2 G’. O. Mamajanov



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/24
tarix30.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#114230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Zamonaviy organik kimyo

1
,K
2
2,JVo3 vaK
2
4xillargabo‗linib, ular har xil katta-kichiklikda bo‗ladi. 
Oson kristallanuvchi modda eritmalarini tozalashda eritmalami issiq holda 
filtrlash voronkalari (11-rasm, a, b) ishlatiladi. Bunda filtrlash iloji boricha tezlik 
bilan olib borilib, filtrat stakanga yoki konussimon kolbaga yig‗iladi. 
Tomizgich 
va 
ajratgich voronkalar
. Ba‘zan tajribalarda reaksiyaga 
kirishuvchi bir modda eritmasi ustiga asta-sekin ma‘ lum miqdorda ikkinchi modda 
qo‗shiladi, bunday hollarda tomizgich voronkalardan (12-rasm, a) foydalaniladi. 
Ajratgich voronkalar (12-rasm, b) reaksiya natijasida hosil bo‘lgan o‗zaro 
aralashmaydigan ikki suyuqlikni bir-biridan ajratish hamda moddalami suvli 
eritmalardan suv bilan aralashmaydigan organik erituvchilaryordamida ajratib olishda 
qo‗llanadi. Ajratgich voronkalaming shakli har xil va ular turli katta-kichiklikda 
bo‗ladi. Ajratgich voronka bilan ishlashdan oldin uning jo‗mragini tekshirib ko‗rish 
kerak. Jo‗mrak tushib ketmasligi uchun rezina halqa yordamida voronkaga biriktirib 
qo‗yiladi. 
Ajratgich voronkalar ishlatib bo‗lingandan so‗ngyuvilib, quritiladi va 
jo‗mragiga bir oz vazelin surtib qo‗yiladi. Ulami ichidagi eritmasi bilan qoldirishga 
ruxsat etilmaydi, aks holda jo‗mraklar qotib qolishi mumkin. 


15
Kimyoviy idishlarni yuvishda ishlatiladigan erituvchilar. 
Laboratoriyalarda kimyoviy idishlarni tozalash uchun uch xil erituvchi 
ishdatiladi: birinchisi - kaliy bixromatning konsentrlangan sulfat kislotadagi eritmasi; 
ikkinchisi - o‗yuvchi kaliy yoki o‗yuvchi natriyning suvdagi eritmasi; uchinchisi - 
erituvchilar (xloroform, etil spirti, efir va boshqalar). 
Qanday erituvchidan foydalanish reaksiya uchun olingan moddalaming va 
xosil bo‘lishi mumkin bo‗lgan reaksiya mahsulotlarining xususiyatiga qarab 
tanlanadi. Ko‗pincha idishlarni tozalash uchun kaliy bixromatning konsentrlangan 
sulfat kislotadagi eritmasi ishlatiladi. 
Kimyoviy idishlaryuvib bo‗lingach, erituvchi idishga qaytadan solinadi. 
So‗ngra erituvchida yuvilgan idish oqib turgan suv tagida ikki-uch marta va nihoyat 
distillangan suvda yuvilib, maxsus quritish shkaflarida quritiladi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə