3-Мавзу: O‘zbekiston tosh davri yodgorliklari tadqiqotlarining yutuqlari reja



Yüklə 28,6 Kb.
səhifə8/10
tarix17.01.2023
ölçüsü28,6 Kb.
#98716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-мавзу (1)

Ochil g‘or makoni o‘z jihatlari bilan ibtidoiy odamzod yashashi uchun barcha qulayliklarga ega. Uning og‘iz qismi janubiy- sharq tomon qaragan bo‘lib, quyosh nurlari ertalabdanoq bemalol g‘or tubigacha tushadi. G‘orning pastki maydon sathi tuproqli va unga kirish qismi oldida tuproqli qatlamdan iborat supa maydon sathi ham mavjud. G‘orning o‘lchamlari quyidagicha g‘orga kirish qismi og‘zining balandligi 3,60 metr, eni 8,0 metr, g‘orning ichkarisi tubi tomon uzunligi 10,5 metrni tashkil etadi G‘or yaqinida ichimlik suvi manbai mavjud. Ochil g‘or makoni Samarqand Davlat Universiteti arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan 2003 yilda Tepaqulsoy, Sazog‘onsoy va unga qo‘shni bo‘lgan soylar yon daralari bo‘ylab amalga oshirilgan dala arxeologik qidiruv ishlari jarayonida xaritaga olingan. G‘orning og‘iz qismida 3 x 1 metr kvadrat maydon sathida qidiruv shurfi qazib ko‘rilgan. 2004 yil qisman, 2005-2016 yillari muntazam ravishda statsionar qazilma ishlari bajarilgan.
Ochilg‘or makonida hammasi bo‘lib 200 metr kvadratga yaqin maydon sathida madaniy qatlam tadqiq etilib, 6000 ga yaqin qiziqarli arxeologik ashyolar qo‘lga kiritilgan. Arxeologik ashyolar tosh buyumlar, sopol buyum parchalari, hayvon, parranda suyak qoldiqlari (soha mutaxassislari tomonidan o‘rganilmoqda), chig‘anoq, toshdan yasalgan zeb-ziynat kabi predmetlardan iborat.SHundan 1396 tasini bevosita tosh buyumlari tashkil etadi. Tosh buyumlar chaqmoqtosh, chaqmoqtoshli-slanets, xalsedon, kvars kabi tog‘ jinslaridan tayyorlanganligi ma’lum bo‘ldi. Makon tosh industriyasi otщepli-paraqali bo‘lib, paraqali qismida mikroparaqalar salmog‘i yuqoriroq, qayroqtoshli elementlar ham mavjud (uchirindilar-63.4%, paraqalar esa- 27,1%ni tashkil etadi).
O‘rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yon bag‘rida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar natijasi mintaqa ibtidoiy davrdanoq odamzod tomonidan o‘zlashtirilganligini ko‘rsatdi. Paleolit, mezolit va neolit jamoalari moddiy madaniyati borasida qimmatli arxeologik manbalar qo‘lga kiritildi. Makonlar tadqiqotida nafaqat jamoalar moddiy-madaniyati, balki mazkur mintaqa paleekologik sharoiti, makonlar joylanishi geologik holatlari borasida ham qimmatli ma’lumotlar to‘plashga erishildi. Bu ma’lumotlar ko‘rsatishicha pleystotsen so‘nggi bosqichlari, golotsen davrida iqlimiy sharoit mazkur mintaqada ibtidoiy odamzod yashashi uchun qulay bo‘lgan. Tog‘ va tog‘ yon bag‘irlari o‘z jihatlari (yon bag‘irlarida boy o‘simlik va hayvonat dunyosi, yirik soylar, sersuv chashma, buloqlar, g‘or va ungurlar mavjudligi) bilan odamzod yashashiga imkoniyat bergan. Haqiqatdan ham Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yon bag‘rida ibtidoiy jamoalar paleolit davridan boshlab yirik soylar yon qayirlari va ular yon daralaridagi g‘or va ungurlarda yashashib, o‘zlariga xos moddiy madaniyat sohibkorlari bo‘lishganlar.
Sazog‘on neolit jamoalari moddiy madaniyati o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra O‘rta Osiyo tog‘ mintaqasi neolit jamoalari madaniyatlari sirasiga kiradi. Bu jamoalar yashagan mintaqa (Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yon bag‘ri) geografik jihatdan O‘rta Osiyo tog‘ va pasttekislik mintaqalari o‘rtasidagi oraliq hududi hisoblanadi. Sazog‘on jamoalari garchi o‘z moddiy madaniyatida bir tomonidan O‘rta Osiyo tog‘ mintaqasi hisor jamoalari madaniyati ba’zi hususiyatlarini (ponasimon qurollar, tik ish maydoniga ega bo‘lgan otщepdan yasalgan qirg‘ichlar; yon tomoni old qismiga ishlov berilgan tosh o‘zaklari, tutqovul tipidagi teshgich qurollar, qayroqtosh qurollari kabi), ikkinchi tomonidan esa O‘rta Osiyo pasttekislik mintaqasi kaltaminor jamoalari ba’zi xususiyatlarini (tosh industriyasini paraqali qismi, sopol buyumlari, xom ashyo materiallari kabi) namoyon etgan bo‘lsada o‘ziga xos xususiyatlarga (tosh industriyasi otshepli-paraqali, mikroparaqa elementli) ega bo‘lgan mustaqil madaniyat hisoblanadi. Ta’kidlash joizki sazog‘on jamoalari tosh qurollari yasalishi va ishlov berilishi uslublarida mezolit va hattoki so‘nggi paleolit qurollariga xos an’analar saqlanib qolganligi holati kuzatiladi.
Endi antropologik topilvalar bo`yicha yutuqlarga to`xtalamiz. O‘zbekiston hududida qadimgi odamzod qoldiqlari Teshiktosh neondertal bolasi (1938); 8- yillarda Farg‘ona vodiysida Selungur, Chashma, So‘x, Angren yaqinidagi Toshsoyda 1,5 million yilga teng odam suyagi qoldiqlari topildi. Shunday qilib, keyingi yillarda O‘zbekiston hududida ilk moddiy va ma’naviy madaniyat o‘choqlari vujudga kelganligi bilan bir qatorda odamning ilk shakllanganligi jarayoni ro‘y berganligi haqida ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Bu esa Markaziy Osiyoning qadimiy antropogenezi tarixiga yangicha qarashga imkon beradi. Vatanimiz sarhadlari O‘rta Osiyo miqyosida kishilik tarixi tosh asri jamoalari moddiy madaniyati tadqiqotida istiqbolli o‘lkalardan biri hisoblanadi. Buni keyingi yillarda ibtidoiy davr dolzarb masalalaridan biri bo‘lgan antropogenez jarayonini oydinlashtirish borasida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar («Farg‘ona odami», «Obirahmat odami» antropologik topilmalari) hamda tosh asri tarixiy ketma-ketligi taraqqiyot bosqichlari barchasiga oid yodgorliklar topilishi va ular tadqiqotida qo‘lga kiritilgan birlamchi manbalar isbotlab turibdi. Tarixiy taraqqiyot bosqichlariga oid yodgorliklar esa tegishli mintaqalarda odamzod uzluksiz yashaganligi va o‘ziga xos madaniyat sohiblari bo‘lishganligini bildiradi. Tadqiq etilgan tosh davri jamoalari madaniyati esa o‘zining kelib chiqishi tarixiy ildizlari avtoxtonmi yoki migratsion xarakterda ekanligi bilan fanda ahamiyatli, dolzarbdir. Respublikamiz mustaqilligi yillarida O‘zbekiston arxeologiyasi fani taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. Jahonning etuk ilmiy markazlari bilan xamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yildi.



Yüklə 28,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə