O’rta Osiyo xalqlari etnogenezi va etnik tarixining nazariy va ilmiy-metodologik asoslari



Yüklə 12,46 Kb.
tarix12.02.2022
ölçüsü12,46 Kb.
#83718
O’rta Osiyo xal-WPS Office


O’rta Osiyo xalqlari etnogenezi va etnik tarixining nazariy va ilmiy-metodologik asoslari

Tarix fanidagi mavjud ilmiy ishlanmaga ko‘ra, har bir xalqning kelib chiqish tarixi ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqich – etnogenez, ikkinchi bosqich – etnik tarixdan iborat. Xalq tarixining etnogenez qismi uning elat, xalq bo‘lib shakllanguniga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Xalq etnogenezi juda uzoq davom etadigan tarixiy va etnomadaniy jarayon. Uning ibtidosi qabila va qabila ittifoqidan boshlanadi. Qachonkim, aynan o‘rganilayotgan xalqning etnogenezi yakunlangach, uning etnik tarixi boshlanadi. Etnik tarix ham juda uzoq davom etadigan tarixiy va etnomadaniy jarayon bo‘lib, etnik tarix o‘z rivojining ma’lum nuqtasiga yetgach, uning millat bo‘lib shakllanish jarayoni boshlanadi. Mana shu ilmiy – metodologik asosdan kelib chiqqan holda xalqlarning etnogenezi va etnik tarixi o‘rganiladiXalqlarning kelib chiqishi masalasida, ya’ni etnogenez va etnik tarixni o‘rganishda maxsus nazariy va ilmiy metodologik ishlanmalar borki, ularga asoslanmay turib, biror xalqning kelib chiqishi haqida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish qiyin. Birinchidan, har bir xalq hozirda yashab turgan hududlari bilan azaldan bog‘likdir. Dunyoda biror xalq yo‘qki, o‘zining etnogenez bosqichida mintaqadagi boshqa etnik birliklar bilan aralashmagan bo‘lsa. Bu haqda O‘rta Osiyo xalqlari tarixining bilimdoni prof. S.P.Toltov shunday degan edi: «Hozirgi zamon O‘rta Osiyo xalqlarining birontasi ham qadimgi etnik guruhlarga bevosita borib taqalmaydi. Aksincha, ularning shakllanishida, yerli xalqlar va tevarak-atrofdan ko‘chib kelgan xalqlar har xil nisbatda o‘z aksini topgan»[1]. Bundan o‘zbek xalqi ham mustasno emas. Shunday ekan, Movaraunnahr va qadimgi Xorazm hududlari azaliy vatani bo‘lgan o‘zbek xalqining ilk ajdodlari ikki til – turkiy va eroniy tillar turkumidagi qabila va elatlar bo‘lib, ularning uzoq yillar davomida aralashuvi, qorishuvi jarayonida o‘zbek elati xalq bo‘lib shakllandi. Demak, o‘zbek xalqi ikki xil tillarda so‘zlashuvchi ajdodlardan, ya’ni etnik birliklardan tarkib topgan..Ikkinchidan, etnogenez va etnik tarixni o‘rganishda tadqiqotchi birinchi navbatda o‘rganayotgan xalq etnogenezining qachondan boshlanganligini aniqlab olmog‘i kerak bo‘ladi. Chunki, etnos faqat kishilik taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida paydo bo‘ladi[2]. Etnogenezning boshlangich nuqtasi esa etnosning qadim zamonlarda yashagan «ajdodlari»ga borib taqaladi[3].O‘zbek xalqining qadimgi ajdodlari kimlar edi? Ular Movaraunnahr va qadimgi Xorazmning turkiy va eroniy til lahjalarida so‘zlovchi tub joyli o‘troq va chorvador aholisidir. Bu ikki xil tilda so‘zlashuvchi qabila va elatlarning birinchi bor bir-birlari bilan aralashish jarayoni o‘zbek etnogenezining boshlanishi, dastlabki nuqtasi hisoblanadi.Taniqli sharqshunos olim, prof. A.Yu. Yakubovskiy 1941 yilda Toshkentda chop etgan «O‘zbek xalqining yuzaga kelishi masalasi haqida» nomli risolasida ana shu ilmiy prinsipdan kelib chiqib, o‘zbek etnogenezi Turk xoqonligidan boshlanadi, – degan edi[4]. Mana shu xulosa asosida O‘zbekiston tarixining dastlabki nashrlari chop etildi. Fanda bu fikr o‘z o‘rnini topdi. Lekin, qadimgi Xorazmda keng ko‘lamgi arxeologik va etnografik tadqiqotlar olib borgan va O‘zbekiston tarixini yaratishda beqiyos ilmiy izlanishlar o‘tkazgan zabardast olim S.P.Tolstov o‘zbek xalqi etnogenezining boshlanishi Qang‘ davlati doirasida sodir bo‘ldi, «Qang‘ davlatining tarkibida va u egallab turgan mintaqalarda o‘zbek xalqining ilk ajdodlari yashagan, bularning etnik tarkibi va tili bir xilda bo‘lmagan» degan g‘oyani ko‘tarib chiqdi[5].S.P. Tolstov o‘rtaga tashlagan bu g‘oya O‘zbekiston hududlarida olib borilgan keng ko‘lamli arxeologik va antropologik materiallarda o‘z isbotini to‘liq topgan[6].S.P.Tolstov g‘oyasining keng ko‘lamli ilmiy isboti akademik K.Shoniyozov asarlarida keltirilgan[7]. Shuningdek, K. Shoniyozov S.P.Tolstov fikr-mulohazalariga ba’zi bir aniqliklar kiritib, «Qang‘ davlati o‘ramida murakkab etnik jarayon yuz bergan. Ammo bu jarayon o‘zbek ajdodlariga xos etnogenetik jarayon edi. Shu jarayon tufayli Qang‘ davlati ichida miloddan oldingi II – milodiy I asrlar davomida mutlaqo yangi, turkiy tilli xalq – qang‘ar elati vujudga keladi. Bu elat eron tilli xalqlar bilan turkiy tilli qabilalarning aralashib, qorishib borishi natijasida tashkil topdi», – degan xulosaga keladi[8].Ta’kidlash joizki, XX asrning 70-80 yillarida O‘rta Osiyo respublikalari hududlarida, Qozog‘iston dashtlari, Tog‘li Oltoy va Janubiy Sibirda katta masshtabda arxeologik va antropologik tadqiqotlar olib borildi. Mutaxasis olimlar qo‘lida boy faktik materiallar to‘plandi. Biroq, bu hududlarning qadimda yashagan aholisining tili masalasida chiqarilgan xulosalar ob’yektivlik, tarixiylik va xolislik tamoyillaridan ancha uzoq edi. Chunki, Sovet tarixshunosligi eronparast lingivistlar ta’sirida (ular Sovet davri tarixi va tilshunosligida nufuzli mavkega ega edilar) Qora dengizning sharqiy sohillaridan to Boykalgacha cho‘zilgan cho‘llarda qadimda eron zabon aholi yashagan, bu geografik kenglikning faqat Tog‘li Oltoy qismidagina turkiylar yashardi, degan noto‘g‘ri tasavvur fanda o‘rnashib qolgan edi[9]. Bunday tasavvur hozir ham nafaqat Rossiya olimlari, balki O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekistonlik arxeolog va tarixchilar orasida ham xukmronlik qiladi.Sovet davrida to‘plangan arxeologik va antropologik materiallarni qayta ko‘rib chiqish, ular tahliliga xolislik asosida yangicha yondashish, mustaqillik bergan g‘oyaviy erkinlikdan foydalangan holda o‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab, o‘zbek xalqi etnogenezining boshlang‘ich nuqtasi rosa ming yilga qadimiylashtirildi. O‘zbek xalqi tarixi 3 ming yildan kam emas deyildi. O‘zbeklarning ikki xil tilda so‘zlashuvchi ilk ajdodlarining nafaqat iqtisodiy va madaniy, balki etnik jihatdan ham bir-birlariga yaqinlashish, aralashish, qorishish jarayoni so‘nggi bronza davridan boshlandi, – degan xulosaga kelindi[10]. Bunday o‘ta mas’uliyatli xulosaga kelishimizda Xitoy yozma manbalari katta rol o‘ynadi.Xalqlarni kelib chiqishi masalasidagi talablardan uchinchisi – hech qachon etnos ajdodlarining antropologik tipi va tili etnos tili va tipi bilan bir vaqtda yuz bermasligini unutmaslikdir. Chunki, etnogenez tarixining ilk bosqichlarida etnik birliklar, ayniqsa ularning tili va tipi hali shakllanmagan. Til, tip va etnik birlik tushunchalari har xil davr voqiyligi bo‘lib, ularning shakllanish jarayoni bir davrda yuz bermaydi.etnos, bu biologik hosila emas, balki ijtimoiy hodisadir. U kishilik taraqqiyoti ma’lum bir bosqichining hosilasidir. Etnos o‘zining shakllanish jarayonida, ya’ni etnogenez bosqichida va undan keyin ham har xil tarixiy sabablarga ko‘ra, uning tarkibiga yangidan-yangi etni qatlamlar qo‘shilib boradi. Bu tabiiy hol. Dunyoda hech bir xalq yo‘qki, u o‘z etnogenez jarayonining ilk bosqichlaridan to millat darajasiga ko‘tarilgunicha boshqa etnik qo‘shilmalarsiz rivojlangan bo‘lsa. Demak, yer yuzining barcha xalqlari kelib chiqishi jihatidan ko‘p etnik qatlamlidir. O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi bunga yaqqol misol bo‘laoladi. Darhaqiqat, o‘zbek xalqi etnogenezining ilk bosqichlaridan to xalq sifatida shakllanib bo‘lguniga qadar uning asosiy tarkibini tashkil etgan avtoxton sug‘du-xorazmiy va qadimgi turkiy zabon etnik qatlamlardan tashqari o‘ziga turli davrlarda har xil miqdorda mahalliy va tevarak-atroflardan kelib qo‘shilgan etnik guruhlarni singdirib bordi.har bir xalqning etnik tarixini o‘rganish etnik birlikning shakllanish jarayonini ilk bosqichdan boshlashni taqozo etadi. Etnik birlikni paydo bo‘lishi, rivojlanishi va uning etnosga aylanishi juda qadim-qadim zamonlardan boshlanib, to uning xalq bo‘lib shakllanguniga qadar davom etadigan butun bir tarixiy jarayondir. Etnos tarixining muhim bosqichlaridan biri esa uning uzil-kesil shakllanish jarayonini nihoyasiga yetishidir. Agar etnos shakllanishi nihoyasiga yetgan bo‘lsa, unga keyinroq qo‘shilgan etnik komponentlar shakllangan etnos tarkibini o‘zgartirib yubora olmaydi, balki uning tarkibida etnografik guruhlar sifatida uzoq vaqtlar yashab, ma’lum bir tarixiy voqiylik ta’siridan so‘ng etnos tarkibiga singib ketadi. Shunday qilib, etnogenez va uning etnik rivojlanishini o‘rganishda etnik belgilar va etnik omillarning tarkib topish jarayonini kuzatib borish etnogenetik ilmiy tadqiqotlarning to‘g‘ri yo‘nalishda ekanligini ta’minlaydi. Etnik omillar tarkibini hududiy birlik, iqtisodiy xo‘jalik birligi, etnomadaniy birlik, antropologik tip birligi va siyosiy uyushma birligi, ya’ni etnosning ma’lum bir davlat doirasida uyushqoqligi tashkil etadi. Etnik belgilarga esa til birligi, etnik nom va o‘zlikni anglash birligi, ya’ni tarixiy qismatning umumiyligi kiradi. YUqorida takidlaganimizdek, ularning tarkib topishi bir davrda yuz bermaydi, balki ular uzoq davom etgan tarixiy jarayonda birin-ketin shakllanib boradi. Qachonki, ularning asosiy qismi tarkib topgach, elat xalq sifatida shakllanadi, etnogenetik jarayon yaqun topib, etnik tarix, xalq tarixi boshlanadi.Etnogenetik jarayonni o‘rganishda uchta masalaga oydinlik kiritib olish zarur. 1) O‘rganilayotgan etnos tub yerlimi yoki kelgindi? 2) O‘rganilayotgan etnos asosi bir komponentlimi yoki ko‘p komponentli? 3) O‘rganilayotgan xalq etnik uyushmasining o‘zagi dastlab qayerda tarkib topgan? Tadqiqotchi o‘z oldiga shu savollarni qo‘yar ekan, doima bir narsani yodda tutishi kerakki, hech qachon etnik uyushmaning «monogenezi» bo‘lmaydi. Dunyoda biror xalq yo‘qki, u ko‘p komponentli bo‘lmasa.O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixini nazariy masalalari bilan taniqli elshunos olim-akademik K.Shoniyozov ham shug‘ullangan. U ushbu masalada 1998 yilda «O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar» jurnalida «O‘zbek xalqining etnogeneziga oid ba’zi nazariy masalalar» nomli maqola e’lon qildi. Mana shu maqolasini to‘ldirilgan variantini 2001 yilda chop etilgan «O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni» kitobida qayta chop etdi[24]. O‘shbu maqolada etnogenez va etnik tarixga doir qator maxsus atamalarga, jumladan etnos, etnik birlik, qabila, qabila ittifoqi, elat, xalq, etnografik guruh (subetnos) va etnik guruhlarga tarif berilgan va ularning mazmun va asl mohiyati yaxshi ochilgan.O‘zbek xalqi etnogenezining uchinchi bosqichi ilk o‘rta asrlar davrini o‘z ichiga oladi. Ilk o‘rta asrlar davri kushonlar imperiyasi va Qang‘ davlatining inqirozi bilan boshlandi. O‘rta Osiyo hududlariga turkiygo‘y xiyoniylar, kidariylar, eftaliylar va Turk xoqonligi kirib keldi va ular bilan birga kirib kelgan qabilalar tarkibida qarluq, chig‘il, tuxsi, argun, turk, kaltatoy, musabozori kabi turkiy zabon qabilalar qo‘p edi. Ularning ko‘pchilligi mahalliy tub joyli aholi bilan aralashib yashay boshladi, ularga xos an’anaviy hayot tarzi O‘rta Osiyoning tog‘ oldi mintaqalarida yarim o‘troq yarim ko‘chmanchilik bilan kun kechirayotgan turkiylarda davom etadi, badavlat chorvadorlar esa yangi yaylovlar qidirib, keng dashtlarga qaytadilar. Ilk o‘rta asrlarda turkiy qabilalarning bu zaminga kirib kelishining keti uzilmaydi. Bu haqda prof. A.Yu. Yakubovskiy tarixiy yozma manba materiallarini ko‘p keltiradi.Movaraunnahr yerlarini arablar egallagach, ular bu zaminga turkiy qabilalarini muntazam kirib kelishini to‘xtatish yo‘lini qidirdilar. VIII asr davomida bu zaminga oldinroq kirib kelib o‘rnashib qolgan turkiylarning o‘troqlashishi jadallashdi. Natijada, butun VIII asr davomida Movaraunnahr hududlarida yaxlit turkiy etnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga keladi, mahalliy sug‘diy zabon aholi orasida turkiylashish jarayoni jadallashdi. Bu davrda nafaqat shahar aholisi tarkibiga, balki qishloq aholisi ichiga ham o‘zbeklarga xos tip – «O‘rta Osiyo ikki daryo oraligi tipi» kirib bordi. K. Shoniyozovning kuzatuvlariga ko‘ra, IX-X asrlarda ham bu etnogenetik jarayon, ya’ni turkiylarning o‘troq hayotga o‘tishi jadal davom etadi. Bu asrlarda Movaraunnahrda garchi siyosiy hokimiyat somoniylar qo‘lida bo‘lsada, Movaraunnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega bo‘ldi. Bu kuchli etnik asosni aksariyat ko‘pchilligini o‘troqlashgan turg‘un turklar tashkil etardi. Bu davrga o‘zbek xalqi etnogenezining to‘rtinchi bosqichi sifatida qarash mumkin bo‘lar. Qoraxoniylar davrida Movaraunnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy sulolalar qo‘liga o‘tishi munosabati bilan o‘zbek xalqi etnogenezining yakunlovchi bosqichi boshlanadi. O‘zbekka xos turkiy etnos mintaqada qaror topadi. Elatga xos barcha etnik omillar ruyobga chiqadi. Qardosh turkiy tilli xalqlar olimu-fuzalolarini hozirgacha e’tiroziga sabab bo‘lib kelayotgan umumturkiy til – Mahmud Qoshg‘ariy tili ichidan qarluq-chigil lahjalari asosida elatning jonli sifatida eski o‘zbek tiliga asos solinadi. Bu jarayon G‘arbiy Qoraxoniylar davlati doirasida yuz berdi. Demak, o‘zbek elati xalq sifatida XI-XII asrning birinchi yarmida uzil-kesil shakllandi. O‘zbek xalqining shakllanishi bilan uning etnik tarixi boshlanadi.

O‘zbek xalqining etnik tarixi ham uzoq davom etadigan tarixiy jarayon bo‘lib, bu jarayon mintaqada kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining qaror topaboshlagan davrgacha, ya’ni XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarigacha davom etdi. XX asr boshlaridan o‘zbek millatining shakllanish jarayoni boshlandi. Bu tarixiy jarayon hozirgacha davom etmoqda.
Yüklə 12,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə