4-mavzu. Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari Reja


–  (lotincha amortisatio - qoplash), asosiy kapital (fondlar) amortizatsiyasi  –



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/24
tarix21.10.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#130202
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
4-мавзу

 – 
(lotincha amortisatio - qoplash), asosiy kapital (fondlar) amortizatsiyasi
 – 
asosiy kapital (mashina va mexanizmlar, jihozlar va uskunalar, binolar va inshootlar)ning 
ekspluatatsiya jarayonida eskirishi va ayni paytda ular qiymatining muayyan davr davomida 
ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotga o’tib borishi.
1
Asosiy vositalar moddiy yoki jismonan va mahnan eskiradi. Moddiy eskirish mehnat 
vositalaridan foydalanish jadalligi va uning korxonada ishlatilgan muddatlari bilan belgilanadi. 
Ma’naviy eskirish fan va texnika taraqqiyoti natijasida mehnat vositalarining arzonlashuvi 
1
O’zbеkiston milliy entsiklopеdiyasi. 1 jild. – T.: «Davlat ilmiy nashriyoti», 2000. – 288 bеt 


hamda iqtisodiy jihatdan mukammal bo’lgan yangi mehnat vositalarining yaratilishi va joriy 
qilinishi bilan bog’liq. Amortizatsiya me’yori asosiy fondlar turiga, xizmat qilish muddatiga 
ko’ra tabaqalashtiriladi. Amortizatsiya qiymati ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga kiritib 
boriladi. Mahsulot sotilgach, bu qiymat amortizatsiya ajratmalari ko’rinishida eskirgan jihozlar 
o’rniga yangisini sotib olish uchun zarur bo’lgan mablag’lar summasi tarzida jamg’ariladi. 
Amortizatsiya ajratmalari – mahsulot tannarxiga kiritiladigan asosiy fondlar 
amortizatsiyasi summasi asosiy fondlarni qisman tiklash (kapital ta’mir va yangilash) va to’liq 
tiklash (renovatsiya) fondlarini yaratishga xizmat qiladi. Amortizatsiya ajratmalari me’yorlari 
asosiy fondlar qiymatiga proportsional ravishda hisoblanishi, ya’ni taxminiy foydalanish 
muddatiga tekis taqsimlanishi yoki kamayib boruvchi balans usulida – jadallashtirilgan tartibda 
hisoblanishi mumkin. Jadallashtirilgan tartibda foydalanishning birinchi yilida amortizatsiya 
me’yori 2 marta oshiriladi, ikkinchi yili qoldiq qiymatining 20% va shu tarzda ajratmalar 
nazarda tutiladi. Natijada asosiy fondlar qiymatining 2

3 qismi ular xizmat muddatining 
yarmidayoq amortizatsiyalanadi. Amortizatsiya me’yorlarining pasaytirilishi asosiy fondlarning 
yangilanishini sekinlashtiradi, oshirilgan me’yorlar mahsulot tannarxini qimmatlashtiradi. SHu 
sababli amortizatsiya ajratmalari davlat tomonidan tartibga solinadi. Amortizatsiya ajratmalari 
ta’minlanishi kerak bo’lgan asosiy shart asosiy fondlar eskirishini to’liq qoplashi va ularni takror 
yaratishni ta’minlashidir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat amortizatsiya 
ajratmalari normativlarini belgilab, jadallashtirilgan amortizatsiya orqali tadbirkorlarga soliqqa 
tortiladigan foyda summasini kamaytirishga imkoniyat yaratib beradi. Ayni paytda asosiy 
fondlar qiymatini hisobdan chiqarishni tezlatish tadbirkorni asosiy fondlarning ma’naviy 
eskirishi bilan bog’liq ehtimoli bo’lgan zarar ko’rishdan saqlaydi, yangi texnika va texnologiyani 
tezroq joriy etishga rag’batlantiradi. 
Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondlarning o’zini yoki uning bahzi qismlarini yangilash 
vaqti kelguncha shu shaklda ma’lum fondda jamg’arilib turiladi va bu fondni amortizatsiya fondi 
deb ataydilar. Demak, amortizatsiya fondi – amortizatsiya ajratmalari hisobiga shakllanadigan 
maxsus fonddir. 
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan moddiy aktivlar 
amortizatsiyasi degan tushuncha ham mavjud. 
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar 
amortizatsiyasi bo’yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 
-
asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki qiymatidan kelib chiqib hisoblangan 
amortizatsiya ajratmalarining summasi (hisoblangan eskirish);
 
-
lizing bo’yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar qonun hujjatlariga 
muvofiq amalga oshiriladigan, jadallashtiriladigan amortizatsiya summasi.
 
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar eskirish, har oyda xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan natijali foydalanish muddatidan (biror 
xo’jalik faoliyati yurituvchi sub’ekt muddatidan ortiq emas) kelib chiqib hisoblanadigan 
mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli bo’ladi. Natijali foydalanish muhlatini aniqlash 
imkoni bo’lmagan nomoddiy aktivlar bo’yicha eskirgan normasi besh yilga hisoblanadi. 
Ma’lumki, amortizatsiya ajratmalari belgilangan normalar bo’yicha tayyor mahsulotning 
tannarxiga kiritiladi va u quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə