashqari, shohona saroylar, ibodatxonalar, mudofaa inshootlari va uy-joylar qurishda o’lkamiz xalqlari antik davr olamida tengsiz darajaga ko’tarilgan.
Strabonning “Geografiya” asari 1844 va 1848 yillarda nemis olimlari Kramer hamda Myuller tomonidan maxsus xarita va sharhlar bilan qo’shib nashr qilingan. Uning nemischa (Grosskurd, Berlin, 1831–1834) hamda ruscha (F. G. Mishchenko, Moskva, 1879; G. A. Stratanovich, Moskva, 1964) tarjimalari ham mavjud.
Arrian Flaviyning “Iskandarning yurishlari” asari. Arrian Flaviy (taxminan 95–175 yillar) yirik yunon yozuvchisi, tarixchisi va geograf olimi bo’lib, asli Kichik Osiyoning Nikomadiya shahrida tug’ilgan. U “Iskandar haqida”, “Parfiyaliklar haqida”, “Hindiston” va 7 jildlik “Iskandarning yurishlari” nomli kitoblar muallifidir.
O’rta Osiyo va Eronning qadimiy tarixini o’rganishda Arrianning “Iskandarning yurishlari” nomli asari muhim ahamiyat kasb etadi. Unda fotihning O’zbekiston, Eron hududlari va boshqa mamlakatlarga istilochilik yurishlari tarixi batafsil bayon qilingan. Asar panegrizm-maddohlik ruhida yozilgan – muallif Iskandar Zulqarnayn va uning faoliyatini ko’klarga ko’tarib ulug’laydi. Shunga qaramay, u ko’pgina qo’lyozma manbalar va rasmiy hujjatlar asosida yozilganligi sababli mavzu bo’yicha muhim manbalardan hisoblanadi.
Spitamenning o’limi haqida Arrian quyidagi rivoyatni keltiradi. “Skif-massagetlar yengilganlaridan so’ng o’zlari bilan birga ittifoq bo’lib, dushmanga qarshi jang qilgan baqtriyaliklar va so’g’dlar yuklarini talaydilar hamda qochadilar. Spitamen ham ular bilan birga ketadi. Ularga “Aleksandr dashtga hujum boshlar emish”, degan xabar kelgach, Spitamenning boshini tanasidan judo qilib shohga yuboradilar va shu yo’sinda Aleksandr hujumining oldini olmoqchi bo’ladilar”. Ushbu asar nemis (Myuller, Leypsig, 1886 y.) hamda rus (Korenkov, T., 1912. va M. ye. Sergeenko, M–L., 1962 y.) tillarida nashr etilgan.
Kvint Kursiy Rufning “Buyuk Iskandar tarixi” asari. Kvint Kursiy Ruf (milodning I asri) – mashhur Rim tarixchisi bo’lib, Iskandar Zulqarnaynning Eron, Turon va boshqa mamlakatlarga qilgan harbiy yurishlari haqida 10 kitobdan iborat “Buyuk Iskandar tarixi” asarini yozgan. Kvint Kursiy Ruf Baqtriyani tabiati turli-tuman va go’zal, unumdor yerlari ko’p, sersuv, ekinzorlarga boy mamlakat, deb ta’riflaydi. Uning yozishicha, o’lkaning aholisi ko’p, ular bug’doy va arpani ko’p ekadilar, uzumzorlari bepoyon. O’lkada mevalarning barcha turlari o’sadi. Chorva mollarini boqishga qulay, yilqisi ko’p, chopar otlarga boy mamlakat. Ayni paytda o’lka hududida qumloq va ekin bitmaydigan yerlar ham anchagina. Kvint Kursiy Rufning qayd qilishicha, “skiflarning hatto nutqi ham jozibador edi. O’zining go’zal nutqi va madaniyatiga ega bo’lgan skiflarning o’sha davrlarda o’ziga xos adabiyoti ham bo’lgan”.
Kvint Kursiy Ruf “Aleksandr Makedonskiy tarixi” asarida skiflarning jasurligi va mardligini ta’riflaydi. Uning yozishicha, Aleksandr skiflarning katta bir guruhini asir oladi. “Jismoniy jihatdan baquvvat bo’lgan skiflardan 30 kishini o’limga mahkum etganda, ular o’limdan ham qo’rqmasdan, xalq qo’shiqlarini baralla aytib, xursand bo’lib borardilar”, – deydi u. Skiflarning mardligiga qoyil qolgan Aleksandr asirlarni o’limdan saqlab qolib, hibsdan ozod qiladi.
Asarda massagetlarning jasoratlari haqida ham yorqin satrlar bor. “Massagetlar 800 nafar otliq jangchilarini qishloq yaqinidagi o’rmonga yashirib qo’yadilar. Bir necha kishi poda haydab, o’rmonga qarab bemalol ketaveradi. Tayyor o’ljani qo’ldan chiqarmaslik uchun Attin o’zining 300 otliq jangchisi bilan hech shubha qilmasdan o’rmonga kirib boradi. Massagetlar Attin qo’shiniga qo’qqisdan hujum qilib, ularning hammasini qirib tashlaydilar”.
Kvint Kursiy Rufning asarida Spitamen jismonan baquvvat, jasur, mard va tadbirkor bir kimsa suratida tasvirlanadi. Uning yozishicha, dastlabki paytda Aleksandr Spitamenga katta-katta va’dalar beradi, hatto So’g’diyona hokimligini in’om etmoqchi bo’ladi. Spitamen esa vatanfurushlik qilgandan ko’ra o’limni afzal biladi.
Ushbu asarda Spitamen fojiasiga sabab bo’lgan xoinlar, qo’rqoq va sotqinlarga nafrat o’tini sochuvchi yorqin satrlar ham anchagina. Ana shunday sotqinlardan biri Spitamenning xotinidir. Horib-charchagan Spitamen shirin taom va sharob ta’sirida qattiq uyquda yotardi. Xotini pinhona kelib, qilichini sug’urib oldida, Spitamenning boshini kesib tashladi. Qonga belangan erining kallasini bu jinoyatdan ogoh bo’lgan qulga keltirib beradi. So’ngra makedon qo’shinlari joylashgan lagerga kelib, Aleksandrga xabar qilishni, muhim xabar olib kelganligini, bu xabarni shohga shaxsan o’zi yetkazishi lozimligini aytadi. Aleksandr bu mudhish voqeadan ogoh bo’lib, g’azablanadi. Kvint Kursiy Rufning asarida O’zbekiston hududining Iskandar Zulqarnayn qo’shinlari tomonidan istilo qilinishi, xalqlarning chet el bosqinchilariga qarshi kurashi, xususan, Spitamen boshliq qo’zgolon keng yoritib berilgan. “Buyuk Iskandar tarixi” 1841 yilda Myutsel, 1867 yilda T. Nyoldeke va 1885 yilda esa Fogel tomonidan nemis tilida nashr etilgan. Ruscha yangi tarjimasi 1963 yilda Moskvada V. S. Sokolov tahriri ostida chop etilgan.
Pompey Trogning “Filipp tarixi” asari. Pompey Trog (mil.avv. I – milodning I asrlari o’rtalari) – “Filipp tarixi” asari bilan mashhur bo’lgan Rim tarixchisi. 44 ta kitobdan iborat ushbu asar afsonaviy Assuariya podsholari zamonidan to Rim imperatori Avgust (mil. avv. 63 – milodiy 14 yil) davrigacha bunyoda bo’lib o’tgan voqealarni bayon qiladi, lekin asosiy e’tibor Yunonistonning makedoniyalik Filipp II (mil.avv. 359–336 yillar) va Iskandar Zulqarnayn davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etishga qaratilgan. Mazkur asarning qimmati shundaki, u bir talay noma’lum kitoblarga suyanib yozilgan, Rim, Yunoniston kabi yirik davlatlarning paydo bo’lishi va tarixini keng yoritib bergan. Muhimi shundaki, muallif bunday davlatlarning oxir-oqibatda inqirozga uchrashini aytadi. Pompey Trog tarixni harakatga keltiruvchi kuch bu – urf-odat va taqdir, deb hisoblagan.
Pompey Trog skiflarni dunyodagi eng qadimiy xalqlardan biri deb hisoblaydi, qadimiylikda ular misrliklar bilan bahslashadilar. “Skif” atamasi xalqning aniq nomi emas, balki ularning turmushini sifatlovchi ma’noni anglatgan. Yunon muarrixlarining ma’lumotlariga qaraganda, skiflar qadimda g’arbda Dnepr daryosidan tortib sharqda Tyanshan tog’larigacha cho’zilgan dasht va sahrolarda yashaganlar. Ularning qabilalari massaget, dax, sak (shak) va derbik kabi nomlar bilan atalgan.
“Filipp tarixi” asarida skiflar Baqtriya, Iskandar Zulqarnayn davrida Baqtriya va So’g’dda qurilgan shahar va katta imoratlar, Iskandar Zulkarnayn vafotidan keyin yuz bergan voqealar, parfiyaliklarning kelib chiqishi, ularning urf-odatlari, Parfiya podsholigining tashkil topishi, Baqtriya, Parfiya va Midiyaning o’zaro munosabatlariga oid muhim ma’lumotlar mavjud. Pompey Trog skiflar (saklar) haqida to’xtalib, “Ular Parfiya va Baqtriyaga asos solganlar”, deb qayd etadi. U yana Parfiya xususida to’xtalib: “Rimliklar bilan butun dunyoni o’zaro bo’lib olgan parfiyaliklar hozirda butun Sharq uzra hukmdordirlar va ular (aslida) qachonlardir skiflar orasidan badarg’a qilinganlardandirlar, ularning nomi (ya’ni Parfiya) bunga ishora, zero, skiflar tilida “Parfi” badarg’a qilinganlarni anglatadi”, – deb yozgan edi.
Polibiyning “Umumiy tarixi” asari. Polibiyning “Umumiy tarixi” daliliy ma’lumotlarga boyligi va voqealarning nisbatan xolisona yoritilishi bilan alohida ahamiyatga egadir. Unda Oks (Amudaryo) va Yaksart (Sirdaryo) haqida, Antiox I ning Baqtriya podshohi Eftidemga qarshi harbiy yurishi haqida muhim ma’lumotlar bor. “Umumiy tarix” asarining matni 1889–1905 yillarda to’rt jildda Leypsigda chop etilgan. Uning inglizcha (V. R. Paton, London, 1922–1927; ikkinchi nashri, London, 1957–1960) va ruscha (F. G. Mishchenko, 1–3 jildlari. Moskva, 1890–1899) tarjimalari mavjud.
Ptolomey Klavdiyning “Geografiya” asari. Ptolomey Klavdiy (taxminan 90–160 yy.) – mashhur qomusiy olim, Aleksandriyada yashab ijod qilgan. U astronomiya, geometriya, fizika (optika, mexanika) hamda geografiyaga oid asarlar yozib qoldirgan. Jahonga mashhur “Almagest” – “Al-majastiy” (18 ta kitobdan iborat, astronomiya va trigonometriya ilmlarini o’z ichiga oladi), “Optika” (5 ta kitobdan iborat), “Germanlar haqida tushuncha” (3 ta kitobdan iborat) va nihoyat, “Geografiya” shular jumlasidandir. Lekin, olimga shuhrat keltirgan asarlari “Almagest” va “Geografiya”dir. “Geografiya”ning (8 ta kitobdan iborat) birinchi kitobi, aniqrog’i uning 24- bobi jahon mamlakatlarini tavsiflashga bag’ishlangan va katta ilmiy qiymatga ega.
Shunisi muhimki, asarda shaharlar, mamlakatlar va ularning koordinatlari keltirilgan hamda unga 27 ta xarita ilova qilingan. Ptolomeyning “Geografiya”sida Girkaniya, Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona hamda skiflar mamlakatining geografik holati, Baqtriya va So’g’diyonaning mashhur shaharlari, ushbu mamlakatlar, ular bilan tutash o’lkalar hamda ularning aholisi haqida asl va qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.
Yustinning “Pompey Trog epitomi” asari. Yustin “Pompey Trog epitomi” asarida Aleksandr Baqtriya va So’g’diyonada 7 ta shahar qurdirganligini yozadi. Shulardan biri Sirdaryo sohilida 17 kunda qurib bitkazilgan “Aleksandriya Esxata”, ya’ni olisdagi Aleksandriya edi. Ushbu shahar Xo’jand bilan Bekobod oralig’i (taxminan Farhod GESi)da joylashgan edi. Aleksandr mazkur shaharlarda yunon-makedon qo’shinlarini joylashtirib, kelgusi joylarni zabt etishda ushbu shaharlardan platsdarm sifatida foydalangan edi. Shu sababdan Aleksandr “Aleksandriya Esxata”ni tezda barpo etib, bu yerdan saklar ustiga yurish boshlagan edi.
Bundan tashqari, Aleksandrning O’rta Osiyoda olib borgan yaratuvchilik faoliyatiga qaraganda, uning vayronagarchilik va buzg’unchilik faoliyati o’n chandon ortiqroq bo’lgan, behisob shahar hamda qishloqlarni vayron etgan. Pompey Trogning ushbu asari Yustin (II–III asr) tomonidan qisqartirilib, qayta ishlangan shaklda hozirgi kungacha yetib kelgan va Ruxl tomonidan 1935 yilda chop qilingan. Uning ruscha tarjimasi A. A. Dekonskiy va M. M. Rijskiy tomonidan “Vestnik drevney istorii” jurnalining 1954 yil 2–4 va 1955 yil 1- sonlarida nashr etilgan.
Umuman olganda, O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy hayoti masalasida XIX asrning 80- yillaridan buyon qator tadqiqotchilar tomonidan turli xil fikrlar bildirilgan. Ushbu tadqiqotlar natijasida, ko’chmanchilar jamiyati tuzilishida kuchli ijtimoiy-iqtisodiy differensiya mavjud bo’lib, ularning jamiyati urug’ qabila tuzumining yuqori cho’qqisi – harbiy demokratiya ko’rinishida bo’lganligi, quldorlik tuzumi miloddan avvalgi V asrdan boshlangani, keyingi davrdagi jamiyat tuzilishi harbiy demokratiya yoki ilk feodal-patriarxal ko’rinishida bo’lganligi kabi xulosalar chiqarilgan. Biroq, hanuz ushbu masalalarda yagona, o’z tasdig’ini to’liq topgan ilmiy fikrga kelinmagan.
B. A. Litvinskiy ko’pgina sak qabilalari sinfiylik belgilari mavjud bo’lgan jamiyatda yashaganligini ta’kidlagan. G. E. Markov esa O’rta Osiyo jamiyatida mulkiy tabaqalanish mavjud bo’lsa-da, tabaqaviy va sinfiy differensiyaning sust rivojlanganligi, chorvaga nisbatan xususiy mulkchilik saqlangan holda yer – yaylovlar umumjamoa, qabilaga tegishli bo’lgani, boy chorvadorlarning yollanma mehnatdan foydalangani, bir nechta qabilalarning harbiy ittifoqlarga birlashib, ularning o’z qo’shini mavjudligi, dashtning ma’lum qismini nazoratda tutadigan qabilaviy tashkilot faoliyati, jamiyatning asosi esa urug’chilik an’analariga tayanishi kabi qator xususiyatlarni sanab ko’rsatadi. Ularga asoslanib, muallif O’rta Osiyo aholisida kuchli mulkiy va ijtimoiy differensiya jarayoni va sinflar tashkil topishi, ya’ni sinfiylik jamiyati mukammal tugallanmagan ko’rinishda bo’lgan, degan xulosaga keladi.
S. P. Tolstov Xorazm bilan kuchli aloqada bo’lgan massaget qabilalarida asta-sekinlik bilan davlatchilik shakllanganligini ta’kidlagan. Biroq, keyinchalik, ushbu fikrni tasdiqlaydigan materiallarning kamligi tufayli unga turlicha e’tirozlar bildirilgan.
Gerodot skiflarning o’z podshosi borligi, Plutarx ularning podsholaridan Idanfirs, Ateya haqida, Strabon esa ko’chmanchi skiflar podshosi Sirm haqida ma’lumot berib, ularning oddiy odamlar ekanligini ta’kidlaydi. Sak va usunlarning o’troq hayot tarzi bilan bog’liqligi haqidagi ma’lumotlar ularda ijtimoiy munosabatlar rivojlanganligini ko’rsatadi.
Eramizdan avvalgi I ming yillik boshlariga kelib dastlabki davlat konfederatsiyalariga asos solinadi. “Avesto”da ular “turlar” deb nomlanadi. Antik manbalarda Sirdaryo havzasi sak qabilalari konfederatsiyasi tashkil topgan hududlardan biri bo’lib, bu saklarning kamonda jang qiluvchi va undan bexato otuvchi, mergan Yaksart saklari – saka-xaumavarkalar ekanligi ta’kidlanadi. K. A. Abdullaev ba’zi tadqiqotlarda saka-xaumovarkalarni saka amyurgiyalar bilan chalkashtirish hanuz davom etayotganligini uqtirib, ko’plab yozma manbalar tahlili asosida, “xaoma iste’mol qiluvchi xaumovarkalarning yashash joyi Sirdaryo o’rta oqimida bo’lgan”, – deb ta’kidlagan edi.
Markaziy Osiyodagi davlatlar vaqtinchalik ahamiyat kasb etuvchi qabila ittifoqlari tarzida mavjud bo’lgan. Ushbu qabila ittifoqlari ayrim vaqtlarda tarqalgan va yana vaziyatga qarab qaytadan tashkil etilavergan. Mazkur siyosiy birlashmalarda xalq yig’ini muhim rol o’ynagan. Xalq yig’inida barcha qurolli aholi qatnashib, unda urush yoki sulh masalalari hal qilingan.
Yunon manbalarida O’rta Osiyo ko’chmanchi chorvador xalqlarining xo’jalik hayoti, turmush tarzi va urf-udumlari haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. O’rta Osiyo xalqlarida do’stlik, vafo va sadoqat juda qadrlangan. Bolalar hali go’dakligidayoq do’st tutishga o’rgatilgan. O’rta Osiyo xalqlarining ma’naviy hayoti, dini ularning tasavvurlarida ham aks etgan. Ularning dinini ibtidoiy deb bo’lmaydi. Qang’uylar, jumladan, O’rta Sirdaryobo’yi xalqlari zardushtiylik dinidagi xudolardan bo’lgan Farn ilohiga sig’inishgan. Ushbu iloh hukmdorlarning panohi va qo’riqlovchisi, shuningdek, uy, oila va sog’liqni saqlovchi xudo hisoblangan. Bu xudo qo’y ko’rinishida, deb qabul qilingan. Qovunchi madaniyati sohiblarida mashhur hind eposi “Maxabxarata”da ta’kidlangan ho’kiz (qoramol)ga sig’inish bilan bog’liq odatlar ham mavjud bo’lgan. Xitoy yilnomasi “Veyshu”da turklar diniga xos bir nechta aqidalar ko’rsatilgan.
Chorvadorlarning udum va marosimlari haqida Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’atut turk” asarida ham ko’p ma’lumotlar berilgan. Unda “tun kun topun tangriga buyinmag’il korkun angar iymani o’ynamag’il”, ya’ni “kecha-kunduz ulug’ tangriga ibodat qil, yo’ldan ozib adashma, xudodan qo’rq, undan uyal”, degan jumlalarni o’qish mumkin. Bunda xudo sifatida Ko’k Tangriga e’tiqod ta’kidlanmoqda. Ko’k Tangriga sig’inish O’rxun bitiklarida ham qayd etilgan: “Avval yuqorida moviy osmon, quyida qora yer bo’lgan. Ular o’rtasida inson bolalari paydo bo’ldi”. Osmon ruhi deganida aynan Ko’k Tangrini anglaganlar. Ko’kka qurbonlik keltirish odati turkiy xalqlarda, hatto XIX asr oxirlarida ham mavjud bo’lgan.
Atoqli rus olimi A. B. Ditmar qadimgi skiflar haqida bir qator yirik tadqiqotlar olib boradi va ularning kelib chiqish tarixi haqida o’zining qimmatli fikrlarini bildiradi va: “Skiflar O’rta Osiyodan tarqalgan edi”, - deb qayd etadi. A. B. Ditmar o’zining “Skifiyadan yelefantingacha” nomli tadqiqotida ular (skiflar)ning tili shimoliy Eron tillari gruppasiga kiradi, shuningdek, ular O’rta Osiyoda yashagan sak va massaget qabilalari bilan urug’dosh edi, – degan fikrlarni bildiradi.
Gerodotning yozishicha, skiflarning shimol tomonida melianxlenlar qabilasi yashar edi. Ular hamma vaqt qora tusda kiyinib yurar edilar. Urf-odatlari skiflarnikiga yaqin turardi. Ushbu qabilalarning tillari ham nevrov qabilalari singari eski slavyan tillari guruhiga kirar edi. Shimol tomonda juda sovuq bo’lgan keng yalangliklar joylashgan edi. Tanais daryosi bilan Meotida – Azov dengizi o’rtasida sarmat qabilalari yashar edi. Ular shimol tomonga cho’zilgan o’n besh kunlik keng o’lkada yovvoyi va xonaki daraxtlar ichida yashardi. Ular skiflar tilida gaplashardi, biroq ularning tillari qadimdan shakllangan edi. Sarmatlarnnng urf-odatlari skiflarnikiga sira ham o’xshamas edi. Sarmatlar (sara-matlar) skif qabilalariga qarindosh edi.
Strabonning “Geografiya” asarida Markaziy Osiyoda yashovchi sak, so’g’d, skif, massaget qabilalari o’tmishi alohida qayd qilib o’tiladi. Asarning XII–XIV boblarida Kichik Osiyo tarixi yoritilgan bo’lsa, XV bobdan esa Eron va Hindiston haqida qimmatli ma’lumotlar olish mumkin. Asarning XVI bobi Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Assiriya, Vaviloniya, Mesopotamiya, Suriya, Finikiya va Arab mamlakatlaridan hikoya qilsa, XVII bob esa Misr, Efiopiya va Liviya o’lkalariga bag’ishlangan.
Strabon Kaspiy dengizining sharqiy qismida yashovchi massagetlar hayotiga to’xtalar ekan, ushbu qabilalar haqida o’zidan oldin yashagan muarrixlar qariyb hech narsa yozmaganligini qayd etadi. Muallif Qora dengizning shimoliy qismida yashovchi skif, sarmat qabilalari haqida to’xtalar ekan, ushbu joylarni “varvarlarning yerlari” deb ataydi.
Xitoy yilnomalari. Sima Syan “Shi Szi” (“Tarixiy esdaliklar”) asarining muallifi bo’lib, taxminan mil.avv. 145 yoki 135–86 yillarda yashagan. Sima Syan “Shi Szi” (“Tarixiy esdaliklar”) nomli 130 bobdan iborat yirik tarixiy asar yozib qoldirgan. Asar Xitoyning qadimiy zamonlardan to miloddan avvalgi I asr boshlariga qadar bo’lgan tarixini o’z ichiga oladi. Asarda O’rta Osiyo, uning 123- bobida, xususan, Farg’ona vodiysi va uning qadimiy aholisi haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud.
Ban Gu “Syan Xan shu” (“Avvalgi Xan sulolasining tarixi”) asari (39–92 yy.). Ban Guning “Syan Xan shu” asarida, xususan, uning 95- bobida Markaziy Osiyo (ayniqsa, qang’li, yuechji va usunlar haqida) va Sharqiy Turkistonning qadimiy tarixi, aholisi va uning kundalik hayoti haqida muhim ma’lumotlarni uchratish mumkin.
Fan Xua “Xou-Xan shu” (“Keyingi Xan sulolasi tarixi”) (398–445 yy). Fan Xua Xitoyning avvalgi Xan sulolasi davridagi tarixini o’z ichiga olgan “Xou-Xan shu” nomli katta asar (130 bobdan iborat) muallifi. Asarda Markaziy Osiyo, Sharqiy Turkiston va Jung’oriyaning tarixi hamda aholisi haqida diqqatga sazovor ma’lumotlar mavjud.
So’g’d tilida bitilgan yodgorliklar. So’g’d tilidagi manbalar asosan, miloddan avvalgi IV – milodiy X asrlarga oid bo’lib, turli mazmundagi huquqiy hujjatlar: ahdnomalar, nikoh shartnomalari, oldi-sotti hujjatlari, tilxatlar, So’g’d, Shosh, Turk va Farg’ona hukmdorlari o’rtasidagi yozishmalar, xo’jalik hujjatlari hamda farmonlardan iborat. Ushbu hujjatlar So’g’diyona, Mug’ qal’asi, Afrosiyob, Qirg’iziston va Sharqiy Turkiston hududlaridan topilgan. Bular orasida Mug’ qal’asi xarobalaridan 1932 yilda topilgan hujjatlar alohida ahamiyatga ega. Hujjatlar 1932 yilning bahorida Tojikistonning Varziminor (hozirgi Zaxmatobod) tumaniga qarashli Xayrobod qishlog’ida yashagan A. Po’lotiy tomonidan ochilgan. Hujjatlar soni 79 ta bo’lib, bulardan 74 tasi qadimgi so’g’d, 1 tasi arab, 3 tasi xitoy va yana biri turk tilidadir. Ular har xil materiallar: charm, taxta va qog’ozga yozilgan. Hujjatlar so’g’d dehqoni, katta yer egasi va mahalliy hukmdor Devashtich (708–722 yy.) va yirik mansabdorlar – framandar, shuningdek, Xoxsar hamda Kshtut dehqonlarining shaxsiy arxiviga tegishli bo’lib, So’g’dning VIII asrning birinchi choragidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini o’rganishda muhim manba hisoblanadi. Mug’ qal’asidan topilgan hujjatlar A. A. Freyman, A. V. Vasilev, I. Yu. Krachkovskiy, M. N. Bogolyubov, V. A. Livshits, M. Is’hoqov, U. N. Mansurov hamda O. I. Smirnovalar tomonidan batafsil o’rganilgan.
Mug’ qal’asi hujjatlarining topilishi tarixi va ular haqidagi dastlabki ma’lumotlar 1934- yilda Leningradda maxsus to’plam shaklida “Cogdiyskiy sbornik”da e’lon qilindi. Ayrim hujjatlarning tarjimasi I. Yu. Krachkovskiy va A. A. Freyman tomonidan 1930- yillarda e’lon qilindi. Huquqiy hujjatlar va maktublar tarjimasi, zarur izoh va tadqiqotlar bilan V. A. Livshits tomonidan chop qilindi. 1961 va 1965- yillarda O’zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti xodimlari ilmiy safar chog’ida Samarqandning Afrosiyobida V–VI asrlarga oid saroy xarobalarini ochdilar. Saroy mehmonxonasining devorlari turli mazmundagi rasmlar bilan bezatilgan bo’lib, ular orasida oq kiyim kiygan Chag’oniyon elchisining surati ham bor. Uning etagiga so’g’d tilida o’n olti satrdan iborat ishonch yorlig’i yozilgan edi. Ushbu yozuvlar VII asr o’rtalaridagi xalqaro munosabatlar tarixini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Samarqandda topilgan yozuvlar IX asrga oid uchta: so’g’d, qadimgi turk va xitoy tillarida yozilgan turk xoqonining qabr toshidagi bitiklar hisoblanadi. Bunday hujjatlar so’g’diylarning Qozog’iston, Qirg’iziston hamda Sharqiy Turkistondagi savdo koloniyalaridan ham topilgan. Bular orasida ayniqsa A. Steyn (1862–1943) tomonidan 1907 yilda Dunxuan (Xitoyning Gansu viloyati) va Turfon (Sharqiy Turkiston)dan topilgan hujjatlar, Talas daryosining o’ng sohilida, hozirgi Talas shahridan 7 km shimolda joylashgan Kulonsoy hamda Teraksoy daralarida qoyatoshlarga o’yib bitilgan yozuvlar alohida e’tiborga molik.
Mazkur yozuvlar IV–XI asrlarda So’g’d koloniyalarining ijtimoiy ahvoli haqida, ayniqsa O’rta Osiyo va Uzoq Sharq mamlakatlari o’rtasidagi savdo aloqalari va bunda so’g’diylarning roli haqida qimmatli ma’lumot beradi. Dunxuan va Xo’tan hujjatlari A. Steyn, Talasdan topilgan yozuvlar esa V. A. Kallaur, M. Ye. Masson, D. F. Vinnik, A. A. Asanaliyev, K. Ashiraliyev va U. Jumagulovlar tomonidan o’rganilgan.
“Xvaday namak” (“Podshohnoma”). “Xvaday namak” (“Podshohnoma”) qadimgi Eronning 627 yilgacha bo’lgan ijtimoiy-siyosiy hayotidan ma’lumot beruvchi tarixiy asar bo’lib, pahlaviy tilida yozilgan. Sosoniylar podshosi Yazdigard III (632–651 yy.)ga yaqin kishi tomonidan 632–637 yillar oralig’ida yozib tugallangan. Asar ayniqsa, Ahamoniylar, Ashkoniylar va Sosoniylar tarixi bo’yicha muhim manbalardan biri hisoblanadi. “Xvaday namak”ning o’zi ham, mashhur shoir, olim va tarjimon Abdulloh ibn Mukaffa (721–757 yillar) tomonidan qilingan tarjima (“Siyar al-muluk” deb atalgan) ham bizgacha yetib kelmagan. Lekin, uning ayrim parchalari Yaqubiy (897 yoki 905 yilda vafot etgan), ibn Qutayba (828–889 yillar), Tabariy, ibn al-Asir, shuningdek, Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”sida saqlanib qolgan.
Al-Xorazmiyning “Kitob at-tarix” va “Kitob surat ul-arz” asari. Xorazmiyning “Kitob at-tarix”, ya’ni “Tarix kitobi”da Xuroson, Kichik Osiyo va Movarounnahrning VIII–IX asrlardagi tarixiga oid qisqa va aniq ma’lumotlar o’z ifodasini topgan.
“Kitob al-surat al-arz”. Mazkur asar ham al Xorazmiy tomonidan yozilgan bo’lib, yunon olimi Ptolemeyning jo’g’rofiyaga oid kitobini arab tiliga tarjima qilgan va uni o’zining yangi ma’lumotlari bilan boyitgan. “Kitobi surat al-arz” (“yer tasviri kitobi”) asarida Kaspiy dengizi yoki Xorazm dengizi haqida qimmatli ma’lumotlar bor. Ushbu tarixiy jo’g’rofiyaga oid asardagi Markaziy Osiyoga oid ma’lumotlar katta ilmiy ahamiyatga ega. Kitobning 937- milodiy, hijriy 428 yilda ko’chirilgan mo’tabar qo’lyozmasi bizgacha yetib kelgan bo’lib, unga turli xaritalar chizib, ilova qilingan. Ushbu qo’lyozma matni 1926- yilda sharqshunos X. M. Mjik tomonidan Leypsigda nemis tilida nashr qilingan. Kitobni o’zbek tiliga Ashraf Ahmedov tarjima qilib, ilmiy sharhlar bilan 1983- yili chop etgan.
“Hudud ul-olam”. “Hudud ul-olam” fors tilida yozilgan (982- y.) birinchi jo’g’rofiy xarakterdagi asardir. Kitobning to’la nomi “Hudud al-olam min-Mashriq ilal-Mag’rib” (“Sharqdan G’arbga qarab joylashgan mamlakatlarning chegaralari”)dir. Asarning muallifi noma’lum bo’lib, u Guznono (Afg’onistonning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan qadimiy viloyat) hokimlari (Faruginiylar)dan biriga atab yozilgan. Kitobning yagona qo’lyozma nusxasi sharqshunos A. G. Tumanskiy (1861–1920 yillar) tomonidan 1892 yilda Buxoroda topilgan.
“Hudud ul-olam” asari muqaddima va 59 ta bobdan iborat. Uning 1–7 boblarida yerning tuzilishi, dengizlar, orollar, tog’lar, daryolar, cho’lu biyobonlar hamda dunyoning inson yashaydigan to’rtdan bir qismi – rub’i maskun va unda istiqomat qiluvchi xalqlar, rub’i maskunning mamlakat hamda viloyatlariga taqsimlanishi haqida umumiy mulohaza yuritiladi. 59-bobida sharqdan g’arbga qarab joylashgan mamlakatlar, ularning xalqi, o’sha mamlakatlarda ishlab chiqariladigan asosiy matolar, ayrim o’rinlarda esa savdo-sotiqning umumiy ahvoli xususida so’z boradi. “Hudud ul-olam” asarida Markaziy Osiyo, xususan, uning shaharlari, aholisi va ularning mashg’ulotlari haqida qimmatli ma’lumotlarni uchratish mumkin. 1983- yilda asarning tojikcha varianti nashr etilgan. Ushbu kitob fors tilidagi ilk tarixiy-jo’g’rofiy manba sifatida juda qimmatli asar hisoblanadi.
V asr o’rtalarida Eftalitlar davlati shakllanishi oxiriga yetdi. Eftalitlar davri bo’yicha asosiy manbalar rimlik tarixchi Ammian Marselin (IV asr), vizantiyalik tarixchi Prisk Paniyskiy, Prokopiy Kesariyskiy va Feofan Vizantiyskiy asarlaridir. Suriyalik yozuvchi Zenob Glakning yunon tilida yozilgan “Eftalit podshohlari tarixi” asari ham asosiy manba hisoblanadi.
Eftalitlar tarixi bilan shug’ullanuvchilar ko’pchilikni tashkil etsada, ularning etnik tarkibi, tabiati haqida nuqtai nazar mavjud emas. Eftalitlar turli tillarda turlicha nomlanadi: kitoblarda ye-da yoki i-da, armanlarda xeptal, idal, tetal, arablarda – xaytal, yaftal, yunonlarda – adel, eftalit, suriya manbalarida – abdel, eftalit, o’rta fors tilidagi manbalarda – yeftal, xeftal, tojik-fors tilidagi manbalarda – xetal, xaytal.
Xitoy manbalarda eftalitlarning kelib chiqishi haqida juda ko’p taxminlar bor, lekin ular bir-biriga qarama-qarshidir. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, eftalitlarning kelib chiqishi va so’zning ma’nosi to’g’risida tarixchilar o’rtasida yagona fikr yo’q.
VI asr o’rtalariga kelib Markaziy Osiyoda yirik ko’chmanchilar davlati – Turk xoqonligi tarkib topdi. Ushbu davrga oid ma’lumotlar yetarli, biroq ular bir-biriga qarama-qarshi va aniq ma’lumotlar bermaydi. Mazkur davrga oid voqealar Tabariyning “Tarix ar-rasul va-l mulk” va Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asrida ham bayon etilgan.
Turk xoqonligi bilan bog’liq ba’zi masalalar I. Bichurin, V. V. Bartold, A. Yakubovskiy, A. Bernshtam va boshqa olimlarning asarlarida bayon qilingan. “Turk” atamasi etnik mazmunni anglatmay, bir necha qabila va xalq birlashuvini bildiruvchi siyosiy atama sanalgan. S. P. Tolstovning fikricha, “Turk” so’zi “yosh, uylanmagan jangchi” ma’nosini anglatadi. Ushbu so’z qabila an’analari va nihoyat siyosiy jihatdan birlashgan xalqlarning umumiy nomiga aylangan.
Yozuv insoniyat tarixida muhim ahamiyat kasb etgan. Yozma yodgorliklar ham insoniyat tarixida o’ziga xos o’rin tutadi. Turkiy xalqlar tarixini o’rganishda yozma manbalar, ular orasida O’rxun daryosi qirg’oqlaridan topilgan yozuvlar muhim manba vazifasini o’taydi. Ushbu bitiklarni o’qish daniyalik olim Vilgelm Tomson va rossiyalik olim V. V. Radlovlar zimmasiga tushdi.
1893- yilning oxirida V. Tomson O’rxun daryosi qirg’oqlaridan topilgan yozuvlarni o’qiganligi haqida Daniya qirolligi FA yig’ilishida axborot berdi. Tomsondan keyin Radlov ham 1894- yil 19- yanvarda Rossiya FA yig’ilishida Kulteginga bag’ishlangan bitiktoshni o’qiganligi haqida ma’lumot berdi. V. Tomson va V. Radlovlardan keyin bitiktoshlarni turli tillarga tarjima qilish hamda nashr etish ishlari bilan M. P. Melioranskiy, S. Ye. Malov va I. V. Stebleva shug’ullandilar. Bu borada o’zbek olimlaridan A. Fitrat, O. Sharofiddinov, A. Qayumov, T. Salimov, G’. Abdurahmonov va A. Rustamovlarning xizmati katta.
Yurtimiz tarixini o’rganishda Xitoy manbalarining ham ahamiyati katta. Miloddan avvalgi II asrda yashagan xitoy tarixchisi Sima Syan o’tgan davr davomida bitilgan va saqlanib qolgan xotiralarni jamlash hamda o’rganish asosida o’zinig mashhur “Tarixiy xotiralar” nomli asarini yozgan edi. Shundan so’ng Xitoyda tarixiy asarlarni yozish tez rivojlandi. Milodiy 319- yildan boshlab tarixshunoslikka oid asarlar ham vujudga kelgan. Xitoyda yaratilgan “Ershi sishi” (24 tarix) asari 3,5 ming yillik tarixiy voqealarni o’z ichiga oladi. 24 ta tarixiy asar xoqonlar nazorati ostida bitilganligi uchun uning o’ziga xos kamchiliklari mavjud. Masalan, ayrim voqealarni bayon etish va ularga baho berishda hukmron sulola manfaati ustun qo’yilgan, o’zgalarning nuqtai nazari hamda manfaati hisobga olinmagan. Ushbu manbalarning Turkiston tarixi uchun benihoya ahamiyati – bulardan boshqa manbalarda uchramaydigan ma’lumotlarning mavjudligidir.
Turkiston tarixi bilan bog’liq xitoy manbalarini o’rganishda va tarjima qilishda Rossiya olimlari ichida N. Ya. Bichurinning xizmati benihoya katta. O’zbekistonda Xitoy manbalarini o’rganish bo’yicha Ablat Xo’jaevning tadqiqodlari muhim ahamiyatga ega. Turk xoqonligi tarixi rus olimi L. N. Gumilyovning tadqiqotlarida ham o’z aksini topgan. Ayniqsa, uning “Qadimgi turklar” asari bu borada yirik tadqiqot hisoblanadi. O’zbek olimi Nasimxon Rahmon “Turk xoqonligi” asarida turklar tarixi, yozuvlari va afsonalari haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.
2. Moddiy madaniyat qurollarining paydo bo’lishi insonlar hayotiga qanchalik katta ta’sir ko’rsatgan bo’lsa, qo’lyozma va bosma kitoblarning paydo bo’lishi ham insoniyat madaniyati taraqqiyotiga shunchalar katta ta’sir ko’rsatdi. Markaziy Osiyo xalqlarining Arab xalifaligi tarkibiga kirishi arafasi va undan keyingi ahvoli haqida gap borganda, so’zsiz arabcha, forscha va qadimgi turkiy-runiy yozuvlariga murojaat qilish mumkin. Tarixda uch joydan Markaziy Osiyo tarixiga oid hujjatlar arxivi topilgan. Hozirgi Turkmanistonning Niso shahrida – Parfiya davlati (mil.avv. I asr), Tuproqqal’a (III asr) – Xorazm davlati, Mug’ tog’i (Samarqand)da esa So’g’diyona hujjatlari (VII asr) topilgan.
Markaziy Osiyo tarixidan daliliy ashyolarga boy ma’lumotlarni o’rta asrlar yashagan muarrix Tabariy asarlari, shu asarning Bal’amiy tuzgan forscha-tojikcha nusxasi va jahonshumul qomusiy olim Beruniy asarlaridan topish mumkin. VII asr boshlarida yirik arab davlati tashkil topdi va ushbu davlat bosqinchilik yurishlari natijasida juda katta hudud, jumladan, Movarounnahr va Xorazmni bosib oldi. Arablar bosqini va hukmronligiga oid adabiyotlarning katta qismini arab tarixshunosligi tashkil etadi.
Arab tarixshunosligi to’g’ridan-to’g’ri folklor (xalq ijodi) va adabiy an’analari, shuningdek, ilohiyot – Qur’on an’analari bilan uzviy bog’liq.
Tabariy va Narshaxiy asarlarini tarixshunoslik yuzasidan tahlil qilishdan avval islom diniga oid bir masala ustida to’xtalish kerak. Jumladan, sharqshunoslar – I. Xoliqov, B. Shamsuddinov va A. Irisovlarning fikricha, imom Ismoil Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Abu Dovud Sijistoniy, Ahmad an-Nasaviy, ibn Madj al-Qazviniy va boshqa muhaddislar to’plagan hadislar bir yarim millionga yetadi. Bulardan Imom Ismoil al Buxoriyning “Sahih” to’plami qimmatliligi jihatidan “Qur’on”dan keyingi, ya’ni ikkinchi o’rinda turadi.
Gap shundaki, al-Buxoriy jahonga tanilgan buyuk muhaddis bo’libgina qolmay, o’z zamonasining atoqli tarixchisi ham edi. Uning “Jome at-tavorix” asari kichik tarix, o’rtacha va katta tarix deb nomlanuvchi uch qismdan iborat. Ismoil Buxoriyning 1974- yilda topilgan “Kichik tarix” va “O’rtacha tarix” kitoblari Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining Sharq qo’lyozmalari fondida saqlanmoqda. Ammo ushbu asar ham tadqiqotchilarga unchalik ma’lum emas. Markaziy Osiyoning X–XI asrlardagi tarixi tarixshunosligi V. V. Bartold, V. I. Belyaev, Ye. A. Belyayev, A. A. Romaskevich, I. Yu. Krachkovskiy, B. G’ofurov va ayniqsa, K. Brokkelman va S. A. Stou asarlarida keng yoritilgan.
Tabariyning mashhur asari “Tarixi ar-rasul-val-muluk” (“Payg’ambarlar va mamlakatlar tarixi”) yoki “Tavorixi Tabariy” deb ataladi. 963 yilda ushbu asarni Bal’amiy qayta ishlab, fors tiliga tarjima qilgan edi. Mazkur asarning tarjimasi ko’p nusxada ko’chirilganligi uning shuhrat topganligini ko’rsatadi.
At-Tabariy o’z asarini yozishda o’zidan avval o’tgan Abdul-Hasan Ali ibn Muhammad al-Madoiniy (V. V. Bartoldning yozishicha, hijriy 215–225, milodiy 830–840- yillarda vafot etgan)ning asaridan keng foydalangan. Asar kompilyativ (avvalgi tarixchilarning asarlariga suyanish) xususiyatiga ega. Ammo, Al-Madoiniy o’z hikoyatlarini boshqa arab tarixchilaridan farqli ravishda, tarixiy asarlardan ko’ra epik xalq dostonlariga o’xshatib yozgan. O’rta asr arab prozasi uchun bunday hol tabiiy edi. At-Tabariy arab tarixchilaridan birinchi bo’lib, tarixiy voqealarni aniq tarixiy dalillar asosida yoza boshlagan. Arab tarixshunosliginig ilk davri At-Tabariyning “Tarixi ar-rasul va-l mulk” asari bilan yakunlanadi. Mazkur asar -tarixiy obidalar, hikoyalar, folklor va afsonalarni o’z ichiga olgan islom olami tarixiga doir eng mo’tabar majmuadir.
Arab tarixshunosligida, shuningdek, ayrim mintaqa, iqlim-davlatlar, mamlakatlar, shaharlarning tarixiga oid o’ziga xos ayrim tarixiy-qomusiy asarlar ham vujudga keldi. Ana shunday asarlardan biri Narshaxiyning “Buxoro tarixi”dir. Ushbu asarda VIII–XII asrlarda yuz bergan tarixiy voqealarni bayon qilinar ekan, musulmon tarixshunosligi nuqtai nazaridan kelib chiqib, islom asoslari va fiqhni himoya qiladi. Shu tufayli xalqning ahvoli va arab bosqinchilariga qarshi harakat (masalan, Muqanna boshchiligidagi xalq harakati) qoralanadi. Mahalliy zodagonlarning unga qarshi harakati ma’qullanadi. Ammo, shunga qaramay, VII–X asrlar tarixiy voqealarining xolisona bayoni uni qimmatli manba darajasiga ko’taradi. Busiz Markaziy Osiyo xalqlarining arablar hukmronligi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ahvoliga, keng xalq ommasining bosqinchilarga qarshi kurashiga baho berish mushkul. Ushbu asarning forsiy matni 1892, 1894, 1904 va 1939- yillarda Parij, Buxoro va Tehronda chop etilgan. Kitob rus, ingliz va o’zbek tillariga (1897, 1954, 1966 yillar) tarjima qilingan. “Buxoro tarixi”ning hozirgi tarixshunoslik uchun qimmatli manba ekanligi shubhasizdir.
3. Musulmon uyg’onish davri haqidagi tarixiy adabiyotlar va uning Markaziy Osiyoga ta’siri arablar tarixshunosligining kelib chiqishi va g’oyaviy-nazariy asoslariga ko’ra, eng avvalo, folklor – adabiy an’nalar va ilohiy Qur’on kompleksi bilan bog’liq. Yuqorida qayd etilganidek, tarixga bag’ishlangan risolalar islom jamoasining siyosiy va intellektual jihatdan faol qismi ifodalanadigan faoliyati tarixi mavzusi bilan bog’liq. IX asrning ikkinchi yarmiga kelib, At-Tabariyning “Tarix ar-rasul va-l-mulk” (“Payg’ambarlar va shohlar tarixi”) asari bilan tugallangan tarixshunoslikning ilk davri shakllangan edi.
IX asrning ikkinchi yarmila arab tarixshunosligida yagona yoki takrorlanuvchi o’ziga xos asarlar ham vujudga keldi. Ular jumlasiga ibn Qutayba (889- yilda vafot etgan)ning tarixiy qomusi va ash-Shabusariyning (998- yillar atrofida vafot etgan) xristian monastirlari tarixiy toponimik ma’lumotlarini kiritish mumkin. Odatda, bir-ikki jildga jamlangan juda muhim asarlar, asosan, IX–XI asrlarda yaratilgan. Ushbu kitoblar “Mashhur arab jo’g’roflari kutubxonasi”ni tashkil etgan.
Mazkur davrdagi sayohatnoma, ma’muriy-jo’g’rofiy ma’lumotnoma va jo’g’rofiy asarlarda juda boy tarixiy-toponimik ma’lumotlar mavjud. IX-XI asrlarda yaratilgan asarlar “mashhur arab jo’g’roflari kutubxonasi”ni tashkil etgan. Ibn Xurdodbeh (846–847 yillar)ning umumjahon miqyosidagi jo’g’rofiy asari, Ibn al-Faqihning jo’g’rofiy asari, Ibn Rusta, ibn Fudlan, Mas’udiy, Istaxriy, ibn Havqal va Maqdisiylar asarlari juda muhimdir. Shuningdek, noma’lum muallifning “Hudud al-olam” jo’g’rofiy asari va Bayramning “Jahonnoma” asari muhim manba bo’lib xizmat qiladi.
Arab jo’g’rofiy adabiyoti va uning ahamiyati haqida I. Yu. Krachkovskiy bunday deb yozgan edi: “Ispaniyadan Turkistongacha bo’lgan mamlakatlar va Hind tog’i etaklaridagi aholi maskanlarini aniq sanab, cho’l va madaniy joylarini tavsiflab, madaniy ekinlarning tarqalish ko’lami, foydali qazilmalar o’rnini ko’rsatgan holda, fizik-jo’g’rofiy va ob-havo sharoitini, xalq turmushi, sanoati, madaniyati, tili, diniy ilmlarini ko’rsatgan holda (ma’lumotlar xalifalik viloyatlari hududi bilan chegaralanib qolmasdan, balki greklarga tanish dunyodan ancha chetga chiqdi) u shunday keng, tugal ma’lumot beradiki, unga o’xshashini bu davrda hech qaerda topib bo’lmas edi”.
Mashhur sharqshunos Ye. Bertels Uyg’onish davrining rivoji va uning Markaziy Osiyoga ta’sirini eng avvalo, xalq ommasining arablarga qarshi tinimsiz kurashi va ularning arab hukmronligiga qarshi olib borgan ijtimoiy-siyosiy kurashi natijasi bilan bog’laydi.
XIX asr ikkinchi yarmida tarixchi L. Ranke tarixiy tahlilning va ilmiy tadqiqotning yangi uslublarini taklif qildi. U tarixchining shiori “Orqaga – manbalarga!” bo’lishi kerak, degan xulosaga keldi. Biroq, uning g’oyalari milliy jihatdan chegaralanganligi va yevrotsentrizm ruhi bilan sug’orilganligi o’zining shogirdi Ya. Bukxard tomonidan tanqid qilindi. Jumladan, Ya. Bukxard insoniyatning moddiy va ma’naviy madaniyati tarixini yoritishni birinchi o’ringa qo’yishni talab qildi.
Uning Italiya uyg’onish davri haqidagi asarlari mashhur bo’lib, u “renessansizm” oqimiga asos soldi. Oqimning ko’zga ko’ringan vakillaridan biri yirik sharqshunos olim, Musulmon Uyg’onish davrini o’rganishga ko’p umrini bag’ishlagan Adam Mets (1869–1917) dir. A. Mets 1917- yil dekabrda “Musulmon Uyg’onish davri” asarini tugatishga ulgurmay vafot etdi. Uning shogirdi Rekendorf ushbu kitob ustida tinimsiz ishlab, 1922- yilda chop etishga muvaffaq bo’ldi. A. Metsning mazkur asari 1973- yilda rus tilida ham nashr etildi. Kitobning sarlavhasi yo’q bo’lib, uni Musulmon Uyg’onish davri tarixi sifatida qabul qilib kelindi. Ushbu kitobning arabcha tarjimasi musulmon olamida katta shov-shuvga sabab bo’ldi. Adam Mets musulmon davlati madaniy hayotidagi chuqur o’zgarishlar, uning hayoti va qadim zamon madaniyatiga vorislik belgilarini tahlil qilgan edi. Bu haqda V. Bartoldning fikricha, yevropa uyg’onishi va Musulmon madaniyati ravnaqi tushunchalari asosan, bir-biriga o’xshash va mos tushunchalardir. Shu bois ham kitobni “Islom dunyosidagi Uyg’onish” deb atash to’g’ri bo’ladi.
Musulmon tarixshunosligi bevosita shariat va islom aqidalari bilan bog’liqdir. Musulmon olimlari tarixiy voqealarni islom aqidalari, Allohning qudrati va qazoi taqdir bilan bog’laylilar. Qur’oni Karimda yozilishicha, inson tirik ekan, u Allohning irodasi bilan ish ko’radi. Tarixchi esa jamiyatda yuz beradigan voqealarning sabablarini shariat qoidalari bilan uyg’unlashtirishi zarur edi. Chunki har qanday mantiqiy fikrlash voqealarning sababini aniqashni taqozo etadi.

Yüklə 255,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə