4-Mavzu. Tabiiy tosh materiallar §


§3.3. Tabiiy tosh materiallarini qazib olish va ishlov berish



Yüklə 141,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix22.03.2024
ölçüsü141,38 Kb.
#183059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4- mavzu. Tabiiy tosh materiallarining asosiy xossalari

§3.3. Tabiiy tosh materiallarini qazib olish va ishlov berish 
 
Tabiiy tosh material va buyumlar ishlab chiqarish uchun dastlab tog’ jinslarini 
qazib olish va ularga ishlov berish kerak. 
Tosh qazib olish. 
Qurilishda ishlatiladigan tog’ jinslarni qazib olish usullari 
ularning joylanish sharoitlari, mustahkamligi va qattiq-ligi, shuningdek, yasaladigan 
buyumlarning shakli hamda o’lchamlariga bog’liq. Tog’ jinslari uncha chuqur 
joylashmagan yoki er yuzasiga yaqin joylashgan hol- larda, ularni qazib olish ochiq 
usulda olib boriladi. Chuqur joylashgan tog’ jinslari tosh maydalanadigan joylar 
yoki shaxtalarda er osti usulida qazib olinadi. 
Mayda tosh yoki xarsang tosh uchun mo’ljallangan zich tog’ jinslari, odat- da, 
portlatish usulida qazib olinadi. Alohida bloklar yaxlit massivdan tosh tarashlash va 
qo’porish mashinalari, shuningdek, maxsus uskunalar yordamida arralab yoki 
sindirib olinadi. 
Oson ishlov berish mumkin bo’lgan tog’ jinslari, masalan, tuf va ohak- tosh-
chig’anoqtoshlar tosh tarashlash mashinalari yordamida mexanizatsiyalashgan 
usulda qazib olinadi. Mashinalarning qirquvchi elementlari ko’ndalang va tik 
qo’yma keskichli disk arradan iborat. Tosh tarashlash mashinasi kon bo’y- lab rels 
yo’lda yuradigan aravachaga o’rnatiladi. Uchta o’zaro perpendikulyar tekislikda 
joylashadigan disk plitalar yordamida bloklar kerakli o’lchamda va geometrik 
shaklda yaxlit massivdan arralab olinadi. 
Toshga ishlov berish. 
Tog’ masssividan ajratib olingan katta o’lchamli toshlar 
ishlov berish natijasida kerakli shakl va o’lchamlarga, ustki yuzasi esa belgilangan 
ko’rinishga keltiriladi. Toshga, odatda, maxsus korxona- larda mexanizatsiyalashgan 
usulda ishlov beriladi. Qoplama toshlarga ishlov berish, sermehnatli va murakkab 
ishdir. U quyidagi asosiy bosqichlarni o’z ichiga oladi: tosh bloklarini talab etilgan 
qalinlikda plita va bo’laklarga 


bo’lish (arralash), plita va bo’laklarni berilgan o’lchamlarda qirqish, profil- lash va 
manzarali bezak berish va h. k. 
Mexanik ishlov berish orqali qurilishbop holga keltirilgan devorbop va 
pardozbop tabiiy tog’ jinslarining ayrim namunalari, 3.1 – rasmda kelti- rilgan. 

Yüklə 141,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə