2 G’. O. Mamajanov



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/24
tarix30.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#114230
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Zamonaviy organik kimyo

Sovitish. 
Ba‘zibir reaksiyalar, masalan aromatik aminlami diazotlash reak- 
siyasi, uy haroratidan past haroratda 0 °C atrofida olib borilishi kerak. Bunday 
hollarda reaksion aralashma muz yoki qor bilan sovitiladi. Shuni ham aytib o‗tish 


17
kerakki, muz va suv aralashmasi faqat muz yoki qoming o‗ziga nisbatan uni ko‗proq 
sovitadi, chunki suv va muz aralshmasi olinganda aralashma idish devor- lariga to‗ 
liq tegib turadi. Suvning ishtroki reaksiya borishiga xalal bermaydigan hollarda 
muzni to‗g‗ridan-to‗g‗ri reaksion aralashmaga tashlash maqsadga muvo- fiqdir; shu 
usul bilan past haroratni ma‘ lum vaqtgacha saqlab turish mumkin. 
Agar reaksion aralashmani 0 °C dan past haroratgacha sovitish kerak bo'lsa, u 
xolda 
sovituvchi arcdashmalar
ishlatiladi. Quyida ba‘zi bir tuzlaming qoryoki muz 
bilan hosil qiladigan sovituvchi aralashmalaridan misollar keltirilgan. 
 
Organik moddalarniajrat1b olish va tozalash usullari 
Reaksiya natijasida hosil bo‗lgan asosiy modda reaksion aralashmada boshqa 
qo‗shimcha moddalar bilan aralashgan holda bo‗ ladi. Sintez qilingan moddani sof 
holda ajratib olishda reaksion aralashmadagi moddalaming eruvchanligi va 
uchuvchanligi turlicha ekanligidan foydalaniladi. Bundan tashqari, moddalami 
tozalashda ulaming adsorbentlarga yutilish xususiyati- dan ham foydalaniladi. 
Quyida moddalarni sof holda ajratib olishning organik kimyoda qo‗llaniladigan 
asosiy usullarini ko‗rib chiqamiz. 
Qayta kristallash usuli 
Moddalami ajratib olish va tozalashning qayta kristallash usuli moddalar 
eruvchanligining har xil ekanligiga asoslangan. Bu usulda kerakli moddani o‗ta 
to‗yingan eritmalardan kristall holda ajratib olinadi, qo‗shimcha moddalar esa 
eritmada qoladi. 
0‗tato‗yingan eritmalar ikki xil usul bilan hosil qilinadi: a) erituvchining bir 
qismini bugMatib yuborish; b) qizdirish yo‗Ii bilan hosil qilingan eritmalami sovitish. 
Moddaning eruvchanligi haroratga bogMiq bo‗lgan hollarda ikkinchi usuldan 
foydalaniladi. 
Qayta kristallash jarayonida erituvchi sifatida suv, etil spirt, benzin, benzol, 
atseton, etil efiri, konsentrlangan sirka kislota va xloroform ishlatiladi. Keyin eruvchi 
moddalar uchun nitrobenzol, piridin ishlatish mumkin. 
Qattiq korbonat kislotaning efir yoki atseton bilan birikmasi (aralashmasi) yana 
ham past haroratni (- 78 °C gacha) hosil qiladi. Agar muz boMmasa, ammoniy xlorid 
yoki ammoniy nitratni suvda'eritib, -15 °C li harorat hosil qilish mumkin (buning 
uchun 25 qism tuz 100 qism suvda eritiladi). 
Erituvchini to‗g‗ri tanlash uning muvaffaqiyatli chiqishiga yordam beradi. 
Erituvchi tanlash uchun bir necha probirka olib, ularga taxminan 2 
g
dan modda 
solinadi. So‗ngra har bir probirkaga turli erituvchilardan 1 ml dan quyib, modda to‗ 
liq eriguncha qizdiriladi. Eritma sovigandan keyin hosil bo‗lgan kristall qaysi 
probirkada ko‗p boisa, o‗shaprobirkaga solingan erituvchi tanlanadi. Agar modda 
biror erituvchida juda yaxshi erib, ikkinchisida yomon erisa, u holda erituvchi sifatida 


18
ulaming aralashmasini sinab ko‗rish kerak. 
Qattiq moddalami qayta kristallash usuli bilan tozalash sulfanil kislota misolida 
bayon etilgan (1-tajriba). 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə