4-mavzu. Sezgi. Idrok reja


Idrokning nerv-fiziologik asoslari, xususiyatlari va qonuniyatlari



Yüklə 194,51 Kb.
səhifə11/15
tarix19.12.2023
ölçüsü194,51 Kb.
#152710
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
4-mavzu. Sezgi. Idrok reja

4.6. Idrokning nerv-fiziologik asoslari, xususiyatlari va qonuniyatlari. Idrok ham sezgi kabi reflektor jarayon hisoblanadi. I.P.Pavlov bo`yicha idrokning negizini tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalar reseptorlarga ta`sir etishi natijasida bosh miyaning katta yarim sharlari qobiqida hosil bo`ladigan shartli reflekslarning muvaqqat nerv bog`lanishlari tashkil etadi. Tashqi olamdagi narsalar va hodisalar kompleks qo`zg`atuvchi sifatida xizmat qiladi. Analizatorlarning qobiq bo`linmalar o`zagida ana shu kompleks qo`zg`atuvchilarning murakkab tahlili va sintezi amalga oshiriladi. Idrok sezgilarga qaraganda miyaning ancha yuksak darajadagi tahlil qilish, umumlashtirish faoliyati hisoblanadi. Tahlil qilmasdan turib, idrokning anglangan bo`lishi mumkin emas.
Kompleks qo`zg`atuvchining ta`siri ostida hosil bo`ladigan nerv bog`lanishlarining boshqa bir turi ham borki, ular turli xildagi analizatorlar doirasidagi bog`lanishlardan iboratdir. I.M.Sechenov narsani yoki fazoni ko`rish kinestezik, paypaslash assosiasiyalari orqali va boshqa sezgilarning assosiasiyasi orqali idrok etilishini izohlab bergan edi.
Idrokning o`ziga xos juda muhim xususiyatlaridan yana biri kuzatuvchanlikdir. Umuman olganda idrok jarayonining hammasi kuzatish bilan har doim uzviy bog`liq. Chunki odam idrok qilayotganida nimanidir kuzatadi. Lekin ixtiyorsiz idrok jarayonidagi kuzatiladigan narsa va hodisalar odamning esida saqlanib qola bermaydi.
Kuzatishning muvaffaqiyati oldindan qo`yiladigan tayyorgarlikka, kishining bilim va tajribalariga, diqqatining kuchiga va fikrlash faolligiga bog`liq. Kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyatini kuzatuvchanlik deyiladi. Kuzatuvchanlik shaxsning shunday xislatidirki, bunda u narsa va hodisalarning unga bilinmaydigan muhim xarakterli xususiyatlarini payqay oladi.
Akademik I.P.Pavlov kuzatuvchanlikning ilmiy bilimdagi ahamiyatiga yuksak baho bergan. U Sankt-Peterburg yaqinidagi Pavlova shaqridagi fiziologiya institutining oldi tomoniga "Kuzatuvchanlik, kuzatuvchanlik va yana kuzatuvchanlik" deb yozdirib qo`ygan.

Yüklə 194,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə