4-Mavzu. Tabiiy tosh materiallar §



Yüklə 141,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix22.03.2024
ölçüsü141,38 Kb.
#183059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4- mavzu. Tabiiy tosh materiallarining asosiy xossalari

3.8
 
– rasm. Toshli bog’–landshaft arxitekturasi. 
 
 
3.9
 
– rasm. Bino inter’eriga joylashtirilgan kichik toshli bog’. 


§3.5. Tabiiy tosh material va buyumlarni tashish, saqlash va ularni 
emirilishdan himoyalash 
 
Tabiiy tosh material va buyumlarni tashish va saqlash vaqtida mexanik 
shikastlanishi, ifloslanishi va namlanishini istisno qiladigan chora tad- birlarga rioya 
qilish zaurur. Qoplama plitalar va boshqa buyumlarni tashish va transport 
vositalaridan tushirishda uloqtirishga ruxsat etilmaydi. 
Tashish va saqlashda arralangan hamda yo’nilgan qoplama plitalar qis- tirmalar 
bilan qirrasiga o’rnatiladi, jilolanuvchanlari esa maxsus yuk qutilarda (konteyner) 
o’ng tomoni ichkariga qaratib yotqiziladi, bunda ular orasiga qog’oz qo’yiladi. 
Me’morchilik detallari va deraza tokchalar panjara- li moslamada tashiladi. 
Tabiiy toshdan tayyorlangan qoplama buyumlar yopiq omborlar yoki bostir ma 
ostida turlari bo’yicha xillarga ajratib, arralanadigan bloklar va devor toshlarni esa 
tekislangan ochiq maydonlarda yog’och tagliklarga yotqizib saq- lash tavsiya 
qilinadi. Omborlardan suv oqib ketishi ta’minlanishi lozim. 
Foydalanish jarayonida bino va inshootlardagi tabiiy tosh materiallar asta-sekin 
emirilishi mumkin. Bu jarayon tog’ jinslarining er yuzasida emi- rilishiga 
o’xshashligi asosida “
nurash”
deb ataladi. 
Tabiiy tosh materiallar atrofdagi muhit bilan o’zaro ta’sirlanishi, fizik-kimyoviy 
jarayonlar, shuningdek, turli o’simlik organizmlarining ta’siri natijasida emirilishi 
mumkin. Toshning emirilishiga asosiy sa- bab suv ta’siridir, chunki u toshning darz 
ketgan joylari va g’ovaklariga ki- radi, so’ngra muzlab va hajmi kengayib toshni 
emiradi. Bundan tashqari, ha- roratning keskin o’zgarishi natijasida tosh yuzasida 
mikrodarzlar paydo bo’- ladi, ular emirilish manbai bo’lib qoladi. Turli 
mikroorganizmlar va o’sim- liklar darzlarga joylashib, organik kislotalar ajratib 
chiqaradi, ular o’z navbatida toshni emiradi. Havo tarkibidagi turli gazlar, masalan, 
karbonat angidrid gazi, ohaktosh va marmarlarning yuzasini tinimsiz emiradi. Tabiiy 
tosh materialning emirilish tezligi toshning tuzilishi, zichligi, yuzasining sifati, jins 
hosil qiluvchi mineralllarning kimyoviy tarkibi, shuningdek, toshga tashqi 
ta’sirlarning tinimsizligiga bog’liq. 
Tabiiy tosh materiallarning chidamliligini ta’minlash uchun bino va 
inshootlarning konstruktsiyalariga, shuningdek, yo’l qoplamalariga emiri- lishga 
qarshi ma’lum konstruktiv va kimyoviy chora-tadbirlar ko’rilishi lo- zim. 
Konstruktiv chora-tadbirlarga suv tosh sirtidan to’g’ri va tez oqib keti- shini 
ta’minlash, shuningdek, jilvirlash hamda jilolash hisobiga zich va silliq yuza hosil 
qilishdan iborat. 
Kimyoviy chora-tadbirlar g’ovak tosh yuzasiga maxsus tarkiblar shimdi- 
rilishini nazarda tutadi. Bu tarkiblar yuzani zichlaydi va uni nam kirishi- dan 
saqlaydi. Tosh materiallarni kimyoviy himoyalashning mavjud usullari ichida eng 
samaralisi flyuatirlash ya’ni, g’ovakli ohaktoshning sirtqi qatla- miga flyuatlarni 
(kremniy ftorvodorod kislotasi tuzlarining eritmalari) shimdirishdir. Flyuatlar kaltsit 
bilan reaktsiyaga kirishib, tosh yuzasida eri- maydigan birikmalar hosil qiladi, ular 
sirtqi qatlamdagi barcha g’ovaklarni 


to’ldirib, namning materialga kirishiga to’sqinlik qiladi va shu bilan birga uning tashqi 
muhit ta’siriga chidamliligini oshiradi. 

Yüklə 141,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə