5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»



Yüklə 161,61 Kb.
səhifə22/35
tarix17.12.2023
ölçüsü161,61 Kb.
#149740
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va moh-fayllar.org

Ilmiy dalil. Ilmiy dalil empirik bilishning natijasi hisoblanadi. Dalil (yoki dalillar)ni
aniqlash ilmiy tadqiqotning zarur shartidir. Dalil – bilimining tasdiqlangan boyligiga aylangan 
moddiy yoki ma’naviy dunyo hodisasi, biron-bir hodisa, xossa yoki munosabatni qayd etishdir.
A.Eynshteyn so’zlari bilan aytganda, fan dalillardan boshlanishi va boshlanish bilan tugallanish
o’rtasida qanday nazariy tuzilmalar bo’lishidan tuzilishidan qat’i nazar, dalillar bilan
yakunlanishi lozim. Dalil tushunchasi har xil ma’no-mazmunga ega. «dalil» atamasining ko’p
sonli ta’riflari orasida quyidagilarni qayd etish mumkin. Birinchidan, borliq hodisasi, asos qilib
olish mumkin bo’lgan voqea, hodisa, holat sifatidagi dalil. Bu inson tomonidan anglangan yoki
anglanmaganligidan qat’i nazar mavjud bo’lgan hayot dalillaridir.
Ikkinchidan, «dalil» tushunchasi borliqning anglab yetilgan voqealari va hodisalarini
belgilash uchun qo’llaniladi. Inson bilish imkoniyatlarining serqirraligi shunda namoyon
bo’ladiki, borliqning ayni bir dalili bilishning oddiy va ilmiy darajalarida, san’at, publitsistika
yoki yuridik amaliyotda anglab yetilishi mumkin. SHu sababli turli usullar bilan aniqlanadigan



har xil dalillarning ishonchlilik darajasi ham har xil bo’ladi. Ko’pincha ilmiy dalil bilan borliq


voqeasi o’xshash bo’lib ko’rinadi va bu ayrim faylasuflar va olimlarga dalil haqiqatini mutlaq
haqiqat sifatida tavsiflash imkonini beradi. Bunday tasavvur bilishning haqiqiy manzarasiga mos
kelmaydi, uni dogmaga aylantiradi va soddalashtiradi.
Dalillar murakkab tuzilishga ega. Ular borliq haqidagi axborot, dalil talqini, uni olish
va tavsiflash usulini o’z ichiga oladi.
Dalilning muhim tomoni – borliq yoki uning ayrim xossalari haqida tasavvurning
shakllanishiga imkoniyat yaratuvchi borliq to’g’risidagi axborot. Dalilning borliqqa muvofiqligi
uni haqiqiy deb tavsiflash imkonini beradi. SHu sababli dalillar fanning empirik asosi, nazariyani
tasdiqlash yoki inkor etishning muhim usuli hisoblanadi. Dalil yordamida borliq xolisona,
nazariyaga bog’lanmagan holda anglab yetiladi. Dalillar eski nazariya doirasiga sig’maydigan,
unga zid bo’lgan hodisalarni kashf etish imkonini beradi.
Talqin qilish dalilning muhim unsuri bo’lib, u har xil shakllarda amalga oshiriladi.
Ilmiy dalil nazariya bilan bilvosita bog’liq. Nazariya yordamida empirik tadqiqotning vazifalari
aniqlanadi va uning natijalari talqin qilinadi. Talqin qilish dalil tarkibidan uni shakllantirishning
nazariy-metodologik sharti, dalildan kelib chiqadigan nazariy xulosa, uning ilmiy izohi yoki har
xil mafkuraviy, ilmiy yoki falsafiy nuqtai nazarlardan amalga oshiriladigan baholash sifatida
o’rin oladi.
Dalilning moddiy-texnik yoki metodik tomoni, ya’ni uni olish usuli ham bor. Dalilning
ishonchliligi ko’p jihatdan u qaysi usulda, qanday vositalar yordamida olinganligi bilan
belgilanadi. Masalan, saylovoldi kampaniyalarida nomzodlar reytingi, ularning muvaffaqiyat
qozonish imkoniyatlarini
ko’rsatuvchi
sotsiologik
tadqiqotlarning
natijalaridan
ko’p
foydalaniladi. Ko’pincha ularning natijalari bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi, ba’zan bir-
biriga mutlaqo zid bo’ladi. To’g’ridan-to’g’ri xatoga yo’l qo’yish imkoniyati istisno etilsa,
bunday farqlarning sababi metodikalarning har xilligi bilan izohlanishi mumkin.
Fanning ko’p asrlik tarixi nafaqat kashfiyotlar tarixi, balki dalillarni nazariy
mavhumlashtirish, umumlashtirish yoki tizimga solishning muhim omili hisoblangan fan tilining
rivojlanish tarixi hamdir. SHu sababli har qanday dalil belgi-aloqa jihati, ya’ni u tavsiflangan fan
tiliga ega bo’ladi. Grafiklar, sxemalar, ilmiy belgilar va atamalar – fan tilining muhim atributlari.
Agar ilmiy kashfiyotni odatdagi atamalarda tavsiflashning iloji bo’lmasa, uni idrok etish jarayoni
ba’zan uzoq yillarga cho’ziladi.
Ilmiy bilimning rivojlanishiga qarab tabiiy til unda ifodalanayotgan narsalar
mazmuniga semantik jihatdan muvofiq emasligi bo’rtib ko’rina boshladi. Tabiiy til iboralarining
serma’noliligi, gaplar mantiqiy tuzilishining noaniqligi, til belgilarining ma’nolari kontekst
ta’sirida o’zgaruvchanligi, psixologik assotsiatsiyalar – bularning barchasi ilmiy bilishda zarur
bo’lgan ma’noning aniqligi va ravshanligiga erishishga monelik qilardi. Natijada tabiiy tilni
sun’iy tarzda formallashtirilgan til bilan almashtirishga ehtiyoj tug’ildi. Uning kashf etilishi
fanning bilish vositalarini juda boyitdi, unga yangi va yangi murakkab vazifalarni yechish
imkonini berdi. SHuni ta’kidlash lozimki, ilmiy dalillar ham, gipotezalar, nazariyalar, ilmiy
muammolar ham fanda yaratilgan sun’iy tillarga tayanadi.
Ilmiy dalil nazariy tizimga kiradi va ikki muhim xossa: ishonchlilik va bir variantlilikka
ega bo’ladi. Ilmiy dalilning ishonchliligi shunday namoyon bo’ladiki, uni tadqiqotchilar
tomonidan turli davrlarda o’tkaziladigan yangi eksperimentlar yordamida olish va ifodalash
mumkin. Ilmiy dalilning bir variantliligi shundan iboratki, u o’zining ishonchliligini
talqinlarining rang-barangligidan qat’i nazar saqlab qoladi.
Fan dalillari umumlashtirilishi natijasida ular nazariya uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Dalillarni umumlashtirishning oddiy shakllari – ularni tahlil, sintez qilish, tiplarga ajratish,
birlamchi tushuntirish sxemalaridan foydalanish va hokazolar asosida amalga oshiriladigan
tizimga solish va tasniflashdir. Ma’lumki, juda ko’p ilmiy kashfiyotlar olimlarning dalillarni
tizimga solish va tasniflash borasidagi fidokorona mehnati natijasida yuzaga kelgan (masalan,
CH.Darvin yaratgan turlarning tabiiy tanlanish yo’li bilan paydo bo’lishi nazariyasi,
D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi).



Dalillar ularni talqin qiluvchi nazariya, ularni tasniflash metodi mavjud bo’lgan, ular


boshqa dalillarga bog’lab anglab yetilgan holdagina ilmiy ahamiyat kasb etadi. Faqat o’zaro
bog’langan va yaxlit ko’rinishda dalillar nazariy umumlashtirish uchun asos bo’lib xizmat qilishi
mumkin. Alohida va tasodifan, hayotdan ajratib olingan dalillar biron-bir narsa yoki hodisani
asoslashga qodir emas. Noto’g’ri tanlab olingan dalillardan har qanday nazariyani tuzish
mumkin, biroq u hech qanday ilmiy ahamiyatga ega bo’lmaydi.

Yüklə 161,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə