Amir temur va temuriylar davri tarixshunosligi. Reja: Tarixshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Tarixshunoslik tadqiqotlarining tahlil usullari


Mahmud Koshg’ariyning “Devoni lug’otit turk” asari



Yüklə 255,5 Kb.
səhifə2/6
tarix28.11.2023
ölçüsü255,5 Kb.
#134757
1   2   3   4   5   6
ma\'ruza matni №1.

Mahmud Koshg’ariyning “Devoni lug’otit turk” asari. Mahmud Koshg’ariy buyuk qomusiy olim bo’lib, yoshlik chog’larida xalq tilidagi so’z va iboralar, hikmatli so’z va maqollarni astoydil o’rgandi, ularni qunt bilan yozib bordi. Har bir so’z va iborani sharhlash hamda ma’nosini aniqlashga intildi. Ana shu qiziqish tufayli Mahmud Koshg’ariy turkiy xalqlar tarixi, tili, madaniyati va urf-odatlarini puxta o’rganish maqsadida butun Markaziy Osiyoni kezib chiqdi. O’zi to’plagan boy dalillar asosida xalqimizning buyuk olimi “Javohirun nahv fi lug’ati turk” (“Turkiy tillarning sintaksisi durdonalari”) va “Devonu lug’otit turk” (“Turk tilining lug’ati”) asarini yozdi.
Uning birinchi yozgan asari bizgacha yetib kelmagan yoki hali topilganicha yo’q. Olimning ikkinchi “Devonu lug’otit turk” asari 1074–1075 yillarda yozilgan. Bu haqda asarning o’zida quyidagi fikrlar bayon etiladi: “Bu kitobni yozgan yilimiz to’rt yuz oltmish oltinchi yilning muharram oyida ilon yili kirgan edi”. Ushbu asar muqaddima va lug’at qismdan iborat bo’lib, Markaziy Osiyo xalqlari madaniy hayotida alohida o’rinni egallaydi. Chunki, olim asarga dunyo xaritasini ham ilova qiladi va Kichik Osiyodan to Xitoy hududlarigacha cho’zilib ketgan hududlarda yashagan turkiy xalqlar tarixi, geografiyasi, etnogenezi, urf-odatlari, turmush tarzi va madaniyati to’g’risida g’oyatda qimmatli ma’lumotlarni beradi. Asarda turkiy qavm-urug’lar: qipchoq, o’g’uz, yamak, boshqirt, basmil, qay, yaboku, tatar, qirg’iz, chigil, yag’mo, tuxsi, igroq, jaru, jamil, uyg’ur, tangut, tabg’ochlardan tashqari fors, arab, xitoy va rus xalqlari haqida ham ma’lumotlar bor. Shunisi muhimki, shaharlarda so’g’d-turk ikki tilliligi rasmiy holat bo’lganligi Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida ham qayd etilgan.
Ushbu nodir qo’lyozma asar hozir Istanbulda saqlanmoqda. Asarda turkiy xalqlar og’zaki ijodi va yozma adabiyotiga doir 300 dan ortiq she’riy parchalar, maqollar, hikmatli so’zlar va lavhalar berilgan. Olim o’z asarida turkiy tillarga oid juda ko’plab so’z birikmalari, iboralar va talaffuz qoidalarini asoslab beradi. Bu jihatdan mazkur asarni oddiy lug’at deb emas, balki mukammal ishlangan grammatik qo’llanma sifatida baholash kerak bo’ladi.
Turkmanlar haqida dastlab Abu Rayhon Beruniy o’zining qimmatbaho toshlarni o’rganishga bag’ishlangan “Minerologiya” asarida ma’lumot bergan va “turkman” nomining etimologiyasi haqida yozgan. Xususan, uning fikricha, o’g’uzlarning bir qismi mahalliy aholi bilan qo’shilib ketib, islomni qabul qiladi va shundan keyin “turkman” deb atala boshlanadi.
Al-Utbiy va uning “Tarixi Yaminiy” asari. Abu Nasr al-Utbiy asarining qo’lyozma nusxalari ko’p bo’lishiga qaramasdan, asar bir necha bor nashr etilgan. Ayniqsa, “Tarixi Yaminiy”ga bo’lgan qiziqish XIX asr o’rtalarida yana kuchayib, mazkur davrda asarning arabcha nusxasi qayta-qayta nashr etiladi. Jumladan, asarning Mavlaviy Mamluk al-Ali va nemis olimi A. Shprenger tomonidan tayyorlangan dastlabki nashri 1847- yilda Dehlida chop etildi. 1870- (hijriy 1286) yilda Qohirada al-Utbiy asarining to’liq matni Shayx Ahmad al-Maniniy tomonidan tayyorlangan tarixiy-filologik sharhi bilan birgalikda (hoshiyasida) nashr qilindi. Shuningdek, “Tarixi Yaminiy” to’lig’icha 1290- (1874) yilda tarixchi Ibn Al-Asirning “Komil fi-t-tarix” asari X–XI jildlarining hoshiyasida Qohirada, nihoyat, al-Utbiy asarining olim Hamiduddin tomonidan tayyorlangan nashri 1883 yilda Lohurda chop etilgan.
“Tarixi Yaminiy” boshidan oxirigacha nasriy “saj” uslubida yozilgan bo’lib, shu tarzda yaratilgan dastlabki tarixiy-biografik asarlardan hisoblanadi. Ushbu asar muqaddima va qirq besh bob (zikr)dan iborat. Asarda voqealar jarayoni aksariyat o’rinlarda X asrning oxiri – XI asrning birinchi choragida Movarounnahr va Xuroson tarixiga ma’lum darajada aloqador bo’lgan shaxslarga bog’lab hikoya qilinadi.
Abdulfaraj Qudamaning “Kitob ul-xiroj va san’at al-kitoba” asari. Mazkur asar Arab xalifaligining ma’muriy bo’linishi, unga tobe bo’lgan mamlakatlar o’rtasidagi aloqa xizmati, soliq va moliya tizimining umumiy ahvoli haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Asarda Movarounnahrning geografik holati va uning turkiyzabon aholisi haqida ham muhim daliliy ma’lumotlarni uchratish mumkin.

Yüklə 255,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə