4-mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli Reja



Yüklə 52,59 Kb.
səhifə7/7
tarix03.09.2023
ölçüsü52,59 Kb.
#121257
1   2   3   4   5   6   7
4.mavzu

rag’batlantirish omillari

Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etishdan manfaatdorlik har qanday davlatning o’z investitsiya siyosatini ishlab chiqishini talab etadi. Bu siyosat xorijiy investitsiyalarni jalb etishning o’ziga xos yo’nalishini, shuningdek, ularni jalb etishni rag’batlantirish tizimini aniqlab beradi va investitsiya faoliyatining huquqiy tartibini belgilaydi.


Xorijlik investorlar va xorijiy investitsiyalar uchun adolatli va teng huquqli rejim, ularning to’liq va doimiy himoyasi hamda xavfsizligi ta’minlanadi. Bunday rejim O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilab qo’yilgan rejimga qaraganda noqulayroq bo’lishi mumkin emas.
Xorijiy investitsiyalarning huquqiy rejimi O’zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiyalarning tegishli rejimiga qaraganda noqulayroq bo’lishi mumkin emas.
O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan me’yorlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi manfaatlarini himoya etish maqsadida iqtisodiyot va faoliyatning muayyan sohalarida xorijiy investitsiyalar uchun cheklashlar yoki taqiq nazarda tutilgan bo’lishi mumkin.
Xorijlik investorlarning O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan kafolatlangan huquqlari va manfaatlari buzilganda ularni tiklash O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi.
Investitsiyalar va xorijlik investorlarning tavakkalchiligini sug’urta qilish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
Respublika Prezidentining 2012 yil 10 apreldagi «To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmonida to’g’ridan- to’g’ri xorijiy investorlar uchun yanada qulay moliyaviy sharoitlar yaratildi. Mazkur Farmonda belgilanishicha, xorijiy investorning pul shaklidagi ulushi 5 million AQSh dollaridan kam bo’lmagan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan boshlab 10 yil mobaynida, soliq qonunchiligida o’zgarishlar yuz bergan hollarda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i (tovarlar, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilish aylanmasi), mol-mulk solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, yagona ijtimoiy to’lov, yagona soliq to’lovi, shuningdek, Respublika yo’l jamg’armasiga hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lashning mazkur korxonalar davlat ro’yxatidan o’tish sanasida amal qilgan me’yorlari va qoidalarini qo’llashga haqlidirlar. Farmonga muvofiq, qiymati 50 million AQSh dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz bo’lgan investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish
maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish byudjet mablag’lari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi «To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi 3594-sonli Farmoni bilan belgilangan soliq imtiyozlari 2012 yilning II choragidan boshlab quyidagi shartlar asosida qo’llanilishi belgilangan:

    • Toshkent shahri va Toshkent viloyati istisno etilgan holda, respublikaning barcha mintaqalarida joylashtiriladigan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga tatbiq etiladi;

    • korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 33 foizni tashkil etishi lozim;

    • xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qo’yish;

    • mazkur imtiyozlarning qo’llanish muddati davomida imtiyozlardan olingan daromadning kamida 50 foizini korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yo’naltirish.

Umuman olganda, O’zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy va qonun hujjatlarida xorijiy investitsiyalar uchun quyidagi kafolatlar va rag’batlantirish omillari amal qiladi:

    • davlat investitsiya faoliyati subyektlarining huquqlarini kafolatlaydi;

    • davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya faoliyati subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas;

    • davlat investitsiyalar himoya qilinishini kafolatlaydi;

    • O’zbekiston Respublikasida investitsiyalar va investorlarning boshqa aktivlari davlat mulkiga aylantirilmaydi;

    • investitsiyalar va investorlarning boshqa aktivlari rekvizitsiya qilinmaydi;

    • investitsiya faoliyati subyektining investitsiya faoliyati natijasida olingan foydasi (daromadi) soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langach, uning xohishiga ko’ra reinvestitsiya qilinishi yoki boshqa har qanday usulda ishlatilishi mumkin;

    • investitsiya faoliyati subyekti olgan aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar, uning maqsadli bank omonatlari, shuningdek, olingan mol-mulk olib qo’yilgan (rekvizitsiya qilingan) hollarda ular qiymati yoki ijara to’lovlari qonun hujjatlariga muvofiq qoplanadi (kompensatsiya to’lanadi);

    • O’zbekiston Respublikasining yangi qonun hujjatlarini qabul qilish investitsiyalash shart- sharoitlarini yomonlashtirishi mumkin. Agar O’zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, unda xorijlik investorlarga nisbatan investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun hujjatlari investitsiyalash paytidan boshlab o’n yil mobaynida qo’llaniladi. Xorijlik investor o’z xohishiga ko’ra yangi qonun hujjatlarining investitsiyalash shart-sharoitlarini yaxshilaydigan qoidalarini qo’llash huquqiga egadir;

    • xorijlik investorlarga xorij valyutasidagi pul mablag’larini O’zbekiston Respublikasiga va undan tashqariga, ular soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlarni O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’lashi sharti bilan, biron-bir cheklashsiz erkin o’tkazish kafolatlanadi.

Respublika Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko’ra quyidagi imtiyozlar belgilandi:

  • chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondidagi xorijiy investitsiyalar ulushining eng kam miqdorini 30 foizdan 15 foizgacha kamaytirish;

  • chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning ishtirokchisi sifatida xorijiy yuridik shaxs qatnashishi shartligi to‘g‘risidagi talabni bekor qilish;

  • chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondining eng kam miqdorini 600 million so‘mdan 400 million so‘mgacha kamaytirish;

  • chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji miqdorini uch baravarga kamaytirish;

  • aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondining eng kam miqdorini 400 million so‘m miqdorida belgilash40.

Xulosa qilib aytganda, milliy iqtisodiyotimizda xorijiy investitsiyalarning me’yoriy-huquqiy asoslari bunyod etilgan bo’lib, ularda yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, soliq va bojxona imtiyozlari, qonun o’zgarmaslik kafolatlari, foyda olish va mulklarning rekvizitsiya qilinmasligi va boshqa kafolatlar respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar jalb qilinishini yanada rag’batlantiradi va uning jahon xo’jaligi tizimiga uyg’unlashuvini ta’minlaydi.




40 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni
Yüklə 52,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə