4-Mavzu: Shaxsni evalyusiyon jixatdan rivojlanishi. Reja


Rus olimi V.A. Yadov o’zining dispozitsion konsepsiyasini yaratib, unda ustanovkalarni to’rt bosqich va to’rt tizimli sifatida tasavvur qilgan



Yüklə 43 Kb.
səhifə12/19
tarix11.05.2023
ölçüsü43 Kb.
#109552
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
4-Mavzu Shaxsni evalyusiyon jixatdan rivojlanishi. Reja

Rus olimi V.A. Yadov o’zining dispozitsion konsepsiyasini yaratib, unda ustanovkalarni to’rt bosqich va to’rt tizimli sifatida tasavvur qilgan.
A) Elementar ustanovkalar (set) - oddiy, elementar ehtiyojlar asosida ko’p incha ongsiz tarzda hosil bo’ladigan ustanovkalar. Ularni o’zgartirish uchun moddiy shart - sharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini o’zgartirish kifoya.
B) ijtimoiy ustnovkalar (attitud) - ijtimoiy vaziyatlar ta’sirida ijtimoiy ob’ektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar. Ularni o’zgartirish uchun ijtimoiy shart - sharoitlar va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizimini o’zgartirish kerak.
V) bazaviy ijtimoiy ustanovkalar - ular shaxsning umumiy yo’nalishini belgilaydi va ularni o’zgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o’zgartirish demakdir.
G) qadriyatlar tizimi - ular avlodlararo muloqot jarayonining mahsuli sifatida jamiyatda qadr - qimmat topgan narsalarga nisbatan ustanovka. Masalan, sahih hadislar shunday qadriyatlardir, biz ularni tanqidsiz, muhokamalarsiz qabul qilamiz, chunki ular ham ilohiy, ham eng buyuk insonlar tomondan yaratilgan va avloddan avlodga o’z qadrini yo’qotmay kelayotgan qadriyatlardir.
Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki, anglanmagan yoki qisman anglangan motivlariga kiradi. Masalan, bir kishiga badiiy adabiyotdan aynan bir guruh asarlar yoqadi. Lekin nima uchun xuddi shu asarlar guruhi yoki shu adib yoqishini tushunmaydi. O’sha guruhdan yangi bir kitob qo’lga kirganda u albatta yoqishi kerak degan tasavvurda bo’ladi. Shu ma’noda olib qaralganda, ijtimoiy ustanovka shaxsdagi anglanmagan munosabatlarga o’xshaydi. Lekin aslida uning tabiati juda murakkabdir. Chunki ijtimoiy ustanovka tushunchasida munosabatlar ham, shaxsiy ma’no ham, baholar sistemasi ham, bilimlar ham o’z ifodasini topadi. Ya’ni, ijtimoiy ustanovka shaxsning turli ijtimoiy ob’ektlarga nisbatan munosabat bildirishining ichki mexanizmidir, shu ob’ektlar bilan ishlashga, ularni baholashga hamda ma’lum tarzda idrok qilishga tayyorgarlik holatidir.
Ijtimoiy ustanovka muammosi G‘arbda, ayniqsa, Amerika Qo’shma Shtatlarida har taraflama chuqur o’rganilgan muammolardan hisoblanadi. Amerikalik olimlar uning shaxsning avvalgi xayotiy tajribasiga, undagi ijtimoiy tasavvurlarga bog‘liqligini o’rganib, shaxs xulq-atvorini turli sharoitlarda boshqaruvchi mexanizm ekanligini isbot qildilar. Ular ijtimoiy ustanovkani bir so’z bilan — ''attityud" so’zi bilan ifodalaydilar. 1942-yildayok M. Smit attityudning uch komponentli strukturasini ishlab chiqqan. Bunga ko’ra attityudda uch qism bo’lib, bular kognitiv qism, affektiv qism hamda konativ qismlaridir.

Yüklə 43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə