4-mavzu. Sezgi. Idrok reja



Yüklə 194,51 Kb.
səhifə12/15
tarix19.12.2023
ölçüsü194,51 Kb.
#152710
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
4-mavzu. Sezgi. Idrok reja

4.7. Idrokda ob`ekt va fon, appersepsiya, idrokning konstantligi. Odamga juda ko`p narsa va hodisalar ta`sir qilib turadi. Bular shunday ko`p xossalarga egaki, hatto odam bir vaqtning o`zida ularga javob reaksiyasi qaytara olmaydi. Odam ko`p sonli qo`zg`ovchilardan faqat ayrimlarini aniq holda ajratib oladi. Shu ajratib olingan narsa hodisalar esa fon sanaladi. Idrok qilinadigan narsani o`rab turgan boshqa narsa, jism yoki hodisalarga nisbatan ob`ekt hisoblanib, ob`ektning atrofdagilari esa fon deyiladi. Masalan, o`qituvchi bir darsda bir necha o`quvchilardan so`raydi. Har safar so`rayotganlarni ko`radi. Chaqirilgan o`quvchi uning javobi xatti-harakati idrok ob`ekti hisoblanadi.
Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idrok qilinadigan narsa yoki jism idrokning ob`ekti deb ataladi. Boshqa o`quvchilar faoliyati idrok foni bo`lib qoladi. Idrok foniga kirgan o`quvchi javob berish uchun chaqirilib qolsa, idrok ob`ektiga aylanadi va aksincha. Demak, idrok ob`ekti va foni dinamik tabiatga ega bo`lib, doimo o`zgarib turadi. Ob`ekt va fonning dinamikligi bosh miya katta yarim sharlari po`stida vujudga keladigan optimal qo`zg`alish o`choqining almashinishi bilan taqozo etiladigan diqqatning bir ob`ektdan boshqa ob`ektga o`tishi bilan izohlanadi. Idrok fonidan ob`ektni ajratishning psixologik qonuniyatlarini ikkilangan tasvirlar, shrederlar zinapoyasi, predmet konturlarini ajralishi kabilarda aniq ko`rish mumkin.
Juda ko`p hollarda ob`ektni fondan tez va aniq ajratib olish uchun uni alohida rang, shakl va belgilar bilan ta`kidlab qo`yiladi. Masalan, transport belgilari, temir yo`l ishchilari maxsus to`q sariq rangli kiyim kiyadilar va boshqalar.
Idrokning o`ziga xos xususiyatlaridan biri idrok jarayoniga butun psixik hayot mazmunining (ya`ni butun ma`naviy boyligining) ta`sir etishidir. Yuqorida aytilganidek, idrok jarayoni odamning turmush tajribasi bilan bog`liq ekan, binobarin, idrok jarayoniga bilim boyligi odamning ishonch, e`tiqodlari, dunyoqarashi, qiziqish va ehtiyojlari hamda kasbi ta`sir qiladi. Psixologiyada idrok jarayoniga odamning butun ma`naviy hayot boyligini ta`sir etishini appersepsiya deb yuritiladi. Appersepsiya - idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivasiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman ruhiy hayotining barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Appersepsiya tushunchasi ba`zi hollarda idrokning aniqligi, to`liqligi, ravshanligi, predmetliligi, tanlovchanlik kabi sifatlarning ma`nosi o`rnida qo`llanilgan. Psixologik nazariyalariga ko`ra, appersepsiya hodisasi barqaror va vaqtincha (muvaqqat) deb yuritiluvchi ikki turga ajratiladi. Barqaror appersepsiya hodisasi shaxsning dunyoqarashi, qat`iy maslagi, motivasiyasi, qiziqishi, bilim saviyasi, madaniy darajasi, xulq-atvori, ma`naviyati va kasbiy tayyorgarligiga bog`liq bo`lib, u o`ta murakkab tuzilishga egadir. Muvaqqat (vaqtincha) appersepsiya turi esa shaxsning faqat idrok qilishi jarayonidagi emosional holatiga, ya`ni uning kayfiyati, ruhlanishi, shijoati, stress, affekt ko`rinishidagi his-tuyg`ularida, ularning sur`ati, davomiyligi tizimida o`z ifodasini topadi.
Idrok xususiyatining yana bir o`ziga xos xususiyati uning konstantligidir. Idrokning konstantligi deganda biz idrok qilishdan ongimizda hosil bo`lgan obrazning real voqelikdagi bizga ta`sir etib turgan narsaning tabiiy holatiga har jihatdan mos bo`lishini tushunamiz. Ma`lumki, narsalarning hajmi (katta yoki kichikligi) shu narsalarni qanday masofadan (uzokdan yoki yaqindan) idrok qilayotganimizga qarab o`zgarib turadi. Lekin shunday bo`lsa ham idrok qilishdan hosil bo`lgan narsalarning ongimizdagi obrazlari hamma vaqt shu narsaning tabiiy holatiga mos bo`ladi, masalan, katta yo`lda ketayotib, uzoqdan gugurt qutichasidek kichkina bo`lib kelayotgan avtobusni ko`rib, "kichkinagina avtobus" kelyapti demaymiz. Uzoqdagi avtobusni idrok qilishda ongimizda hosil bo`lgan obraz avtobusning real hajmiga teng bo`ladi. Biroq shu narsani aytish kerakki, idrokning konstantligi hususiyati ham odamning turmush tajribasi bilan bog`liqdir.

Yüklə 194,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə