4-mavzu. Sezgi. Idrok reja



Yüklə 194,51 Kb.
səhifə10/15
tarix19.12.2023
ölçüsü194,51 Kb.
#152710
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
4-mavzu. Sezgi. Idrok reja

4.5. Idrok haqida tushuncha. Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo`lib, barcha ruhiy holatlar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni egallangan bilimlar, tajribalar, ko`nikmalar bir davrning o`zida namoyon bo`ladi, aks ettirishda ishtirok etadi.
Idrok sezgiga nisbatan bir muncha murakkabroq, to`laroq aks ettirish jarayoni bo`lib, sezgi a`zolarimizga ta`sir etib turgan narsa va hodisalarni butun belgi hamda xususiyatlari bilan butunligicha, ya`ni yaxlit aks ettirishdan iboratdir.
Psixologik adbiyotlarda idrok tushunchasiga turlicha ta`riflar uchraydi. Jumladan M.Vohidovning "Psixologiya" darsligida idrok deb sezgi a`zolarimizga ta`sir etayotgan narsa va hodisalarni yaxlit holicha aks ettirishga aytiladi, deb keltiriladi.
V.Karimovaning "Psixologiya" o`quv qo`llanmasida idrok bu bilishimizning shunday shakliki, u borliqdagi ko`plab xilma-xil predmet va hodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo`lgan ob`ektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks ettirishimizni ta`minlaydi.
Keltirilgan ta`riflardan kelib chiqqan holda idrokka quyidigicha ta`rif berish mumkin: Idrok-deb sezgi a`zolariga bevosita ta`sir etib turgan narsa-hodisalar obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettirilishiga aytiladi.
Idrok qo`zg`atuvchilarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qilib, narsani butunligicha, yaxlitligicha, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiriladi. Shuning uchun idrok ayrim sezgilarning oddiy yig`indisidan iboratdir, degan xulosa chiqarib bo`lmaydi. Idrok o`ziga xos tuzilishga ega bo`lgan hissiy bilishning sifat jihatidan yangi yuksakroq bosqichidir.
Idrokning muhim tomonlaridan biri - uning xususiyatlarini turli jabhalar, vaziyatlar, sharoitlarda namoyon bo`lishidir. Idrokning muhim xususiyatlaridan biri - bu faol ravishda bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligidir. Odatda insonning idrok qilish (perseptiv) faoliyatini uning o`zlashtirilgan bilimlari, to`plagan tajribalari shuningdek, murakkab analitik-sintetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi.
Idrokning yana bir muhim xususiyati, uning narsa va hodisalarni umumlashgan holda aks ettirilishdir. Ma`lumki, inson psixikasiga kirib borayotgan ko`p qirrali, ko`p yoqlama amallari idrok qilish bilan cheklanib, chegaralanib qolmasdan, balki o`sha majmua aniq qism yoki hodisa sifatida baholanadi.
Idrokning navbatdagi xususiyati uning harakatchanligi va boshqaruvchanligidir. Masalan: toshko`mir yoruqlikda yoqdu sochadi, oq qog`ozdan ko`proq nur balqiydi. Lekin inson bu narsalarni "qora" va "oq" deb idrok qiladi, vujudga kelgan bevosita sub`ektiv taassurotlarga nisbatan o`zgartirishlar, tuzatishlar kiritadi.
Idrok jarayoni shunchaki oddiy aks ettirishdan iborat emas. Idrok jarayonida odamning diqqati, xotirasi, tafakkuri, xayoli, hissiyoti va irodasi ishtirok etadi. Chunonchi, odam diqqatini qaratmasdan (yo`naltirmasdan) birorta narsani ham mutlaqo idrok eta olmaydi.

Yüklə 194,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə