4-semestr O‘quv-uslubiy majmua toshkent – 2014


Sho’radoshlar oilasi (Chenopodiaceae)



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə26/63
tarix22.03.2024
ölçüsü0,89 Mb.
#181649
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63
23477 4.1. Маъруза 4-семестр Word

Sho’radoshlar oilasi (Chenopodiaceae)
Sho’radoshlar oilasi vakillari nixoyatda keng tarqalgan. Bu oila 110 ta turkum, 1600 ga yaqin turga ega bo’lib O’zbyokistonda 176 turi ma’lum bo’lib, ular ersharining barcha kit’alarida uchraydi, cho’l zonasida o’sadigan o’simliklarining asosini tashkil etadi (cherkez, boyalish, saksovul, shurak va x.k.)
Bu oilaga bir yillik, ikki yillik va ko’p yillik o’tlar, chala butalar, ba’zan buta va kichik-kichik daraxtlar kiradi.
Barglari turli shaklda (xatto bir tur ichida ham). Gullari oddiy, gulkasachasimon, 5 ta baz’an etli yoki pardasimon gulbargachalardan iborat , erkin yoki qo’shilgan. Ko’pchiligi to’g‘ri, ikki jinsli yoki bir jinsli gullarga ega. Ular 1-5 ta changchilarga ega bo’lib, ular gulqo’rg‘on barglari ro’parasiga joylashgan. Urug‘chisi 1 ta bo’lib, 2-5 meva bargidan iborat, hasharotlar yordamida changlanadi. Mevalari yong‘oqcha yoki rezovor baz’an to’pmeva bo’ladi.
Bu oilaning begona o’t sifatida keng tarqalgan oq sho’ra (Chenopodium album) turi bir yillik o’t o’simligi hisoblanib poyasi 5 kirrali, o’rta barglari navbatlashib joylashgan, noto’g‘ri tishchasimon, pufakchasimon tukchalar bilan qoplangan. Gulllari to’da bo’lib barg qo’ltig‘idagi tirs to’pgulga to’plangan.
Madaniy xoldi eqiladigan vakilariga misol qilib oddiy lavlagini (Beta vulgaris) olish mumkin. Bu o’simlik 2 yillik bo’lib birinchi yili uzun bandli barglardan iborat yirik to’pbargli qisqargan poya va oziq moddalar to’playdigan yug‘on ildiz «ildizmeva» hosil bo’ladi. Ikkinchi yili esa ancha uzun, yo’g‘on va juda serqirra poya, hamda to’pgul hosil bo’ladi.
Bu oilaning sho’ra (Chenopodium), ismaloq (Spinacia), olabuta (Atriplex), izen (Kochia), saksovul (Haloxylon) kabi turkum vakilari keng tarqalgan.
Gullari mayda, ko’rimsiz, ko’pchiligi to’g‘ri, ikki jinsli yoki bir jinsli, to’da to’pgulga yig‘ilgan bo’lib, ko’pchiligining to’da to’pgullari guruhlangan. Gulqo’rg‘oni 1-5 ta yashilroq yoki oqish pardasimon bargchalardan tuzilgan. Gulqo’rg‘on bargchalari ko’pincha meva yonidan tuk, qanot, muguz, tikan singari har xil ortiqlarni hosil qiladi, bu ortiqlar mevalarning tarqalishiga yordam beradi. Gullarda 1-5 ta changchilari bo’lib, ular gulqo’rg‘on bargchalari ro’parasida joylashadi. Urug‘chisi bitta bo’lib, 2-5 ta meva bargchadan tuzilgan bitta urug‘kurtagi bor. Tugunchasi ostki, bir uyali, shamol yoki hashoratlar yordamida changlanadi. Mevalari yong‘oqcha yoki rezavor, ba’zan to’pmeva bo’ladi (P5 A5G2).
Bu oila vakillari cho’l va chala cho’llarda o’sadigan o’simlik bo’lib, ularning ko’pi juda katta maydonlarni ishg‘ol qiladi, joyning landshaftini belgilaydi. Ot, tuya hamda qo’ylarni haydab boqish uchun xashak hamda asosiy yoqilg‘i bo’lganligidan bu o’simliklar xo’jalikda muxim rol o’ynaydi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə