Amir temur va temuriylar davri tarixshunosligi. Reja: Tarixshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Tarixshunoslik tadqiqotlarining tahlil usullari



Yüklə 255,5 Kb.
səhifə5/6
tarix28.11.2023
ölçüsü255,5 Kb.
#134757
1   2   3   4   5   6
ma\'ruza matni №1.

Muqaddimada, o’rta asrlarda tarix fanida hukm surgan an’anaga ko’ra, Tangri taolo, uning elchisi, payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vassallam va avlodlari sha’niga aytilgan maqtovlar, Odam Atoning yaratilishi hamda islomiyatdan avval o’tgan payg’ambarlar (Shis, Kaynon, Mahloyil va boshqalar), Nuh alayhissalom va uning farzandlari tarixi qisqacha bayon qilinadi.
Birinchi bobda Turkxon ibn Yofas hamda uning Turkiston zaminda podsholik qilgan avlodi, tatar-mo’g’ul va turk qavmlari hamda hukmdorlari tarixi bayon etilgan.
Ikkinchi bob turk-mo’g’ul xalqlarining afsonaviy onasi Alanquva va undan tarqalgan avlod, ya’ni podsholar (Buzunjor qoon, Buqoxon, Dutuminxon, Qobulxon, Boysung’urxon, Barton bahodir, Yasugay bahodir) tarixi, VIII asrda jaloyir qavmi boshliqlarining kuchayib ketishi haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Uchinchi bobda buyuk jahongir Chingizxon tarixi bayon etilgan. Ushbu bobda keltirilgan ma’lumotlar ichida asosiylaridan mo’g’ul qo’shinlarining tuzilishi, Chingizxonning oq rangdagi to’qqiz poyali tug’i, uning saroyida amalda bo’lgan tartib-qoidalar haqidagi ma’lumotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Yana shuni ham qayd etish kerakki, Chingizxon zamonida turk-mo’g’ul qavmlari daha (o’nlik), sada (yuzlik), hazora (minglik) va tumon (o’n minglik)larga bo’lingan. Chingizxon zamonida “hech kim, – deb aytiladi “To’rt ulus tarixi”da, – o’z dahasi, sadasi va hazorasidan boshqa joyga keta olmagay va boshqaning panohiga o’ta olmagay… bunga xilof ish tutganlarni xalq oldida qatl etadilar, toki boshqalarga ibrat bo’lsin”.
Asarning to’rtinchi bobi Chingizxonning Ulug’ yurt, ya’ni Mo’g’uliston bilan Shimoliy Xitoyni idora qilgan vorislari tarixiga bag’ishlanadi. Ushbu bobda Chingizxon vafotidan keyin to Amir Temur zamonigacha Mo’g’ulistonda hukmronlik qilgan 21 ta hukmdordan 17 tasining tarixi qisqacha bayon etilgan. Rashididdin esa bulardan faqat beshtasini, “Zafarnoma” asari muallifi Sharafuddin Ali Yazdiy esa 14 tasining nomini keltirgan.

Yüklə 255,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə