Valeologiya inson salomatligi haqidagi fan



Yüklə 314,78 Kb.
tarix17.12.2023
ölçüsü314,78 Kb.
#149913
Valeologiya inson salomatligi haqidagi fan (2)


Valeologiya inson salomatligi haqidagi fan

Reja :

  • 1. Valeologiya asoslari fanining mazmuni, vazifalari.
  • 2. Valeologiya asoslari fanining tarixi.
  • 3. Valeologiya asoslarining boshqa fanlar bilan bog’liqligi
  • 4. Valeologiya asoslari fanining hozirgi kundagi ahamiyati.
  • 5. Odam salomatligi haqida hozirgi zamon tushunchalari.

O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan jismonan baquvvat, ma'naviy boy, axloqan etuk, intellektual rivojlangan, yuqori bilimli, har taraflama kamol topgan shaxsni shakllantirishga qaratilgan keng ko’lamli tadbirlarni amalga oshirish maqsadida mamlakatimizda 2000 yilni «Sog’lom avlod yili», 2005 yilni esa «Sihat-salomatlik yili» deb e'lon qilinishi 2005 yili O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 30-sonli qarori bilan «Sixat salomatlik yili davlat dasturi»ni e'lon qildi.

Valeologiya o’rganadigan va hal qiladigan muammolarni quyidagilar tashkil etadi:


1) salomatlikning tibbiy biologik va ijtimoiy omillarini o’rganish;
2) salomatlikning shakllanish mexanizmlarini o’rganish;
3) muayyan shaxsning salo matligi darajasini va turmush tarzini baholash uslublarini yaratish;
4) salomatlikni saqlash va mustahkamlash borasida amaliy uslublar yaratish;
5) valeologiya ta'limini o’rganish borasida nazariy va uslubiy qo’llanmalar. yaratish.
Salomatlik
Salomatlik-insonning eng katta boyligidir. Pedagogika institutlarining hozirgi kundagi yana bir asosiy vazifalaridan biri salomatlikni saqlash va mustahkamlash sohasida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lgan mutaxasislarni tayyorlashdir. Ma’lumki salomatlik inson tomonidan, uning biologik va ijtimoiy faoliyatini to’liq va keng miqiyosda bajarishi uchun eng asosiy omildir, o’zini namoyon qilishdagi poydevoridir.
Sog’liq odamning jismoniy va ma’naviy xususiyatlari yig’indisi, uning uzoq umr ko’rishining va ijodiy rejalarini amalga oshirishning, jamiyatimiz baxt-saodati uchun yuqori mehnat unumdorligi, mustahkam ahil oila yaratish, bolalarning tug’ilishi va tarbiyasini amalga oshirishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Sog’liqni mustahkamlovchi omillarga aniq rejim yordam beradi. Ovqatlanish, uyqu, gigiyenik muolajalar va boshqalarni odat bo’lib qolgan muayyan bir vaqtda o’tkazgan ma’qul. Aniq rejim tufayli organizm normal zo’riqishni his etadi, sarflangan kuch tezroq va to’liqroq tiklanadi, organizm kamroq kasallanadi.
Sog’liqni mustahkamlashning yana bir omil aktiv harakatchanlikdir. Hozirgi zamon odamlari kam harakat qilmoqda. Buning asosiy sababi sanoatda va qishloq xo’jaligida mexanizatsiyalashmagan mehnatning ulushi borgan sari qisqarib bormoqda, transport vositalari rivojlanmoqda, televideniya va kompyuter tizimi keng ko’lam bilan rivojlanib bormoqda.
Tabiat, sof havo, suv va quyosh bilan doimiy ravishda muloqotda bo’lish odamga sog’liqni mustahkamlashga va kasalliklarga chidamli bo’lishga yordam beradi.
Sog’liqni zaiflashtiruvchi omillarga- rejimga rioya qilmaslik, kam harakat qilish, shaxsiy gigiyena qoidalarga amal qilmaslik, vaqtida ovqatlanmaslik va chekish hamda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish singari zararli odatlar kiradi.
Sog’lom hayotni yo’lga qo’yishda, Prezidentimiz fikricha, birinchidan, oqilona yashashni yo’lga qo’yish, ikkinchidan, sog’lom turmush tarzi talablariga rioya qilish lozim.
Bunday yo’l tutish insonni «o’zim uchun ham yashashga, shu hayotdan bahra olishga vaqt topa oldimmi» deya o’ylab ko’rishga olib keladi. «O’zi uchun ham yashash» g’oyasida xudbinlik unsuri yo’q. Aksincha, bu g’oya zamirida o’zini qadrlab, ongli yashab o’tish maqsadi yotibdi. O’zini, o’z sog’lig’ini qadrlamagan va salomatligini saqlash yo’llarini bilmagan odam o’zgalar qadrining ahamiyatini, sog’lig’ini tushunmaydi. SHu ma’noda o’z qadrini bilgan inson o’zgalarni qadrlaydi va oqibatda «xalqning, millatning umum sog’lig’i yuzaga keladi».

Salomatlikni mustahkamlovchi tadbir quyidagilar:


har kuni 7—8 soatlik uyqu;
aniq bir vaqtlarda kuniga 3 marotaba ovqatlanish;
har kuni ertalabki nonushta;
vaznni meyerida saqlash;
spirtli ichimliklarni ko`p iste`mol qilmaslik;
har kuni jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish;
chekishdan butunlay voz kechish.
Yüklə 314,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə