Mavzu: Idrokning nerv- fiziologik asosi



Yüklə 14,16 Kb.
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü14,16 Kb.
#157996
  1   2   3
Idrokning nerv- fiziologik asosi

Mavzu: Idrokning nerv- fiziologik asosi


Guruh: 1MTS -23
Bajardi: Mavlanova Z.A
Idrokning nerv- fiziologik asosi
Reja:
1.Idrok to‘g‘risida umumiy tushuncha
2.Idrokning nerv-fiziologik asosi
3.Idrok fenomenlari

Idrok haqida tushuncha


Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo‘lib, barcha ruhiy holatlar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok etadi.
Idrok sezgiga nisbatan bir muncha murakkabroq, to‘laroq aks ettirish jarayoni bo‘lib, sezgi a'zolarimizga ta'sir etib turgan narsa va hodisalarni butun belgi hamda xususiyatlari bilan butunligicha, ya'ni yaxlit aks ettirishdan iboratdir. Masalan, olmani ko‘rgan paytimizda uning shakli, rangi, ta'mi, hidi va navi bilan birgalikda bir butun narsa tarzida idrok etamiz. Demak, idrok qilish jarayonida deyarli barcha sezgilarimiz qatnashadi.
Shuning uchun ham idrok sezgiga nisbatan ancha murakkab aks ettirish jarayonidir. Shaxs tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning faqat ayrim xossalarini ongda aks ettirib qolmaydi, balki ularning barcha xossalarini birgalikda bir butun holda ham aks ettiradi. Psixologik adbiyotlarda idrok tushunchasiga turlicha ta'riflar uchraydi. Jumladan M.Vohidovning "Psixologiya" darsligida idrok deb sezgi a'zolarimizga ta'sir etayotgan narsa va hodisalarni yaxlit holicha aks ettirishga aytiladi, deb keltiriladi.
V.Karimovaning "Psixologiya" o‘quv qo‘llanmasida idrok bu bilishimizning shunday shakliki, u borliqdagi ko‘plab xilma-xil predmet va hodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo‘lgan ob'ektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks ettirishimizni ta'minlaydi. Keltirilgan ta'riflardan kelib chiqqan holda idrokka quyidigicha ta'rif berish mumkin: Idrok-deb sezgi a'zolariga bevosita ta'sir etib turgan narsa-hodisalar obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettirilishiga aytiladi.
Kishi narsa-hodisalarning ayrim xossalarini sezadi. Uni bir butun holda idrok qiladi. Chunki narsa va xossa bir-biridan ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi. Odam narsalarni idrok qilayotganda uning ayrim xossalarini sezadi.
Masalan: chaqmoq qandni idrok qilinadi, uning shirinligi seziladi. quyoshni idrok qilinadi, uning issiqligi seziladi va boshqalar.
Idrok qo‘zg‘atuvchilarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qilib, narsani butunligicha, yaxlitligicha, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiriladi. Shuning uchun idrok ayrim sezgilarning oddiy yig‘indisidan iboratdir, degan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Idrok o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lgan hissiy bilishning sifat jihatidan yangi yuksakroq bosqichidir.
2 Idrokning muhim tomonlaridan biri - uning xususiyatlarini turli jabhalar, vaziyatlar, sharoitlarda namoyon bo‘lishidir. Idrokning muhim xususiyatlaridan biri - bu faol ravishda bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligidir. Odatda insonning idrok qilish (perseptiv) faoliyatini uning o‘zlashtirilgan bilimlari, to‘plagan tajribalari shuningdek, murakkab analitik-sintetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi
Idrokning yana bir muhim xususiyati, uning narsa va hodisalarni umumlashgan holda aks ettirilishdir. Ma'lumki, inson psixikasiga kirib borayotgan ko‘p qirrali, ko‘p yoqlama amallari idrok qilish bilan cheklanib, chegaralanib qolmasdan, balki o‘sha majmua aniq qism yoki hodisa sifatida baholanadi. Idrokning navbatdagi xususiyati uning harakatchanligi va boshqaruvchanligidir. Masalan: toshko‘mir yoruqlikda yoqdu sochadi, oq qog‘ozdan ko‘proq nur balqiydi. Lekin inson bu narsalarni "qora" va "oq" deb idrok qiladi, vujudga kelgan bevosita sub'ektiv taassurotlarga nisbatan o‘zgartirishlar, tuzatishlar kiritadi.
Idrok jarayonida deyarli barcha sezgilarimiz ishtirok etsa ham idrok sezgilarimizning oddiy yig‘indisidan iborat deb bo‘lmaydi. Idrok jarayonida turli sezgilarimizdan tashqari odamning shu paytgacha orttirilgan turmush tajribasi ham ishtirok etadi. Odam o‘z turmush tajribasida juda ko‘p narsa va hodisalarni takror takror idrok qilgani tufayli odamning idroki anglanilgan xarakatlarga egadir.
Shuning uchun yetarli turmush tajribasiga ega bo‘lgan odam (ya'ni katta yoshli odamlar) idrok qilayotgan narsasi nima ekanligini anglashga yordam beradi. hech qanday turmush tajribasiga ega bo‘lmagan odam, (ya'ni chaqaloq, bolalar) idrok qilayotgan narsasi nima ekanini hali mutlaqo bilmaydi.
Idrok jarayoni shunchaki oddiy aks ettirishdan iborat emas. Idrok jarayonida odamning diqqati, xotirasi, tafakkuri, xayoli, hissiyoti va irodasi ishtirok etadi. Chunonchi, odam diqqatini qaratmasdan (yo‘naltirmasdan) birorta narsani ham mutlaqo idrok eta olmaydi.

Yüklə 14,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə