5-Laboratoriya ishi
Mavzu:
Asinxron ikkilik 4 razryadli hisoblagichni tadqiq etish
Ishdan maqsad:
Raqamli mantiqiy qurilmalarni loyihalashtirshda
hisoblagich sxemasini ishlashini o‟rganish.
Nazariy qism:
Trigger o'zini ikkiga bo'luvchi
kabi tutadi,
chunki har takt impulsining
sinxronizatsiya siklida ma'lumot faqat bir marta o'zgaradi.
Natijada trigger
chiqishidagi signal o'zgarish chastotasi takt impulslari chastotasidan ikki marta
kichik. Bir necha triggerli - chastotani ikkiga bo'lish sxemalarini ketma-ket ulab,
ikkilik ma'lumotlarni nafaqat saqlash, balki chastotani bo'lish va uning kirishiga
kelayotgan impulslarni sanash uchun ishlatish mumkin.
Agar qurilma uning
kirishlariga berilayotgan impulslarni
hisoblashni amalga oshirsa,
bu qurilma
hisoblagich deb ataladi.
Hisoblagichlar - ketma-ket qurilma bo„lib, kirish yo„liga berilgan impulslar
sonini hisoblash va saqlash uchun xizmat qiladi.
Hisoblagichlar bir nechta belgilar bo„yicha klassifikatsiyalanadi. Ularni
alohida ko„rib chiqamiz.
1.Hisob yo„nalishi bo„yicha:
a) yig„iluvchi;
b) ayiruvchi;
v) reversiv.
2. O„tish (perenos) sxemalarini tashkil etish yo„li bo„yicha:
a) ketma-ket perenosli hisoblagichlar;
b) to„g„ridan to„g„ri perenosli hisoblagichlar;
v) Parallel perenosli hisoblagichlar;
3. Hisoblagichning sinxronizatsiya asosida holatini o„zgartirish bo„yicha:
a) asinxron;
b) sinxron.
Jamlovchi hisoblagichda barcha razryadlar uchun umumiy sinxronizatsiya
mavjud emas. Razryadlarning yangi holatga o„tishi impulslar beriladigan kirish
yulidan boshlab ketma-ket va razryadma –razryad amalga oshiriladi.
Razryadlarning yangi holatga o„tishi kirish
razryadiga beriladigan
impulsdan boshlab birin ketin razryadma-razryad bajariladi.
Uning sxemasi quyigagi ko„rinishga ega: