30-10Mtur Muminova Marjona xitoy



Yüklə 9,8 Kb.
səhifə2/3
tarix30.12.2023
ölçüsü9,8 Kb.
#165187
1   2   3
xitoy xalq respublikasi.jivaxim

Xitoy haqida o`ylaganda, kishi ko`z o`nggida, avvalo, ikki mo``jiza gavdalanadi. Buyuk Xitoy devori va "dunyo tomi" nomini olgan Jomolungma (Everest, 8848 m) cho`qqisi. Dunyoda o`ziga xos milliy, iqlimiy va jug`rofiy xususiyatlarga ega davlatlar ko`p. Lekin har tomonlama noyob davlatlarni sanab chiqish unchalar qiyin emas.Insoniyat tsivilizatsiyasi, bashariyat tarixi Chin diyoriga alohida o`rin bergan. Bu erdan dunyoga tarqalgan va allaqachon umuminsoniy mulkka aylangan qadriyatlar anchagina. Konfutsiy, Dao va Budda falsafasi, ipak buyumlar, choy, chinni... Bularning davomi sifatida kung-fu, xalq tabobati kabi san`atga aylangan mashg`ulotlarni keltirish mumkin. Xitoy bugungi kunda nafaqat o`z mintaqasi, balki dunyo davlatlari orasida ko`pchilikning havasini keltiradigan darajada shiddat bilan taraqqiy etmoqda. U o`tgan asrning 90-yillaridan buyon yalpi ichki mahsulot o`sishi borasida jahonda oldingi o`rinlarda bormoqda. Mamlakatda iqtisodiy o`sish yiliga 8-10 foizni tashkil etyapti. Dunyo bo`yicha xorijiy sarmoyaning qariyb 20 foizi Xitoyga kiritilyapti.

  • Buyuk devorli osmono'par yurt

Mamlakat xalqi darhaqiqat uning asosiy boyligi hisoblanadi. Xitoy - hududida 56 millatga mansub aholi yashayotgan yaxlit ko'pmillatli mamlakat. Tenglik, birdamlik, o'zaro yordam va barcha millatlarning birgalikda gullab-yashnashi hukumat olib borayotgan siyosatning asosiy tamoyillaridir. Uzoq asrlar mobaynida bu yerda yashovchi turli xalq vakillarining tarixiy, jug'rofiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatlar iz qoldirgan o'ziga xos hayot tarzi vujudga kelgan. Xitoy rahbariyati tomonidan olib borilayotgan odilona milliy kelishuv siyosati mamlakatning barqaror iqtisodiy o'sishiga, oldinga qo'yilgan maqsadlarga erishishda xalq birdamligiga ko'maklashuvchi asosiy omillardan biri ekani shubhasiz.

Xitoyning bu tarzda tez iqtisodiy rivojlanishining «sirlaridan» biri bu ta'lim va kadrlar tayyorlash masalasiga katta e'tibor qaratilayotganida deb aytish mumkin. So'nggi 50 yil mobaynida mamlakat majburiy to'qqiz yillik ta'lim muammosini hal etdi. Aholi orasidagi savodsizlik darajasi 80 foizdan 5 foizga kamaydi. Maorif organlari mamlakatga umumiy hisobda 60 million nafar oliy va o'rta toifali malakali kadrni yetkazib berdi. Xitoyda tahsil olishni davom ettirish rasm bo'lgan. Ko'pchilik mehnatga layoqatli davr mobaynida yangidan-yangi bilimlarni egallashga harakat qiladi. Xitoy hukumati tomonidan umumta'limni rivojlantirishning maqsadlari belgilab berilgan. Ya'ni, 2010 yilga borib, bu borada o'rta rivojlangan mamlakatlarning umumiy darajasiga yetib olish rejalashtirilgan. Bu yerda tarmoqli va masofaviy o'qitish faol rivojlanmoqda. Ushbu tizim olis hudud va maorif yaxshi rivojlanmagan tumanlardagi talabalarga katta ko'mak bo'layotir. Xitoy ta'lim vazirligi 68 oliy o'quv yurtiga, markaziy radio va teleuniversitetga masofadan turib o'qitishning zamonaviy tizimlarini yaratish bo'yicha ishlarni boshlashga ruxsat berdi.


Yüklə 9,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə