5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»


Muammoli vaziyat va uning ahamiyati



Yüklə 161,61 Kb.
səhifə24/35
tarix17.12.2023
ölçüsü161,61 Kb.
#149740
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va moh-fayllar.org

Muammoli vaziyat va uning ahamiyati. Mavjud faoliyat strategiyalari va o’tmish
tajribasi insonga yuzaga kelgan qiyinchilikni bartaraf etish imkonini bermaydigan, mutlaqo
yangi strategiyani yaratish talab etiladigan vaziyat odatda muammoli vaziyat deb ataladi.
Muammoli vaziyat aniqlangan dalillarni mavjud bilim doirasida tushuntirish mumkin emasligini
ifodalovchi vaziyatdir. Ilmiy kashfiyot sari yo’l muammoli vaziyatni aniqlashdan boshlanadi, uni
ta’riflashdan o’tadi va bu vaziyatning yechimini topish bilan yakunlanadi.
Muammoli vaziyatning paydo bo’lishi har xil omillar bilan belgilanadi. Avvalo, u
dalilni asoslangan xususiyatga ega bo’lgan mavjud nazariy bilim yordamida tavsiflash mumkin
bo’lmagan holda yuzaga keladi. Bu yerda muammoli vaziyat ko’p jihatdan bizga hali aniq
bo’lmagan ob’yektiv mavjud hodisalar ta’sirida yuzaga keladi. Biroq muammoli vaziyat ba’zan
mavjud nazariy dasturni rivojlantirish va kengaytirish bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin.
Muammoli vaziyat shaklan sub’yektiv, biroq mazmuniga ko’ra ob’yektivdir. Amalda u
tadqiqotchi oldida kuzatishlar va eksperimentlarning empirik bilimlar – dalillar va qonunlar
shaklida ifodalanuvchi yangi natijalari bilan o’z tasdig’ini topgan nazariy bilimlarning birikuvi
ko’rinishida yuzaga keladi. Ko’pincha muammoli vaziyat jamiyatning amaliy yoki nazariy
manfaatlari nuqtai nazaridan o’zini namoyon etadi. Uni moddiy va ma’naviy madaniyatning
rivojlanish jarayoni, shu jumladan fan nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi, unga davlat va
jamiyatning munosabati, davlat va jamiyatning uni yechishdan manfaatdorligi tayyorlaydi.
Muammoli vaziyatning aniqlanishi va hal qilinishiga ijtimoiy-tarixiy muhit sezilarli ta’sir
ko’rsatadi. U ilmiy kashfiyotga imkoniyat yaratishi, biroq uning olinishiga to’sqinlik qilishi ham
mumkin.
Muammoli vaziyatda olimning o’ziga xos xususiyatlari, chunonchi: uning kasbiy
tayyorgarlik darajasi, muammoda mo’ljal ola bilishi, qotib qolgan eskicha qarashlardan
uzoqlasha olishi, zehnining o’tkirligi va hokazolar ayniqsa yorqin namoyon bo’ladi.
Muammoli vaziyatni tahlil qilishda shaxsiy-psixologik tusdagi masalalarni ham
o’rganishga to’g’ri keladi, chunki bu vaziyatni olim o’z boshidan kechiradi va unda olimning
intuitsiyasi, tafakkur uslubi va hokazolar namoyon bo’ladi.
Muammoli vaziyatning pirovard negizi amaliyot hisoblanadi. Bizning ob’yekt haqidagi
bilimlarimiz yetarli emasligi ayon bo’lib, «salbiy» natijalar olinadi, amaliyot yangi
muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Bunda fan nisbatan mustaqillikka, o’z
rivojlanishining ichki mantiqiga, o’z ichki qarama-qarshiliklariga ega ekanligi, bu omillar ham
muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirishini unutmaslik lozim

Yüklə 161,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə